XTV boshqarmasidan muammoli savollarga javoblar

XTV boshqarmasidan muammoli savollarga javoblar

Xalq ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i Doniyor Ermatov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Xodim karantin davridagi ta’lim va television darslar yuzasidan yuzaga kelayotgan savollarga javob berib o‘tdi. Brifing videosini ushbu havolaga o‘tib ko‘rish mumkin. Biz ham ushbu savol-javoblarni e’tiboringizga havola etmoqdamiz. Savollarga berilgan javobni o‘qish uchun “Javob” tugmasi bosiladi.

1-savol: Nima uchun kundalik.com tizimida ota-ona bilan birga o‘quvchilar ham ro‘yxatga olinadi? Men bolamning internetdan foydalanishiga qarshiman. Nima uchun tizimning mobil versiyasi yo‘q? Tizimdan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatma bormi?

Javob

O‘quvchilar kundalik.com tizimidan oddiy kundalik kabi foydalanadi. Ya’ni, unda dars jadvali bilan tanishadi, uyga berilgan vazifalarni va olgan baholarini ko‘radi.
Shu bilan birga, ota-onalar ham ushbu tizimdan foydalanish imkoniyatiga ega. Ular uchun tizimda farzandlarining ta’lim olish jarayonini nazorat qilish, o‘zlashtirishi haqida ma’lumotlar olish imkoniyati mavjud.
Darslarni bajarishga o‘quvchilar mas’ul bo‘lsa, ota-onalar bu jarayonni nazorat qiladi. Shu tufayli ota-onalarda uy ishini yuborish imkoniyati yo‘q. Bu holda siz ushbu tizimga farzandingiz profili orqali kirib, uy ishini yuborishingiz mumkin.
Bundan tashqari, bolalarning internetdan foydalanishini cheklovchi dasturlar ham bor. Shu dasturni o‘rnatgan holda farzandingizga faqat kundalik tizimiga kirish imkoniyatini taqdim etishingiz mumkin.
Hozirgi kunga qadar kundalik.com tizimi bir necha maktablarda tajribadan o‘tkazilayotgan edi. Ayni paytda o‘qituvchilar uchun mobil dastur ishlab chiqilgan bo‘lib, ota-onalar va o‘quvchilar uchun esa alohida dastur yaratilmoqda.
Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz, foydalanuvchilar tizimga uy vazifalarini telefon brauzeridan ham yuborishlari mumkin.
Kundalik.com tizimidan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar Youtube, Mover.uz saytlari va uz edu online maktab kanallarida joylashtirilgan.

2-savol: Men Samarqand viloyatidagi maktablarning birida o‘qituvchi bo‘lib ishlayman. Bizning maktab direktorimiz bolalarni uyiga borib dars o‘tib kelasizlar, deb majburlamoqda. Biz har bir o‘quvchini uyiga borib dars o‘tsak, virus tashuvchi bo‘lib qolmaymizmi?
Javob

Avvalo, Xalq ta’limi vazirligining tegishli buyrug‘i bilan to‘rtinchi chorakda o‘quvchilar televizion darslar yordamida ta’lim olishi belgilangan. Ushbu buyruqda o‘qituvchilarning masofadan ishlashlari bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan. Bunda o‘qituvchilar masofadan ishlash jarayonida aloqa vositalaridan foydalanishi lozim.
Savolda qayd etilgan holatni Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi masofadan o‘rganib chiqib, xabar asossiz ekanligini ta’kidladi.

3-savol: Toshkent shahridagi maktablardan birida ishlayman. Mazkur chorakda masofadan ishlayapmiz. O‘quvchilar va ota-onalar bilan Telegram va boshqa dasturlar yordamida ishlayapmiz.
Yaqinda bizga faqatgina kundalik.com orqali tekshirilgan ishlar uchun oylik to‘lanadi, boshqa tizimlar orqali hisobga o‘tmaydi, deb aytishdi. Bu qanchalik haqiqatga to‘g‘ri? Axir viloyatlarda kundalik.com hali ishlamasa, bizlarga oylik bir xil to‘lanib, bir xil hisoblanmaydimi?
Hozirgi vaziyatda ko‘pchilik uchun qulay va tanish platforma ishlatilishi maqsadga muvofiq emasmi?
Javob

