Yaxshi suhbatdosh bo’lishning 20 qoidasi

Yaxshi suhbatdosh bo'lishning 20 qoidasi
Loading...

Kishilar o’zaro suhbat qurganida iliq taassurot uyg’otishga harakat qilishadiyu ammo har doim ham buni uddasidan chiqaolishmaydi. Yaxshi suhbatdosh bo’lishga erishish esa insonning o’ziga bog’liq. Buning uchun ushbu qoidalar sizga qo’l kelishi mumkin

1. Suhbatdoshingizning ko’ngliga yo’l topishga urining, ishni maqtashdan, yaxshi jihatlarini samimiy e’tirof etishdan boshlang.
2. Suhbatning boshidanoq do’stona ohangni yaratib uni saqlab qolishga intiling.
3. Suhbatdoshingizga yoqish uchun voqea-hodisalarga uning nuqtai nazari bilan qarang.
4. Suhbatdoshingizning dunyoqarashiga sidqidildan qiziqayotganingizni o’zi ham sezishiga erishing.
5. Samimiy ohangda uning ismini tez-tez aytib turing, Kishi uchun eng shirin tovush o’z ismidir.
6. Xushmuomala bo’lish bilan birga tabassum qilishni unutmang.
7. Hamisha suhbatdoshingiz qiziqadigan mavzuda gapirishga harakat qiling.
8. Sabrli bo’ling, uning o’zi to’g’risida ko’proq gapirishga qiziqtiring.
9. Suhbat davomida xazil-mutoyibadan ham foydalaning. Yengil xazil-mutoyiba kishilarni fikran yaqinlashtiradi.
10. Nozik his qilish qobiliyatiga ega kishi bilan suhbatda butun tafsiloti bilan gapirish uning uchun haqoratdek tuyuladi, buni nazardan qoldirmang.
11. Ko’p gapirish bilan ko’p fikr aytish umuman boshqa-boshqa narsalardir.
12. Ba’zi donishmandlarning fikricha yaxshi suhbatdosh bo’lishning faqat bitta usuli bor, bu tinglay bilishdir.
13. Suhbat davomida sertakalluf bo’ling, suhbatdoshingiz uni nozik didli deb o’ylayotganingizga ishonsin.
14. Suhbat jarayonida o’zingizni dadil va uning fikrlariga xayrixohdek tuting.
15. Xech qachon suhbatdoshingizni ochiq tanqid qilmang, kamchiliklarini aytishga to’g’ri kelsa avval o’z kamchiliklaringizni aytib keyin unga o’ting.
16. Fikringiz jozibali ko’rinishi uchun siyqasi chiqmagan, kam ishlatiladigan so’zlardan topib gapiring. Ayniqsa, bir so’zni takrorlagandan ko’ra uning ma’nodoshlaridan foydalaning.
17. Muomala madaniyati to’g’risidagi o’quv qo’llanmalar sizning mahoratingizni tubdan o’zgartirishi mumkin. Maqsadingiz jiddiy bo’lsa shunday kitoblarni mutolaa qilishdan erinmang.
18. O’z qiziqish doirangiz va xobbilaringiz haqida muayyan tasavvurlaringizni shakllantirib oling. Suhbat jarayonida albatta bu haqida gapirishingizga to’g’ri keladi.
19. Zamon bilan hamnafas bo’ling, atrofingizda va dunyoda sodir bo’layotgan muhim yangiliklarni bilib boring. Bu ham suhbatning bir qismi hisoblanadi.
20. Suhbat yakunida mamnun ekanligingizni bildiring. Yaxshi kayfiyatda xayrlashish bu eng yaxshi nuqta bo’ladi.
Ba’zan hayotda muvaffaqiyat qozonish uchun iste’dodlilikdan ko’ra kishilar bilan xushmuomalada bo’lish ko’proq muhimdir. Shunday ekan, sizning qaysi darajada bo’lishingiz avvalo xohishlaringizga va albatta ta’kidlanganidek o’zingizga bog’liq.

Maqola yoqdimi? Iltimos, saytni ommalashtirishga yordam berib ijtimoiy sahifadagi do'stlaringizga ma'lum qiling.
BAXTIYOR.UZ
Fikrlar: 2
  1. dilmurod

    bu menimcha deyl karnegi kitobidan qo`lanib yozilmaganmi?

    1. Baxtiyor Roziq (Muallif)

      E’tiboringizdan xursandman. Albatta mashhur ruhshunos Deyl Karnegi kitoblarini o’qiganman, maqolani yaratishda uning fikrlari, sharq mutafakkirlarining maslahatlari va o’z dunyoqarashlarimni jamlab yozganman.

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Loading...
error: Kontent himoyalangan!