Yangi o’quv yilidan jismoniy tarbiya fani nega qisqartirildi?

Yangi o’quv yilidan jismoniy tarbiya fani nega qisqartirildi?
Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo'lish

2020-2021 o’quv yilidan boshlab 1-4-sinflarda jismoniy tarbiya fani haftasiga bir martaga tushirilishi bo’yicha ko’plab murojaatlar bo’lgan.

Mazkur murojaatlarga Xalq ta’limi vazirligi matbuot kotibi Anvar Umarov quyidagilarni ma’lum qildi:

O’zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya shifokori tomonidan 2018 yil 27 aprelda
tasdiqlangan Sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlarida 1-4-sinf
o’quvchilarining haftalik o’quv soati jami 88 soat belgilangan.

Amalda bu soat 98,5 soatni tashkil etib, belgilangan me’yordan 10,5 soat oshib ketgan. Shu
sababli, boshlang’ich sinflarning o’quv soatlari Sanitariya qoidalari, normalari va gigiena
normativlariga muvofiqlashtirildi.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi hamda O’zbekiston Respublikasi
Bosh vaziri tomonidan tasdiqlangan 2019 yil 30 sentyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining 5 tashabbusini amalga oshirish to’g’risida”gi majlis bayoni ijrosini ta’minlash
maqsadida umumiy o’rta ta’lim maktablarida doimiy tarzda ommaviy sport turlari
musobaqalarini o’tkazish orqali o’quvchilarning jismoniy sog’lom bo’lishlari, ular o’rtasida sog’lom
turmush tarzini targ’ib qilish ishlari yo’lga qo’yilgan.

Shu sababli, 1-4-sinflarda “Jismoniy tarbiya” fanining haftalik o’quv yuklamasi 1 soatdan
belgilandi.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Izoh qo'shing

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: