XTV Telegram messenjerida maxsus botni ishga tushirdi

Xalq ta’limi vazirligi Telegram messenjerida maxsus botni ishga tushirdi, maqsad xalq ta’limi tizimidagi ma’lumotlarni olishga qulaylik yaratishdan iborat.

Bu haqda Xalq ta’limi vazirligining axborot xizmati ma’lumot bermoqda. UzEduBot Bot orqali foydalanuvchilar Xalq ta’limi vazirligi, respublika tashkilotlari hamda viloyat, shahar va tuman xalq ta’limi boshqarmalari, shuningdek, boʻlimlari manzili, telefon raqamlarini olish mumkin.
Bot yordamida umumiy oʻrta ta’lim maktablari va ixtisoslashgan muassasalar hamda mehribonlik uylarining manzillarini ham topish imkoniyati bor.
Mazkur bot tashkilotlarning manzili bilan birga xarita va ularning joylashgan joyini ham koʻrsatib beradi.
Avtomatlashgan tizim amalga oshirilgan va oshirilishi kutilayotgan loyihalar, umumta’lim maktablarining moliyaviy xarajatlari (maktablar smetalari) hamda boʻsh ish oʻrinlari haqidagi ma’lumotlarni ham taqdim etadi.
Foydalanuvchilar bot yordamida vazirlik tizimiga oid yangiliklar bilan ham muntazam tanishib borishlari mumkin.
UzEduBot boti hozirda test tizimida faoliyat yuritmoqda. Loyiha “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” DUK mutaxassislari tomonidan yaratilgan. UzEduBot boti qoʻshimcha ma’lumotlar bilan muntazam yangilanib boriladi.

Maqola yoqdimi? Iltimos, saytni ommalashtirishga yordam berib ijtimoiy sahifadagi do'stlaringizga ma'lum qiling.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

error: Kontent himoyalangan!