Avvalo, joriy yilning 25-mart kuni bo‘lib o‘tgan brifingda bu masalaga to‘xtalgan edik. Bu haqda vazirlik axborot manbalarida ham ma’lumotlar berilgan.
Kundalik.com orqali o‘qituvchilar o‘quvchilarni televizion darslar orqali bilim olishini nazorat qilib, baholab boradi.
Pedagoglar kundalik.com orqali o‘quvchilarga uy vazifalari va o‘quv materiallarini berishi, o‘quvchilar esa bajarilgan ishlarni tekshirishga yuborishi mumkin.
Yakun bo‘yicha o‘qituvchilar elektron jurnalga baho qo‘yadi yoki javoblar ustida yana ishlash bo‘yicha sharhlarini qoldiradi.
Mazkur tizim Toshkent shahrida joriy qilingan va o‘qituvchilar undan foydalanishlari lozim.
Kundalik tizimi viloyatlarda joriy qilinmaganligi uchun ular boshqa tizimdan foydalanishlari tavsiya etiladi.

4-savol: Karantinda bolalarimiz uyga vazifalarini kundalik.com saytiga joylashtirish kerak ekan. Lekin farzandlarimiz o‘qiydigan maktabda sinf rahbarlari ota-onalarga ushbu saytdan qanday foydalanishni aytishmayapti. Biz qayerga uy vazifalarni yuborishni bilmay turibmiz. O‘qituvchilarning o‘zlari ham bilmaydigan narsa uchun bolalarni qiynab nima qilasizlar? Hamma uchun saytdan foydalanish bo‘yicha roliklar qilib televizorda ko‘rsatsa bo‘lmaydimi?
Murojaatchi farzandi qaysi maktabda o‘qishi haqida ma’lumot qoldirmagan.
Javob

Yuqorida ta’kidlanganidek, Kundalik.com tizimidan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar Youtube, Mover.uz saytlari va Uz edu online maktab kanalida berilgan.
Bundan tashqari, mazkur videotavsiyalar bugungi kunda televizion darslar namoyish etilayotgan telekanallarda ham berib boriladi.

5-savol: Kundalik.com tizimidan foydalanishda muammolar kelib chiqmoqda. Uy vazifalarini yubora olmayapmiz.
Javob

Bunday muammolar ba’zi foydalanuvchilarda kuzatilmoqda. Mutaxassislar bu masalani o‘rganib chiqishdi.
Tizimdan foydalanish jarayonida ba’zi ota-onalar hajmi katta bo‘lgan suratlar va videolarni joylashga harakat qilgan.
Shu bois ota-onalar va boshqa foydalanuvchilarga imkon boricha hajmi kichik bo‘lgan surat va videolarni joylashtirishni tavsiya qilamiz.

6-savol: Maxsus maktab-internat tarbiyachilari masofadan ishlasa bo‘lmaydimi?
Javob

Xalq ta’limi vazirligi 4-chorak boshida o‘qituvchilarning masofadan ishlashi bo‘yicha tegishli buyruq qabul qilgan.
Ta’kidlash lozimki, masofadan ishlashga o‘quvchilarga bilim beruvchi o‘qituvchilar o‘tkazildi, qolgan xodimlar, jumladan, tarbiyachilar esa pul to‘lanadigan ta’tilga chiqarilgan.

7-savol: Men o‘zim darsga kiradigan sinflarga televizion darslar bor kunlarda topshiriq berib, baholab kelyapman. 1-aprel kuni televizion dars yo‘q edi. Direktor o‘rinbosari 1-aprelda “ishlamagan” sifatida belgilab qo‘yibdi. Uning shu ishi to‘g‘rimi? Televizion dars bo‘lmagan kuni ham o‘quvchilarga topshiriq berishim kerakmi?
Javob

Yuqorida ta’kidlanganidek, vazirlikning tegishli buyrug‘i bilan o‘qituvchilar 1-apreldan masofaviy ishlashga o‘tkazildi.
Unga ko‘ra, o‘qituvchining asosiy vazifasi:
televizion darslarni muntazam kuzatib borish orqali, o‘quvchilarga o‘z fani bo‘yicha televizion darsda o‘tilgan mavzuni tushunib olishlariga ko‘maklashish,
televizion dars orqali berilgan uy vazifalarini bajarishda amaliy yordam berish;
o‘quvchilar bilimini baholash kabi masofadan bajarish mumkin bo‘lgan ishlar etib belgilangan (Toshkent sh. elektron kundalik, boshqa hududlarda telegramm kanali orqali bu ishlarni amalga oshirishi mumkin).
Maktab rahbariyati ish kunlarini hisoblaganda shunga alohida e’tibor berishlari tavsiya etiladi.

8-savol: Karantin paytida o‘qituvchilar telegramda dars o‘tishlari kerakligi yoki shartligi haqida biror hujjat mavjudmi?
Javob

Vazirlikning tegishli buyrug‘i asosida o‘qituvchilar
1-apreldan masofadan ish boshlashdi.
Yuqorida aytib o‘tganimdek, o‘qituvchilar televizion darslarni muntazam kuzatib borish orqali, o‘quvchilarga o‘z fani bo‘yicha televizion darsda o‘tilgan mavzuni tushunib olishlariga ko‘maklashish, televizion darsda berilgan uy vazifalarini bajarishda amaliy yordam berish, o‘quvchilar bilimini baholashi kerak.
Ushbu jarayonda o‘qituvchilar aloqa vositalaridan foydalanishiga to‘g‘ri keladi.

9-savol: Onlayn ta’lim standartlari mavjudmi? Onlayn ta’lim qanday mezonlarda olib boriladi? Dars va uy ishi bo‘yicha yuklamalar belgilanganmi?
Javob

Televizion darslar umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va tayanch o‘quv rejasi asosida to‘rtinchi chorak mavzularini o‘z ichiga qamrab olgan.
Dars va uy vazifalar mazmuni yuqorida aytib o‘tilgan hujjatlarga asoslangan.
Shu o‘rinda, o‘qituvchi va ota-onalar o‘quvchilarning televizion darsda berilgan mavzuni o‘zlashtirishlari va uy ishlarini bajarishlarini nazoratga olishlari kerak.
O‘qituvchilar qo‘shimcha bilim olishni istagan o‘quvchilarga, ularning ota-onalari bilan kelishgan holda qo‘shimcha topshiriqlar berishlari ham mumkin.


Состоялся брифинг с участием начальника управления Министерства народного образования Дониёра Ирматова.

Сотрудник ответил на вопросы об образовании и телевизионных уроках в период карантина. Видео брифинга можно посмотреть по этой ссылке. Эти вопросы мы также предлагаем вашему вниманию. Чтобы прочитать ответы на вопросы, нажмите кнопку «Ответить».

Q1: Почему учащиеся регистрируются вместе с родителями в системе daily.com? Я против того, чтобы мой ребенок пользовался интернетом. Почему нет мобильной версии системы? У вас есть инструкции по использованию системы?
Отвечать
Студенты используют систему diary.com как обычный дневник. То есть в нем знакомятся с расписанием курсов, видят домашние задания и оценки.
Однако родители также имеют доступ к этой системе. Для них в системе есть возможность следить за процессом обучения своих детей, получать информацию об их мастерстве.
В то время как ученики несут ответственность за выполнение уроков, родители наблюдают за процессом. Из-за этого у родителей нет возможности отправить домашнее задание. В этом случае вы можете войти в эту систему через профиль вашего ребенка и отправить домашнее задание.
Существуют также программы, ограничивающие использование детьми Интернета. Установив это приложение, вы можете предоставить своему ребенку доступ только к ежедневной системе.
До сих пор система daily.com была опробована в нескольких школах. В настоящее время разрабатывается мобильное приложение для учителей, а также создается отдельное приложение для родителей и учащихся.
Следует отметить, что пользователи также могут отправлять домашнее задание в систему из браузера телефона.
Рекомендации по использованию Kundalik.com доступны на Youtube, Mover.uz и каналах онлайн-школы uz edu.

Q2: Я работаю учителем в одной из школ Самаркандской области. Директор нашей школы заставляет детей идти домой и учить. Если мы научим каждого ученика идти домой и стать учителем, не станем ли мы разносчиками вируса?
Отвечать
Во-первых, в соответствующем приказе Министерства народного просвещения предусмотрено, что в четвертой четверти обучение школьников будет осуществляться с использованием телеуроков. В этом приказе содержится указание учителям работать удаленно. При этом преподавателям следует использовать средства связи в процессе удаленной работы.
Самаркандское областное управление народного образования изучило ситуацию со стороны и назвало сообщение необоснованным.

Q3: Я работаю в одной из школ Ташкента. В этом квартале мы работаем удаленно. Мы работаем со студентами и родителями с помощью Telegram и других программ.
Недавно нам сказали, что только оплачиваемая работа, выполненная через daily.com, будет оплачиваться ежемесячно, а не через другие системы. Насколько это верно? Ведь если daily.com по-прежнему не работает в провинции, разве нам не будут платить одинаково и считаться каждый месяц одинаково?
В сложившейся ситуации не целесообразно ли использовать удобную и знакомую многим платформу?
Отвечать
В первую очередь мы коснулись этого вопроса на брифинге 25 марта с.г. Об этом сообщили источники в министерстве.
Через Kundalik.com учителя контролируют и оценивают обучение учащихся с помощью телевизионных уроков.
Преподаватели могут давать учащимся домашние задания и учебные материалы на сайте daily.com, а также отправлять учащихся для проверки выполненной работы.
В конце преподаватели выставят оценку электронному журналу или оставят комментарии по дальнейшей работе над ответами.
Эта система внедрена в Ташкенте и должна использоваться учителями.
Так как дневная система не реализована в провинциях, рекомендуется использовать другую систему.

Q4: В условиях карантина наши дети должны публиковать свои домашние задания на daily.com. Но в школе, где учатся наши дети, классные руководители не рассказывают родителям, как пользоваться этим сайтом. Мы не знаем, куда отправить домашнее задание. Что вы делаете, чтобы мучить детей за то, чего учителя даже не знают? Было бы неплохо иметь видео на сайте, использующем сайт, чтобы все могли показывать его по телевидению?
Заявительница не предоставила информацию о том, какую школу посещал ребенок.
Отвечать
Как было сказано выше, рекомендации по использованию системы Kundalik.com доступны на Youtube, Mover.uz и канале онлайн-школы Uz edu.
Кроме того, данные видеорекомендации будут транслироваться на телеканалах, которые в настоящее время транслируют телеуроки.

Q5: Есть проблемы с использованием системы Kundalik.com. Мы не можем отправить домашнее задание.
Отвечать
Такие проблемы наблюдаются у некоторых пользователей. Специалисты изучили вопрос.
При использовании системы некоторые родители пытались размещать фото и видео большого размера.
Поэтому мы рекомендуем родителям и другим пользователям размещать фотографии и видео как можно меньшего размера.

Q6: Могут ли воспитатели частных школ-интернатов работать удаленно?
Отвечать
В начале четвертого квартала Министерство народного образования издало соответствующий приказ о дистанционной работе учителей.
Следует отметить, что преподаватели, которые обучали студентов, были переведены на удаленную работу, а остальные сотрудники, в том числе воспитатели, отправлены в оплачиваемый отпуск.

В7: Я давал задания и оценивал уроки, которые посещал, в те дни, когда проводились телевизионные уроки. 1 апреля урока телевидения не было. 1 апреля заместитель директора отметил его как «не работающий». Это то, что он сделал? Должен ли я давать задания ученикам даже в день, когда нет телевизионного урока?
Отвечать
Как было сказано выше, соответствующим приказом министерства с 1 апреля учителя переведены на удаленную работу.
По его словам, основной задачей учителя является:
помочь учащимся понять тему телевизионного урока по своему предмету, регулярно просматривая телевизионные уроки;
практическая помощь в выполнении домашних заданий посредством телевизионных уроков;
можно дистанционно, например оценка знаний учащихся (электронный дневник в Ташкенте, в других регионах можно через телеграм-канал).
Руководству школы рекомендуется обратить на это особое внимание при исчислении рабочих дней.

Q8: Есть ли какой-либо документ, гласящий, что учителя должны или должны преподавать по телеграмме во время карантина?
Отвечать
Учителя на основании соответствующего приказа Министерства
С 1 апреля они начали работать удаленно.
Как я упоминал выше, учителя регулярно контролируют телевизионные уроки, чтобы помочь учащимся понять тему своего предмета на телевизионном уроке, оказать практическую помощь в выполнении домашнего задания, данного на телевизионном уроке, или должны оценить знания учащихся.
В этом процессе преподавателям приходится использовать средства коммуникации.

Q9: Существуют ли стандарты онлайн-образования? Каковы критерии онлайн-образования? Запланирована ли загрузка курсов и домашних заданий?
Отвечать
На телевизионных уроках освещались темы четвертой четверти на основе государственного образовательного стандарта и основной учебной программы общего среднего образования.
Содержание уроков и домашних заданий основано на документах, упомянутых выше.
В этот момент учитель и родители должны следить за усвоением учащимися темы, заданной на телевизионном уроке, и выполнением домашнего задания.
Учителя также могут давать дополнительные задания учащимся, которые хотят узнать больше, по согласованию с родителями.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: