Yangi ishga kirgan o‘qituvchi qaysi toifa hisoblanadi?

Yangi ishga kirgan o‘qituvchi qaysi toifa hisoblanadi?

So‘raganlar uchun ishga yangi qabul qilingan o‘qituvchi pedagog qanday toifa maqomida ish boshlashi haqida ma’lumot keltiramiz.

Attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risida sertifikatga ega bo‘lmagan ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrlarga yoxud oliy yoki kasb-hunar ta’limi muassasalarini bitirib birinchi bor ishga kirgan pedagog kadrlarga quyidagi tartibda malaka toifasi (lavozimi) beriladi:
o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli pedagog kadrlarga — o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli o‘qituvchi lavozimi;
bakalavr darajasiga ega pedagog kadrlarga — mutaxassis yoki oliy ma’lumotli o‘qituvchi lavozimi;
magistr darajasiga ega mutaxassislarga, shuningdek oliy ma’lumot darajasi bo‘yicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy ma’lumotli pedagog kadrlarga — ikkinchi malaka toifasi yoki katta o‘qituvchi lavozimi (ushbu malaka toifasi yoki lavozimiga ega bo‘lgan pedagog kadrlar besh yildan keyin belgilangan tartibda navbatdagi attestatsiyaga jalb qilinadi);
ilmiy darajaga (fan nomzodi, falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga — oliy malaka toifasi yoki bosh o‘qituvchi lavozimi (ushbu malaka toifasi yoki lavozimiga ega bo‘lgan pedagog kadrlar keyingi attestatsiyalarga jalb qilinmaydi).


Для тех, кто заинтересован, мы хотели бы сообщить вам о статусе вновь принятого учителя.

Вновь принятым на работу учителям, не имеющим аттестата аттестации, или вновь принятым учителям после окончания высшего или профессионального учебного заведения присваивается квалификационная категория (должность) в следующем порядке:
для педагогических работников со средним специальным, профессиональным образованием — должность учителя со средним специальным, профессиональным образованием;
педагогический состав со степенью бакалавра — специалист или педагог с высшим образованием;
специалисты, имеющие степень магистра, а также преподаватели с высшим образованием, полученные до введения ученых степеней в системе высшего образования, — второй квалификационной категории или должности старшего преподавателя (преподаватели, имеющие данную квалификационную категорию или должность, в течение пяти лет затем в установленном порядке будет участвовать в следующей сертификации);
педагогический состав с научной степенью (PhD, доктор философии (PhD) или доктор наук (DSc)) — высшая квалификационная категория или должность завуча (с данной квалификационной категорией или должностью) педагогический состав к последующим аттестациям не привлекается ).

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 14
  1. Guliy

    Men magistraturani shu til bitirdim, 2-toifaga ega bo‘lamanmi? Oylikga qo‘shimcha ustama qo‘shikishi uchun qandaydir hujjat kerakmi?(sertifikat) va kerak bo‘lsa qayerdan olaman? Kasb-hunar kolledjiga ishga kiryabgan edim..

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Siz 5 yil davomida 2-toifa hisoblanasiz, hujjat shart emas, magistr diplomi bo‘lsa kifoya

      1. Baxtiyor Akbarov

        Assalomu alaykum. Ayolim magistratura mutaxassisligini tamomladi. Umumta’lim maktabiga 2-malaka toifali o‘qituvchi sifatida ishga qabul qilinadimi? Agar shunday bo‘lsa, asosini(farmon yoki qaror) keltira olasizmi, iltimos.

      2. Zulfiya

        Shu magistrlar 2 toifa bolishiga qandaydir asos bormi

      3. Aziza

        Assalom aleykum bu haqida biror bir nizom yoki qonun bormi?
        Источник: https://baxtiyor.uz/yangi-ishga-kirgan-oqituvchi-qaysi-toifa-hisoblanadi

  2. Ismatullayeva Xurshida

    Men 2018 yil unversitetni bitirib sh yili ishga kirdim 2019 yil farzandli bb 2yil uyda otirdim 2022 yil sentyabrdan ishga qaytdim, endi men atesstatsiiyada qatnashmoqchiman men 2-toifa olmoqchiman shunga meniki navbatdagimi yoki Navbatdan tashqarimi shuni bilolmayapman.

  3. Jumagul Abdurasulova

    Assalomu alaykum. Men 2- kurs magistrantiman, 2020-yili dekretga chiqmasimdan oldin 2-toifa olganman bu o‘quv yilidan ishga qaytdim. Magistraturani bitirsam, menga nechanchi toifa beriladi? Toifam bir pog‘ana ko‘tariladimi yoki 2-toifa bo‘lib qolaveradimi? Javob uchun oldindan rahmat

  4. Muxlisa Saidova

    Assalomu alaykum men magistraturani bitirganimga 10 yil buldi oliy talimda iwlayman lekin hozirda maktabfa ishga utsam toifam qanday buladi 2 toifami yoki mutaxassis?javob uchun oldindan raxmat

  5. Humoyun

    Magistrni bitirganman 2-toifa sertifikatni to‘g‘ridan to‘g‘ri qanday olsam bo‘ladi

  6. Qosimjon

    magistr bitiruvchisi togridan togri 2 toifa oylik maosh tolash haqida biron bir qaror yoki nizom bormi

  7. Baxtigul

    Men ikkinchi muttaxasislikning 3-kurs talabasiman men necha soat tarif olishim mumkin

  8. Mushtariy Sanjar qizi Davlatyarova

    Assalomu aleykum Ingliz tilidan C1 sertifikati bo’lsa staji yo’q bo’lsa ham toifa testlarini topshira oladimi yoki 3yil kutish kerakmi

  9. Nigora

    Assalomu aleykum. Men magistraturani shu yil tugatdim. Direktor mutaxassis sifatida oylik to’lanishini aytyapti. Magistrlarga 2- toifa bilan to’lanishi kerak shu aynan qaysi qarorda keltirilgan asosi blan korsatsam

  10. Аноним

    Жавоби борми

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: