Xotin-qizlarga berilgan imtiyoz qanday hisoblanadi?

Xotin-qizlarga berilgan imtiyoz qanday hisoblanadi?

Juda ko’p xotin-qizlar «tavsiyanoma oldim, endi aniq o’qishga kiraman» deb o’ylayapti. Ammo bu xato. Tavsiyanomadan tashqari ular yuqori ball ham to’plash kerak, ya’ni bilim ham muhim.

Bu masalani huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev quyidagicha izohladi:

Tavsiyanoma berilgan xotin-qizlarga respublika bo’ylab kunduzgi ta’limga davlat granti asosida jami 940 ta qo’shimcha kvota ajratilgan. Sirtqi va kechki ta’limda imtiyoz berilmaydi.

Kvotalar hududlar kesimida bo’lib chiqilgan. Batafsil kvota mana bu yerda.

Hisoblash tartibi

Keling, Samarqand misolida ko’rib chiqamiz. Samarqand viloyatida yashaydigan va tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun jami 104ta qo’shimcha kvota ajratilgan. Xo’sh, bu nimani anglatadi? Imtiyoz qanday qo’llanadi?

Buning tartibi quyidagicha:

➖ tushunish osonroq bo’lishi uchun Samarqand viloyatiga 5ta kvota berilgan deb, tasavvur qilamiz;

➖ aytaylik Samarqand viloyatida jami 40 nafar xotin-qizlarga tavsiyanoma berildi;

➖ pastdagi 1-rasmga qarasangiz, tavsiyanoma olgan 40 nafar xotin-qizlar respublikaning istalgan OTMlariga hujjat topshirgan (bu yerda osonroq tushunarli bo’lishi uchun OTMlar nomlarini oldim, yo’nalishlarga bo’lib o’tirmadim);

➖ abiturientlar turlicha ball to’plashdi;

➖ Samarqanddan tavsiyanoma olgan barcha xotin-qizlar orasida eng yuqori ball olgan 5 nafar abiturientlar grant asosida qo’shimcha kvotaga qabul qilinadi (2-rasmda yashil rang bilan berilgan);

➖ rasmga qarasangiz, grantga kirgan xotin-qizlar turli hududlardagi OTMlarni tanlaganini ko’rish mumkin.

➖ qolgan xotin-qizlar o’zining bali bilan umumiy, el qatori tanlovda ishtirok etadi, ya’ni bali yetsa kiradi, yetmasa kirolmaydi.

Qissadan hissa shuki, Samarqand viloyatida jami aytaylik ming nafar xotin-qizlarga tavsiyanoma berilgan bo’lsa, ular orasidan eng ko’p ball to’plagan 104 kishi grant asosida qo’shimcha kvotaga qabul qilinadi.

‼️Beshta yo’nalishni tanlaganda, tavsiyanoma faqat 1-yo’nalishga o’tadi. 2 va undan keyingi yo’nalishlarda qo’shimcha kvota berilmaydi, umumiy tartibda tanlovda qatnashiladi.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: