Yaponiyada Yolgʻizlik vazirligi tashkil etildi. U nimaga masʼul boʻladi?

Yaponiyada Yolgʻizlik vazirligi tashkil etildi. U nimaga masʼul boʻladi

Yaponiya Bosh vaziri Yoshihide Suga Mintaqaviy rivojlanish vaziri Tetsushi Sakamotoni bir vaqtning oʻzida yolgʻizlik vaziri etib tayinladi.

Bu haqda Vazirlar Mahkamasining Bosh kotibi Katsunobu Kato Tokioda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida maʼlum qildi, deb yozmoqda TASS.
Eʼtiborlisi, shu tariqa Yaponiya hukumatida yolgʻiz odamlarning muammolari uchun masʼul vazir lavozimi birinchi marta tashkil etilmoqda.
“Ushbu tayinlovning maqsadi boshqa vazifalar qatori tugʻilish darajasi past boʻlgan jamiyatda qarish tufayli yuzaga keladigan ijtimoiy muammolarni hal qilish qaratilgan. Bunga, avvalambor, ayollar va yoshlar orasida oʻz joniga qasd qilish muammolari kiradi”, deydi Kato.
Vazirlar Mahkamasi Bosh kotibining soʻzlariga koʻra, yolgʻiz aholining muammolari mamlakatda pandemiya paytida keskinlashgan.
Xususan, 2020-yil Yaponiyada oʻz joniga qasd qilishlar soni soʻnggi 11 yil ichida birinchi marta koʻpaygan. Yaʼni, bu davrda 20919 kishi oʻz joniga qayd qilgan. Mutaxassislarga koʻra, epidemiya davrida aholi orasida stress darajasi keskin oshgan.
Avvalroq, Yaponiyada yolgʻizlikka qarshi kurash yilning asosiy maqsadi, deya aytilgan edi.


Премьер-министр Японии Ёсихидэ Суга одновременно назначил министра регионального развития Тетсуси Сакамото министром одиночества.

Об этом сообщил генеральный секретарь Кабинета министров Кацунобу Като на пресс-конференции в Токио, передает ТАСС.
Примечательно, что впервые в правительстве Японии назначен министр, занимающийся проблемами одиноких людей.
«Целью этого назначения, в том числе, является решение социальных проблем, вызванных старением населения в обществе с низкой рождаемостью. Сюда относится, в первую очередь, проблема суицида среди женщин и молодежи», — сказал Като.
По словам генсека Кабинета Министров, в период пандемии в стране обострились проблемы одинокого населения.
В частности, в 2020 году число самоубийств в Японии выросло впервые за 11 лет. Другими словами, за этот период 20 919 человек покончили жизнь самоубийством. По словам специалистов, во время эпидемии резко возрос уровень стресса у населения.
Ранее говорилось, что борьба с одиночеством в Японии — главная цель года.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: