Yaponiya maktabidagi ajoyib qoidalar haqida bilarmidingiz?

Yaponiya maktabidagi ajoyib qoidalar haqida bilarmidingiz?
Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo'lish

Yaponiya maktablarida qanday noodatiy qoidalar mavjud?

Quyida shular haqida Xalq so’zi gazetasi nashrida e’lon qilingan ma’lumotlarni o’qishingiz mumkin.

  1. Maktablarda ishqiy-romantik munosabatlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
  2. Yapon maktabi oʻquvchisi maktab bufetiga kirmaydi. Sinfxonalarga davlat tomonidan berilgan ovqatlar olib kelinadi va oʻquvchilar ularning hammasini yeyishga majbur hisoblanadi.
  3. Yapon maktablarida yozgi taʼtil berilmaydi. 5 haftalik taʼtillar oʻquv yili davrida beriladi va oʻsha davrda ham oʻqituvchilar oʻquvchilar bilan muttasil shugʻullanib keladi.
  4. Maktabda farrosh yoʻq, bu vazifani oʻquvchilarning oʻzi bajaradi. Shuning uchun ham oʻquvchilar hech qayerga ortiqcha narsalar tashlamaslikka va maktabni iflos qilmaslikka harakat qiladilar.
  5. Oʻquvchilarning turli-tuman soch turmaklari va lak-boʻyoqlarga ruxsat etilmaydi.
  6. Yapon bolalari boshlangʻich sinfdan keyin forma kiyishga oʻtishadi.
  7. Har bir yapon oʻquvchisi suzishni bilishi shart! Maktablarda tashkil etilgan basseynlarda hammaga suzish darslari oʻtiladi va ular bu sanʼatni juda yaxshi egallagan boʻlishlari shart! Sinovdan oʻta olmagan oʻquvchi boshqa oʻqituvchida qaytadan mashgʻulotlarni oʻtib, keyin takroriy sinovdan oʻtkaziladi.
  8. Maktabda bir oʻquvchining oʻz iqtidori bilan alohida ajralib turishiga yoʻl qoʻyilmaydi! “Iqtidorsiz oʻquvchining oʻzi yoʻq!” degan tushuncha yapon taʼlim tizimida ustuvor! Yapon maktabi har bir oʻquvchini teng va betakror deb biladi va ularni har taraflama tayyorlashga yoʻnaltirilgan.
Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Izoh qo'shing

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: