UYDA QOLING!

Yangi ustama 823-sonli qaror bo’yicha mulohazalar

Ko’pchilik o’qituvchilar tomonidan 823-qaror bo’yicha turli savollar paydo bo’lmoqda.

Bloger Isroil Tillaboyev Telegramdagi kanali orqali mazkur savollarga javob tariqasida o’z mulohazalarini bayon qildi.
“»Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining o’rnak ko’rsatgan xodimlarini moddiy rag’batlantirish tartibini takomillashtirish to’g’risida» Vazirlar Mahkamasining 30-sentyabrdagi 823-sonli qarori e’lon qilingan sanadan amalda.

Avvalgi direktor jamg’armasidan ajratiluvchi ustamalar bilan bu qaror bo’yicha to’lanuvchi ustamalar orasidagi o’zgarishlarni ko’rib chiqaylik. Avvalo:

    1-dan, avvallari kutubxonachilar va psixologlar ustama olmas edi, yangi qaror bo’yicha ular ham ustama oladi;

    2-dan, avvalgi ustamalarni faqat oliy ma’lumotlilar olar edi, bu safar o’rta mahsus ma’lumotlilar ham oladilar;

    3-dan, avvallari siz bir kalendar yilida bir marta bir okladgacha mukofot puli olishingiz mumkin edi xolos. Endi esa siz kalendar yilida har bir katta bir yutug’ingiz uchun bir necha marta mukofot puli olishingiz mumkin, o’z toifangiz stavkasining 2 barobarigacha (masalan oliy toifalilar 4,5 milliongacha);

    4-dan avvallari uslub birlashma rahbariga bir tiyin ham to’lanmay, majburan berilardi bir kishini tikka qilib, yozuv chizuvi ko’pligidan hammayam istamasligi tabiiy hol edi. 823 bo’yicha uslub birlashma rahbariga 5% ustama qo’shildi (o’rtacha 100 ming atrofida summa), bunisi juda zo’r o’zgarish;

    5-dan, agar o’qituvchi o’z o’quvchisini xalqaro olimpiadalarda oltin medal olgiza olsa yil davomida o’qituvchiga ham, direktoriga ham 200% ustama belgilanadi!;

    6-dan, avvallari sinfingiz bilim ko’rsatkichi boshqa ko’rsatkichlardek baholanardi, endi bu narsa eng asosiy mezon sifatida qaralmoqda, agar siz sinflaringizni 80% dan yuqori bilim ko’rsatkichiga erishsangiz yil davomida 100% lik ustama oluvchi «A’lo darajali» pedagog bo’lasiz, agar oliy toifa bo’lsangiz 5 million atrofida oylik degani bu bir stavka bo’lsa.
    Marhamat, boshqa ishga unnamay faqat bilimini shu ko’rsatkichga olib chiqing: kamolini ko’ring..

To’g’ri, ushbu qaror pedagoglarni rag’batlantirishni aniq ko’rsatkichlarini belgilab berdi, menga yoqdi shu tarafi, sifatga pul to’lamoqchi endi davlat.

Lekin…

Ko’pchilik savoli va tushunmovchiligi, nega bu qaror shu yilning oktyabr boshida e’lon qilindi-yu, shu o’quv yilidan tatbiq qilindi, degan e’tirozlar bo’ldi. Haqli savol, menimcha ham buning mezoni chiqqach shunga mos xarakatlar qilishga imkon berilmadi, masalan sinf rahbarligi yo’q o’qituvchilar 15 ball yutqazdi, (bilganida sinf olarmidi balki), matbuotda chiqish qilmaganlar (bundaylar juda ko’p) yana 15 ball boy berdi, qolganlaridan maksimal ball to’play olmaydi-yu, to’plasa ham 70 ball – 10% ustamaga tushadilar, agar u – bu ballardan yana kam olib, 64 ball bo’lib qolsa ustamasiz qolmoqda.(e’tibor qiling, bu o’qituvchi avval o’sha maktab o’quvchilariga nisbatan chiqarilgan ballar bo’yicha 20-25% ustama olgan bo’lishi mumkin) Mana shu sabablar tufayli hozirda ustamalar qayta ko’rib chiqish jarayonida ko’plarning ustamasi pasaymoqda yoki ustamadan tushirilmoqda…

Agar iloji bo’lganda bu qaror keyingi o’quv yilidan amalga oshirilsa zo’r ish bo’lar edi, to’g’ri, qaror Vazirlar Mahkamasi tomonidan chiqib bo’lgan, lekin bu qarorga ko’pchilik tayyor bo’lmaganini, shartlar kutilmagan bo’lganini hisobga olib, uni amalga oshirishni bir yilga surilsa bu o’quv yilida shularga e’tibor berib ballarini to’plab borardi o’qituvchilar. Saylov oldidan partiyalarimizga katta imkoriyat mana, shu masalani qaysi partiya ko’tarib chiqsa butun O’zbekiston o’qituvchilarining nafaqat ovoziga, balki qo’llab quvvatloviga ham erishardilar! Xuddi mashinalar chiroqlari haqidagi qarorda kiritgan so’rovnomalaridek tashabbus ko’rsatishlarini istardik…” – deyiladi Isroil Tillaboyev xabarida.
Saytimizda shuningdek yangi ustama bo’yicha maktab buyrug’I hujjati namunasi ham joylangan. Hujjatni yuklab olish uchun ushbu sahifaga o’tishingiz mumkin.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: