Yoshlar yetakchisi endi dars berishi mumkin, ularning faoliyati kengaytirildi

Yoshlar yetakchisi endi dars berishi mumkin, ularning faoliyati kengaytirildi

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish va takomillashtirish to‘g‘risida” qarori qabul qilindi.

Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi rasmiy kanalida xabar berildi.
Qarorga muvofiq Yoshlar yetakchisining asosiy faoliyat yo‘nalishlari qatoriga o‘quvchi-yoshlarning maktabdan tashqari ta’limini tashkil etish va kasb-hunarga yo‘naltirish vazifasi kiritildi hamda Yoshlar yetakchisiga ixtiyoriy ravishda (oliy pedagogik ma’lumotga ega) 0,25 stavkadan oshmagan tartibda mutaxassisligi bo‘yicha o‘qituvchilik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun ruxsat berililishi belgilandi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika ishchi guruhi tarkibi tasdiqlandi.
Respublika ishchi guruhi endilikda boshlang‘ich tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish va takomillashtirish bo‘yicha uslubiy hamda amaliy ko‘mak berib boradi, boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini o‘rganib, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflarini Yoshlar masalalari bo‘yicha hududiy va respublika idoralararo kengashlari yig‘ilishlari, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining Hay’at yig‘ilishi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Kengash yig‘ilishlariga kiritadi hamda tashabbuskor, islohotlarni amalga oshirishda haqiqiy jonbozlik ko‘rsatadigan har tomonlama munosib boshlang‘ich tashkilotlar yetakchilarini rag‘batlantirish choralarini ko‘rsin hamda rahbarlik lavozimlari va davlat mukofotlariga tavsiya etadi.
2020-2021-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston yoshlar ittifoqining umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish va takomillashtirish choralari ko‘riladi;
har bir tuman (shahar) miqyosida 3 (uch) tadan namunali boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini yo‘lga qo‘yilib va ularning tajribasini boshqa umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga ommalashtiriladi;
boshlang‘ich tashkilotlar yoshlar yetakchilarini o‘rnatilgan tartibda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori o‘rinbosari lavozimlari kadrlar zaxirasiga kiritiladi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari endilikda quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
umumiy o‘rta ta’lim muassasasi ma’muriyati bilan birgalikda pedagogik jamoa, faol o‘quvchilar, jamoatchilikni jalb qilgan holda o‘quvchilar ongi va qalbiga milliy istiqlol g‘oyalarini singdirish, ularni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash va kamol toptirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim-tarbiyaviy loyihalarni amalga oshiradi;
umumiy o‘rta ta’lim muassasasi ma’muriyati bilan birgalikda o‘quvchilarning intilishi va qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy faolligini oshirish, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga ko‘maklashishga qaratilgan ko‘rik-tanlovlar, bilimdonlar bellashuvi, sport musobaqalari, ko‘rgazmalar, ijodiy uchrashuvlar tashkil etadi;
umumiy o‘rta ta’lim muassasasi o‘quvchilari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport, harbiy-vatanparvarlik, sog‘lom turmush tarzi va ekologik madaniyatni shakllantirishga qaratilgan loyihalarni o‘tkazadi;
umumiy o‘rta ta’lim muassasasi o‘quvchilarining davomatini yuritish, darslarni muntazam qoldirib kelayotgan o‘quvchilarni ta’lim jarayoniga qaytarishga qaratilgan tizimli ishlarni sinf rahbari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari bilan birgalikda amalga oshiradi;
umumiy o‘rta ta’lim muassasasidagi besh muhim tashabbus doirasida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan madaniyat, san’at, sport, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish va boshqa yo‘nalishlardagi to‘garak va klublardagi o‘quvchilar ishtiroki bo‘yicha maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, “Barkamol avlod” maktablari hamda “Yoshlar markazi” bilan hamkorlik qiladi;
umumiy o‘rta ta’lim muassasasi o‘quvchilari o‘rtasida yoshlar turizmini rivojlantirish, ularning o‘zlari istiqomat qilayotgan hududdagi tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolar, muzey va teatrlar, mustaqillik davrida barpo etilgan inshootlarga tashriflarini uyushtiradi;
umumiy o‘rta ta’lim muassasasi psixologi bilan hamkorlikda o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini olib boradi hamda so‘rovnomalar o‘tkazadi;
o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularni o‘zlari qiziqqan kasb-hunarlari bo‘yicha tegishli tashkilotlarga sayohatlarini tashkil etish, shuningdek, ta’lim muassasasi ma’muriyati bilan birgalikda 10-11-sinf o‘quvchilarini iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat amaliyotlarini tashkil etadi;
Yoshlar ittifoqi va uning qoshidagi “Kamalak” bolalar tashkiloti safiga o‘quvchilarni jalb etish maqsad-vazifalarini tushuntirish va targ‘ib qilishga qaratilgan tashviqot ishlarini olib boradi;
umumiy o‘rta ta’lim muassasasida Sardorlar Kengashi faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yadi;
umumiy o‘rta ta’lim muassasasidagi ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilar manfaatlarini himoya qilish, ularning muammolari, taklif-istaklarini o‘rganish va hal etishga ko‘maklashadi;
umumiy o‘rta ta’lim muassasasidagi o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishi, darsliklar va kutubxonadan foydalanish darajasini o‘rganib borish, o‘quvchilar o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazish hamda bu boradagi muammolarni pedagogik kengash kun tartibiga kiritadi.
Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 7-avgustdagi 41- va 3-QQ-son hamda “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritish haqida” 2017-yil 15-sentabrdagi 49- va 51-QQ-son qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.


Министерством народного просвещения Республики Узбекистан и Центральным советом Союза молодежи Узбекистана принято постановление «О повышении и повышении эффективности работы первичных организаций Союза молодежи Узбекистана в общем среднем образовании» .
сообщает официальный канал Министерства народного образования .
Согласно постановлению, к основным видам деятельности Лидера молодежи относится организация внешкольного обучения и профориентации обучающихся, а Лидер молодежи добровольно (с высшим педагогическим образованием) по ставке, не превышающей 0,25. утверждена Республиканская рабочая группа по координации деятельности первичных организаций в общем среднем образовании Союза молодежи Узбекистана, которая теперь будет оказывать методическую и практическую помощь по повышению и повышению эффективности работы первичных организаций, изучать деятельность первичных организаций и вносить предложения по устранению выявленных проблем и недостатков Заседания Советов Республики Узбекистан принять меры по поощрению лидеров низовых организаций, проявляющих инициативу, искренне приверженных проведению реформ, а начиная с 2020-2021 учебного года будут приняты меры по увеличению и повышению эффективности первичных организаций Союза молодежи Узбекистана в общем среднем образовании, в каждом районе (городе) будут созданы 3 (три) типовые первичные организации и их опыт будет распространен на другие общеобразовательные учреждения общего среднего образования Должности заместителей директора будут включены в кадровый резерв. Учреждение Союза молодежи Узбекистана Учреждения начального образования в настоящее время выполняют следующие задачи: совместно с администрацией общеобразовательного учреждения, педагогическим коллективом, активом учащихся, внедряя в умы и сердца учащихся идеи национальной независимости с привлечением общественности, осуществляет духовную -просветительские, образовательные проекты, направленные на воспитание и развитие в духе преданности Родине; совместно с администрацией общеобразовательного учреждения для поддержки стремлений и интересов обучающихся, организует олимпиады, олимпиады, спортивные соревнования, выставки, творческие встречи, направленные на повышение социальной активности, реализацию способностей, закрепление знаний и навыков, учреждение общего среднего образования, проводит мероприятия, направленные на формирование физкультурно-спортивной, военно-патриотической, культуры здорового образа жизни и экологической культуры у обучающихся; Проводит планомерную работу с классным руководителем и заместителем директора по духовно-воспитательной работе, направленную на поддержание посещаемости обучающихся образовательного учреждения, возвращение регулярно пропускающих занятия обучающихся в учебный процесс; Об участии обучающихся в клубах и клубах в сфере культуры, искусства, спорта, информационных и коммуникационных технологий, повышения социальной активности девочек и других направлений, реализуемых в рамках пяти важных инициатив общеобразовательной школы сотрудничает с внешкольными образовательными учреждениями , школ «Баркамол авлод» и Молодежного центра, развитие детско-юношеского туризма среди учащихся общеобразовательных школ, организует посещение святынь, музеев и театров, зданий, построенных в годы независимости; проводит разъяснительную работу и опросы, направленные на предупреждение домогательств и насилия среди молодежи; организует выезды в организации, а также совместно с администрацией образовательного учреждения организует стажировку учащихся 10-11 классов в сфере экономики; проводит пропагандистскую работу, направленную на разъяснение и поощрения Систематизирует деятельность Совета руководителей в общеобразовательной средней образовательной организации Защищает интересы обучающихся в образовательном процессе в общеобразовательной средней образовательной организации Содействует изучению и решению их проблем, предложений и стремлений; Министерству народного просвещения Республики Узбекистан и ЦК Союза молодежи Узбекистана в связи с принятием настоящего постановления № 41 и 3-ПК от 7 августа 2017 года «Об организации деятельности начальных организаций Союза молодежи Узбекистана в общем среднем образовании» Постановления № 49 и 51-QQ от 15 сентября 2017 года «О внесении изменений в постановление «Об организации деятельности первичных организаций в среднем образовании» истекли сроком действия.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: