Xorijiy oliy ta’lim muassasasini tanlashda nimalarga e’tibor berish lozim?

Xorijiy oliy ta’lim muassasasini tanlashda nimalarga e’tibor berish lozim?

O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kira olmasam, xorijiy davlatda o‘qimoqchiman. Xorijiy oliy ta’lim muassasasini tanlaganda nimalarga e’tibor qaratishim lozim?

Savolga Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Matbuot kotibi Shavkat Xo‘jaqulov AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda javob berdi:

Hozirgi paytda ayrim jismoniy shaxslar hamda konsalting xizmatlarini ko‘rsatuvchi firmalar yoshlarimiz orasida xorijiy oliy ta’lim tashkilotlariga hujjat topshirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishmoqda.

Sizga taklif etilayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkiloti diplomining O‘zbekistonda tan olinishini uchun quyidagilarga e’tibor qarating:
Avvalo, tashkilotning oliy ta’lim muassasasi sifatida faoliyat yuritishiga ruxsat beruvchi hujjati, ya’ni litsenziyasi mavjudligiga ishonch hosil qiling.

Keyingi eng muhim talab ta’lim muassasasi tomonidan beriladigan diplom o‘zi joylashgan mamlakat hududida tan olinishi bilan bog‘liq. Buning uchun esa oliy ta’lim muassasasi va uning ta’lim dasturlari vakolatli organlar tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi kerak.

Bundan tashqari, talabgor tanlagan oliy ta’lim muassasasining o‘qitish shakli va ta’lim dasturlari O‘zbekiston qonunchiligiga mos kelishini o‘rganishi kerak. Amaldagi «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, O‘zbekiston hududida rasman tan olinadigan bakalavriat bosqichi kamida 4 yil, sirtqi ta’lim kamida 5 yil, magistratura esa kamida 2 yil muddat qilib belgilangan.

Shuningdek, pandemiya vaqtida joriy etilgan karantin rejimi sababli yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonlari masofaviy shaklga o‘tkazilgan. Ushbu vaziyatdan o‘z manfaati yo‘lida foydalanayotgan ba’zi konsalting tashkilotlari o‘z reklamalarida masofadan ta’lim beruvchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarini «diplomi O‘zbekistonda to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinadi» kabi asoslanmagan ma’lumotlar bilan targ‘ib qilishmoqda.

Tarqatilgan bu kabi noto‘g‘ri ma’lumotlar esa xorijiy diplomning mamlakatimizda tan olinmasligi oqibatida fuqarolarimizning kelajakda turli sarsongarchiliklarga duch kelishlariga sabab bo‘ladi. Mazkur masala bo‘yicha abituriyentlar yoki ularning ota-onalari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining telegram boti (@Uztdibot)ga yoki (71) 231-07-53 raqamiga murojaat qilib, mutaxassislardan javob olishlari mumkin.

Hurmatli yurtdoshlar!

Yuqoridagi tavsiyalarga asosan Sizga taklif qilinayotgan oliygoh haqidagi ma’lumotlarni yaxshilab o‘rganib keyin qaror qabul qiling.
O‘zingiz va farzandlaringiz umrini va mablag‘laringizni besamar sarflamang.


Если я не могу поступить в вуз в Узбекистане, я хочу учиться за границей. На что обратить внимание при выборе зарубежного вуза?

Пресс-секретарь Государственной инспекции по контролю качества образования Шавкат Ходжакулов ответил на вопрос на брифинге в штаб-квартире АОКА:

В настоящее время некоторые частные лица и консалтинговые компании работают над продвижением нашей молодежи для поступления в зарубежные вузы.

Для признания предложенного диплома иностранного высшего учебного заведения в Узбекистане обратите внимание на следующее:
В первую очередь убедитесь в наличии у организации документа, позволяющего осуществлять деятельность в качестве высшего учебного заведения, т.е. лицензии.

Следующим важнейшим требованием является признание диплома, выданного учебным заведением, на территории принимающей страны. Для этого высшее учебное заведение и его образовательные программы должны быть аккредитованы компетентными органами.

Кроме того, абитуриент должен изучить соответствие учебного плана и программ обучения выбранного вуза законодательству Узбекистана. Согласно действующему Закону об образовании официально признанная степень бакалавра в Узбекистане составляет не менее 4 лет, заочное обучение не менее 5 лет, а степень магистра не менее 2 лет.

Также в связи с карантинным режимом, введенным на время пандемии, учебный процесс в высших учебных заведениях страны переведен на дистанционную форму. Некоторые консалтинговые организации, пользуясь этой ситуацией, рекламируют в своей рекламе, что иностранные высшие учебные заведения, предоставляющие дистанционное обучение, «прямо признают диплом в Узбекистане», пропагандируют недостоверную информацию.

Такая дезинформация приведет к тому, что наши граждане в будущем столкнутся с различными трудностями из-за непризнания иностранных дипломов в нашей стране. Абитуриенты или их родители могут задать вопросы телеграм-боту (@Uztdibot) Государственной инспекции по контролю качества образования (@Uztdibot) или по телефону (71) 231-07-53.

Уважаемые соотечественники!

Опираясь на приведенные выше рекомендации, внимательно изучите информацию о предлагаемом вузе и только после этого принимайте решение.
Не тратьте свою жизнь и деньги на себя и своих детей.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: