Yurak xurujidan darak beruvchi asosiy belgilar

Yurak xurujidan darak beruvchi asosiy belgilar

Yurak xuruji butun dunyodagi o‘lim holatlarining asosiy sababiligicha qolmoqda. Har yili 700 mingdan ziyod kishi yurak bilan bog‘liq muammolar natijasida hayotdan ko‘z yummoqda. Eng yomoni, bu o‘lim holatlarining aksariyatini o‘z vaqtida shifokor yordamida oldini olish mumkin. Hatto oddiy profilaktika ham bunda yordam beradi.

Tanamiz maxsus signallar orqali yurakdagi muammolardan ogohlantiradi. Afsuski, bu belgilarga hamma ham e’tibor beravermaydi. Don’tPanic sizlarga yurak xuruji tahdid qilayotganidan bir oy oldin darak beruvchi eng muhim belgilar haqidagi ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.

Oshqozon og‘rig‘i

Qorin bo‘shlig‘idagi og‘riq, ovqat yegan yoki yemaganingizdan qat’i nazar, jiddiy muammolarga ishora qilayotgan bo‘lishi mumkin. Ko‘ngil aynishi va qorinning dam bo‘lishi ham yurak xuruji belgilarining eng keng tarqalgan belgilaridan hisoblanadi. Yurak xuruji oldidan kuzatiluvchi oshqozon og‘rig‘i qisqa muddatli va takroriy xarakterga ega bo‘ladi. Shunday holatga duch kelsangiz, darhol tez tibbiy yordam xizmatini chaqiring.

Nafas qisishi

Nafas qisishi va tartibsiz nafas olish yurak xurujiga taxminan 6 oy qolganda kuzatiladi. Aksariyat bu ogohlantiruvchi belgiga jismoniy mashqlarning yetishmasligi yoki aksincha, zo‘riqish deb qarab, e’tibor bermaydi. Qanday nafas olayotganingizga e’tiborli bo‘ling. Agar davomli ravishda nafasingiz qisayotganini sezsangiz, shifokorga ko‘rinishingiz kerak.

Soch to‘kilishi

G‘alati, lekin fakt: kutilmaganda va keskin soch to‘kilishi yurak kasalliklarining yuqori xavfga ega tashqi ko‘rsatkichi hisoblanadi. Bu belgi ko‘pincha 35 yoshdan oshgan kishilarda kuzatiladi. Soch to‘kilishi shuningdek doimiy stress natijasida yuzaga keladigan kortizol gormoni ko‘rsatkichlarining oshishi bilan ham bog‘liq. O‘zingiz tushunib turganingizdek, buzilgan asab tizimi yaxshilikka olib kelmaydi.

Aritmiya va taxikardiya

Yurak bilan bog‘liq muammolarning eng yaqqol belgisi shular bo‘lsa kerak. Aritmiya (yurakning betartib urishi) yoki taxikardiya (yurak urishi tezligining oshishi) odatda kutilmagan vahima bilan boshlanadi. Agar yurak xuruji yaqin bo‘lsa, aritmiya 2-3 daqiqa davom etadi. Holdan toyish kuzatilib, bosh aylanadi.

Haddan ziyod ko‘p terlash

Haddan ziyod ko‘p terlash yurak xurujidan erta ogohlantirish hisoblanadi. Bu kun yoki tunning istalgan vaqtida ro‘y berishi mumkin. Bundan tashqari, siz gripp belgilariga o‘xshash belgilarni sezishingiz mumkin — hatto harorat ko‘tarilishigacha. Agar shamollamagan bo‘lsangizu ertalabga borib choyshabingiz namlanayotgan bo‘lsa, shifokorga murojaat qilishni kechiktirmang.


Сердечные приступы остаются основной причиной смерти во всем мире. Ежегодно более 700 000 человек умирают от болезней сердца. Хуже всего то, что большинство этих смертей можно предотвратить при своевременном оказании медицинской помощи. Даже простая профилактика может помочь.

Наше тело предупреждает о проблемах с сердцем с помощью специальных сигналов. К сожалению, не все обращают внимание на эти признаки. Don’tPanic поделился некоторыми наиболее важными признаками, которые могут появиться у вас за месяц до угрозы сердечного приступа.

Боль в желудке

Боль в животе, независимо от того, едите вы или нет, может указывать на серьезную проблему. Тошнота и метеоризм также являются распространенными симптомами сердечного приступа. Боль в животе перед сердечным приступом носит кратковременный и рецидивирующий характер. Если это произойдет, немедленно вызовите скорую помощь.

Сбивчивое дыхание

Одышка и нерегулярное дыхание наблюдаются примерно за 6 месяцев до инфаркта. Многие игнорируют такой тревожный знак как недостаток физических упражнений или, наоборот, стресс. Обратите внимание на то, как вы дышите. Если вы испытываете постоянную одышку, обратитесь за медицинской помощью.

Выпадение волос

Странно, но факт: внезапная и внезапная потеря волос — внешний показатель высокого риска сердечных заболеваний. Это состояние чаще встречается у людей старше 35 лет. Выпадение волос также связано с повышенным уровнем гормона кортизола, что вызвано постоянным стрессом. Как видите, нервная система не в порядке.

Аритмия и тахикардия

Это, пожалуй, самые очевидные признаки проблем с сердцем. Аритмия (нерегулярное сердцебиение) или тахикардия (учащение пульса) обычно начинается с неожиданной паники. Если сердечный приступ неизбежен, аритмия длится 2-3 минуты. Наблюдается утомляемость и возникает головокружение.

Чрезмерное потоотделение

Чрезмерное потоотделение является ранним предупреждением о сердечном приступе. Это может произойти в любое время дня и ночи. Вы также можете испытывать гриппоподобные симптомы — даже до того, как поднимется температура. Если простуды нет, а простыни утром промокли, не откладывайте поход к врачу.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: