Yilning eng yaxshi o‘qituvchisiga 1 million dollar!

Yilning eng yaxshi o‘qituvchisiga 1 million dollar!

Mukofot o‘qituvchilik kasbi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan muallimlarga taqdim qilinadi.

2015-yildan buyon Hindistonlik tadbirkor Sanni Varkeyaning hayriya jamg‘armasi har yili dunyoning eng yaxshi o‘qituvchisini taqdirlab keladi. O‘tgan 2018-yilda bunday mukofotga Buyuk Britaniyaning Bristol shahridagi maktabning tasviriy san’at va to‘qimachilik ishi o‘qituvchisi Andria Zafiraku sazovor bo‘lgan edi.
Joriy yil taqdirlash marosimi 24-mart kuni Dubay shahrida o‘tkazildi. Bu haqda Dubay axborot agentligining rasmiy matbuot xizmati ma’lumotiga tayangan holda RIA Novosti xabar tarqatdi. Bu galgi turnirda 179 mamlakatdan 10 mingdan ziyod o‘qituvchilar ishtirok etishgan. Musobaqaning final bosqichiga Avstraliya, Argentina, Braziliya, Buyuk Britaniya, Gruziya, Hindiston, Keniya, Niderlandiya, AQSh va Yaponiyadan kelgan o‘n nafar nomzod yo‘llanma olgan. G‘oliblik Keniyaning oddiy qishloq o‘qituvchisi rohib-fransiskan Piter Tabichiga nasib etgan. Unga («Global Teacher Prize») sovrini va bir million dollar mukofot puli topshirilgan. Mukofot Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti va bosh vaziri, Dubay hukumdori shayx Muhammad bin Rashid al-Maktumning patronajligida taqdim qilingan.
Mukofot tashkilotchilarining aytishicha, 36 yoshli tabiiy fanlar o‘qituvchisi Tabichi har oy maoshining 80 foizini aksariyati ota-onasini yo‘qotgan o‘quvchilariga kiyim-bosh va darsliklar sotib olishga sarflaydi. Piter Tabichining maqsadi bolalarda fanga mehr uyg‘otishdir. U maktabga kelmay qo‘ygan o‘quvchilaridan xabar olib turadi, balog‘atga yetmagan qizlarini turmushga berayotgan ota-onalarni farzandlariga maktabni tugatishlariga imkon berishga ko‘ndiradi. Uning o‘quvchilari milliy va xalqaro fan tanlovlarida, xususan, Britan qirolligi kimyo jamiyati tanlovida sovrinli bo‘lishgan.


Награда вручается учителям, внесшим значительный вклад в развитие педагогической профессии.

С 2015 года благотворительный фонд индийского предпринимателя Санни Варкея ежегодно награждает лучшего учителя мира. В 2018 году такую ​​награду получила Андриа Зафираку, учитель изобразительного искусства и текстиля в школе в Бристоле, Великобритания.
В этом году церемония награждения состоялась 24 марта в Дубае. Об этом сообщает РИА Новости со ссылкой на официальную пресс-службу информационного агентства Дубая. В турнире приняли участие более 10 000 учителей из 179 стран мира. В финал вышли десять финалистов из Австралии, Аргентины, Бразилии, Великобритании, Грузии, Индии, Кении, Нидерландов, США и Японии. Победителем стал Питер Табичи, франкоговорящий монах из Кении. Он был удостоен Глобальной Премии Учителя и премии в размере 1 миллиона долларов. Награда была вручена под патронажем шейха Мухаммада бин Рашида Аль Мактума, вице-президента и премьер-министра Объединенных Арабских Эмиратов, правителя Дубая.
Организаторы премии говорят, что Табичи, 36-летняя учительница естественных наук, тратит 80 процентов своей месячной зарплаты на покупку одежды и учебников для учеников, потерявших большую часть своих родителей. Цель Питера Табичи — привить детям любовь к науке. Она поддерживает связь со студентами, отсутствующими в школе, и уговаривает родителей, выдающих замуж своих несовершеннолетних дочерей, позволить своим детям окончить школу. Ее ученики побеждали в национальных и международных научных конкурсах, в том числе в Британском химическом обществе.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: