Yangi tarbiya fani qanday fan, unda nimalar o’rganiladi?

Yangi tarbiya fani qanday fan, unda nimalar o’rganiladi?
Bizni endi Telegramda ham o'qishingiz mumkin. Kanalga obuna bo'lish

✅“Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” hukumat qarori bilan yangi “Tarbiya” fani joriy etildi. Yangi darslikning avvalgilaridan farqi nimada?

Bu haqda Respublika ta’lim markazi tushuncha berdi.

1️⃣“Tarbiya” darsligi “Odobnoma”, “Vatan tuygʻusi”, “Milliy istiqlol gʻoyasi va maʼnaviyat asoslari” hamda “Dunyo dinlari tarixi” fanlarini birlashtirdi.
2️⃣ 1–9-sinflarda – 2020/2021 oʻquv yilidan, 10–11-sinflarda esa 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab amaliyotga joriy etiladi.
3️⃣ Darsliklarini tayyorlashda Yaponiyaning “Axloq taʼlimi”, Singapurning “Feʼl-atvor va fuqarolik taʼlimi”, Buyuk Britaniyaning “Tafakkur”, “Xulq taʼlimi” fanlari va darsliklari yaqindan oʻrganildi.
4️⃣ Ilk marotaba darsliklarda 21-asr koʻnikmalari deb nom olgan “yumshoq koʻnikmalar” joriy qilindi. Darslik orqali oʻquvchida bilim berishdan tashqari koʻnikma shakllantiriladi.
5️⃣ Yangi fan darsliklaridagi amaliyotga yoʻnaltirilgan mashgʻulotlar va mavzular oʻquvchida muvaffaqiyat motivlarini uygʻotadi. Faol fuqarolik pozitsiyasi shakllantiriladi.
6️⃣ Oʻquv fani mohiyati 50% nazariy, 50% amaliy asosga qurilgan.
7️⃣“Tarbiya” darsliklarida “role-model”, yaʼni “namuna keltirish” zamonaviy pedagogik metodidan unumli foydalanilgan. Unda milliy va xalqaro miqyosda yuksak natijaga erishgan insonlar yutuqlari tahlil qilinadi.
8️⃣ Bu yil sinov tariqasida 1-9 sinfgacha boʻlgan darslik ustida bitta ijodiy jamoa ishladi. Bu har bir sinf darsligi oʻrtasidagi tafovut va takrorlanishlarni oldini oldi va bir butun, izchillikdagi darslik yaratilishi taʼminlandi.
9️⃣ Darslik yorqin, rangli, illyustratsiyalarga boy va har bir boʻlimi oʻziga xos fon, milliy va umuminsoniy xulq, ijtimoiy malakani ifoda etgan rasmlar bilan taʼminlangan. Har bir darslik uchun video, audio, media materiallar jamlashgan disk beriladi.
🔟 Insonning kelajakda muvaffaqiyatli inson boʻlish eng avvalo toʻgʻri maqsad qoʻyishga bogʻliq. Deyl Karnegi, Brayan Treysi kabi mashhur lektorning taʼlimotiga koʻra, hayotda oʻz oldiga maqsad qoʻyish va unga erishishni oʻrganish ham aslida bir fan. “Tarbiya” fanining ahamiyatli jihati shuki, u bosqichma-bosqich bolada maqsad qoʻyish va unga intilish koʻnikmasini shakllantirib boradi. Tarbiya dasturiga nazar tashlaydigan boʻlsak,

👉1-sinfda oʻquvchi dastlab orzularini aniqlay olishni oʻrgatilsa,
👉2-sinfda oʻz oldiga maqsad qoʻya olish koʻnikmasi shakllantirildi.
👉3-sinfda oʻquvchida dasturni oʻzlashtirish natijasida maqsad va orzu-umidlarini amalga oshirishga harakat qilish koʻnikmasi paydo boʻladi.
👉4-sinfda atrofda boʻlayotgan voqea-hodisalarga sogʻlom munosabat bildira oladi, shaxs sifatida oʻzini anglaydi va oʻz xatti-harakatlarini tahlil qiladi.
Yuqori sinflarda bu koʻnikmalar shaklanib, oʻquvchi oʻz oldiga maqsad qoʻya olish, mustaqil fikrlash, oʻz faoliyatini tahlil qilish, toʻgʻri qaror qabul qilish kabi koʻnikmalarga ega boʻladi.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: