Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish uchun navbatdagi sinov testlari o‘tkaziladigan kunlar ma’lum bo‘ldi

Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish uchun navbatdagi sinov testlari o‘tkaziladigan kunlar ma’lum bo‘ldi
Bizni endi Telegramda ham o'qishingiz mumkin. Kanalga obuna bo'lish

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 iyuldagi 620-son qarori bilan tasdiqlangan «Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom ijrosini ta’minlash maqsadida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida (Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Nurxon ko‘chasi, 21-uy) 2020 yil 22-26 sentabr kunlari sohalar bo‘yicha sinov testlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Bu haqda Respublika ta’lim inspeksiyasi rasmiy kanalida aytib o’tildi.

«Huquqshunoslik», «Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot», «Iqtisodiyot», «Qishloq xo‘jaligi, muhandislik, ishlov berish va qurilish» hamda «O‘qituvchilar tayyorlash va pedagogik fanlar» sohalari bo‘yicha sinov testlari o‘tkaziladigan sanasi va sinov testida ishtirok etuvchilar ro‘yxati bilan quyida tanishishingiz mumkin.

👉Huquqshunoslik

👉Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot

👉Iqtisodiyot

👉Qishloq xo‘jaligi, muhandislik, ishlov berish va qurilish

👉Pedagogika fanlari

👉Pedagogika fanlari (Boshlang‘ich ta’lim)

Sinovlar karantin qoidalariga qat’iy amal qilgan holda o‘tkaziladi.

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ogohlantiradi:

Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish uchun belgilangan sinov testlariga o‘z vaqtida kelmagan, sinov testida ishtirok etuvchilar ro‘yxatida mavjud bo‘lmagan talabgorlar hamda tibbiy niqobi bo‘lmaganlarga sinovlarga kirishga ruxsat etilmaydi.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: