UYDA QOLING!

XTB METODISTLARINING OYLIK MAOSHLARI OSHIRILADI

2021 yil 1 yanvardan boshlab XTB metodistlarining oylik maoshlari oshiriladi.

Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, shuningdek, tuman (shahar) xalq ta’limi bo’limlarining “umumta’lim fanlari bo’yicha metodist” lavozimlari o’rniga “mentor” (ustoz, murabbiy) lavozimi joriy etiladi.

Bu haqda Prezidentning “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi to’g’risida”gi qarori loyihasida ko’rsatib o’tilgan.

Qaror loyihasida mentorlik xizmati bo’limlari boshliqlari, sho’’ba mudirlari va mentorlarning ish haqi miqdori 2021 yil 1 yanvardan boshlab oliy toifali o’qituvchining bazaviy tarif stavkasi miqdoriga nisbatan quyidagicha nisbatda:

‘respublika darajasidagi – 1,3 baravarga;

‘viloyat darajasidagi – 1,2 baravarga;

‘tuman (shahar) darajasidagi – 1,1 baravargacha oshirish belgilanadi.

Shu bilan birga Xalq ta’limi vazirligi bugungi kunda fan metodisti lavozimida faoliyat ko’rsatayotgan xodimlarni mutaxassislik fani bo’yicha umumiy o’rta ta’lim muassasalari o’qituvchilarining attestasiya natijalarini baholash mezonlari asosida sinovdan o’tkazadi. Sinovdan o’tmagan metodistlarni 2021 yil 1 yanvarga qadar boshqa ishga joylashtirish choralari ko’riladi.

Qaror loyihasi bilan batafsilroq ushbu manzilda tanishishingiz mumkin.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: