Yangilik: Ustama bo‘yicha 823-sonli qaror qayta ishlab chiqilmoqda

O‘zbekiston davlat gerbi

Pedagoglarni director jamg‘armasidan rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar muhokamaga qo‘yildi.

Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi rasmiy saytida e’lon qilindi.

Iqtidorli, fidoyi, oʻz kasbiga sodiq pedagoglarni ragʻbatlantirish, oʻqituvchilar mehnatiga haq toʻlashning adolatli va oshkora mexanizmini joriy etish hisobiga ularning tashabbuskorligi va kasb mahorati oʻsishini ragʻbatlantirish, umumtaʼlim maktablari xodimlari mehnatini baholash va moddiy ragʻbatlantirish masalalarini hal qilishda maktablarning mustaqilligini oshirish hamda pedagogik jamoalar huquqlarini kengaytirish maqsadida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻrnak koʻrsatgan pedagog va boshqa xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasi tashkil etilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-sonli qarori bilan “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizom” yangi tahrirda tasdiqlangan.
Oʻtgan vaqt mobaynida taʼlim muassasalari tomonidan mazkur Nizomni amaliyotga tatbiq etish hamda pedagog, psixolog va kutubxona xodimlari faoliyatini baholash orqali ularning har oylik maoshlariga tegishli ustama haqlar belgilash yuzasidan koʻplab taklif va eʼtirozlar yozma hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali kelib tushdi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, bildirilgan taklif va eʼtirozlardan kelib chiqqan holda mazkur nizom va pedagog, psixolog va kutubxona xodimlari faoliyatini baholash mezonlari qayta koʻrib chiqilib, “Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizom”ga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqildi.
Loyihaga koʻra, har oylik ustama haq belgilanadigan xodimlarning 50 foiz chekloviga qaysi xodimlar kirishiga, baʼzi baholash mezonlari boʻyicha xodimlarning qaysi ish faoliyati davrlarini inobatga olish, moddiy yordam koʻrsatishda xodimning “yaqin qarindoshlari” kimlar ekanligi koʻrsatib oʻtilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yildan boshlab PISA, PIRLS, TIMSS kabi xalqaro baholash tadqiqotlarida ishtirok etishini inobatga olgan holda ushbu tadqiqotlarga oʻquvchilarni tayyorlab borish ishlariga munosib hissa qoʻshgan oʻqituvchilarga 100 foizlik ustamalar belgilash jarayonini tashkil etishda shaffoflik, tenglik va adolatni taʼminlashga qaratilgan talablar koʻzda tutilgan.
Amaldagi va taklif etilayotgan loyihaga koʻra “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizom”ni yana-da takomillashtirish borasida jamoatchilik takliflarini kutib qolamiz. Qaror loyihasi bilan https://regulation.gov.uz/ru/document/17057 havola orqali tanishishingiz va takliflaringizni qoldirishingiz mumkin.
Eslatib oʻtamiz, koronavirus pandemiyasi davrida Oʻzbekiston Respublikasi davlat byudjeti barqarorligini taʼminlash va birinchi navbatdagi tadbirlarni oʻz vaqtida moliyalashtirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 16-apreldagi 232-son qaroriga asosan 2020-yil 16-apreldan boshlab 1-oktyabrga qadar umumtaʼlim muassasalarida direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlovlarni amalga oshirish vaqtinchalik toʻxtatilgan.


Обсуждены предложения по совершенствованию системы поощрения педагогов из фонда директора.

Об этом сообщается на официальном сайте Министерства народного образования.

Поощрение талантливых, целеустремленных, целеустремленных учителей, поощрение роста их инициативы и профессионализма за счет внедрения справедливого и прозрачного механизма оплаты труда учителей, повышения самостоятельности школ в решении вопросов оценки и материального стимулирования работников общеобразовательных школ, а также был создан фонд для поощрения образцовых учителей и других сотрудников средних школ.
Постановлением Кабинета Министров Республики Узбекистан от 30 сентября 2019 года № 823 утверждена новая редакция «Положения об организации и использовании средств директора по поощрению образцовых работников общего среднего образования».
За прошедший период в письменной форме и в социальных сетях поступило множество предложений и возражений от образовательных учреждений по реализации настоящей Хартии и установлению надбавок для педагогов, психологов и библиотекарей.
С учетом изложенного, на основании предложений и возражений, положение и критерии оценки деятельности педагогов, психологов и библиотекарей были пересмотрены и утверждены постановлением Кабинета Министров от 30 сентября 2019 г. № 823. Проект Постановления Правительства Разработано «О внесении изменений и дополнений в Положение о создании фонда поощрения директоров и порядке использования его средств».
Согласно проекту, 50-процентный лимит ежемесячной премии определяется тем, какие работники включаются, по определенным критериям оценки, какие периоды работы учитываются, кто является «близкими родственниками» работника при обеспечении материального обеспечения. помощь.
Учитывая тот факт, что Республика Узбекистан с 2021 года будет участвовать в международных оценочных опросах, таких как PISA, PIRLS, TIMSS, существуют требования по обеспечению прозрачности, равноправия и справедливости в процессе назначения учителей, внесших достойный вклад в подготовку студентов для этих опросов.
По действующему и предлагаемому проекту ждем предложений общественности по дальнейшему совершенствованию «Положения о создании Директорского фонда поощрения образцовых работников общего среднего образования и использовании его средств». Ознакомиться с проектом решения можно по ссылке https://regulation.gov.uz/ru/document/17057 и оставить свои предложения.
Следует отметить, что в целях обеспечения устойчивости государственного бюджета Республики Узбекистан в период пандемии коронавирусной инфекции и своевременного финансирования первоочередных мероприятий Кабинет Министров Республики Узбекистан с 16 апреля по 1 октября 2020 г. расход средств приостановлен.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: