Xorijda masofaviy tarzda o‘qilsa diploma O‘zbekistonda tan olinadimi?

Xorijda masofaviy tarzda o‘qilsa diploma O‘zbekistonda tan olinadimi?

Menga qo‘shni davlatdagi oliy ta’lim muassasasida o‘qishni taklif etishmoqda. O‘qish masofaviy tarzda olib borilar ekan. Lekin diplomga sitrqi deb yoziladi O‘zbekistonda tan olinadi deyishmoqda. Ularga ishonsam bo‘ladimi?

Savolga Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Matbuot kotibi Shavkat Xo‘jaqulov AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda javob berdi:

Amaldagi qonunchilikka muvofiq xorijiy davlatlarning oliy ta’lim muassasalarda masofaviy tarzda ta’lim olgan talabgorlarning hujjatlari O‘zbekiston Respublikasida tan olinmasligi belgilab qo‘yilgan.

Shu sababli masofaviy ta’lim shaklida o‘qishni tavsiya qilmagan bo‘lardik. Chunki, xorijiy oliy ta’lim muassasasini tamomlab, diplom olganingizdan so‘ng uni O‘zbekiston Respublikasida yuridik kuchga ega bo‘lishi uchun tan olish jarayonidan o‘tkazish lozim bo‘ladi.

Xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish jarayonida hujjat haqiqiyligi hamda ta’lim shaklini aniqlashtirish bo‘yicha rasmiy so‘rov amalga oshiriladi va o‘rganiladi.

Yangi tahrirdagi «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunning loyihasiga masofaviy ta’lim shakli ham O‘zbekistondagi ta’lim turlari ro‘yxatiga kiritilmoqda. Biroq buning o‘zi xorijda masofaviy tarzda olingan diplomlar ham tan olinadi, degan ma’noni anglatmaydi.

Sababi «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun yangi tahrirda qabul qilinganidan so‘ng ta’limga oid qonunosti hujjatlarini unga moslashtirish ishlari olib boriladi. Qator qonunosti hujjatlar ishlab chiqilishi, mavjudlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi zarur bo‘ladi.

Davlatda masofaviy ta’lim shaklida o‘qitish mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar belgilangach, xorijda olingan masofaviy ta’lim ta’lim shaklidagi hujjatni tan olish uchun normativ baza shakllanadi. Bundan tashqari oliy ta’limda masofaviy ta’lim berish shaklini barcha mutaxassisliklar uchun birdek qo‘llab bo‘lmaydi. Misol uchun texnika yoki meditsinaga o‘xshash sohalarda bevosita amaliyot muhim o‘rin tutadi.

Shu sababli ham yoshlarimizga mazkur o‘zgartirishlar to‘liq kiritilib, qaysi mutaxassisliklar va qanday ko‘rinishda masofaviy ta’lim yo‘lga qo‘yilishi ma’lum bo‘lmagunga qadar shoshib qaror qabul qilmaslikni so‘ragan bo‘lardik.

Shu o‘rnida ta’kidlab o‘tish joizki, bugungi kunda bozor talablariga javob bera oladigan raqobatbardosh kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda. Kadrlar sifatiga ish beruvchilar baho bermoqda. Shunday ekan, yoshlarimiz diplom uchun emas, sifatli ta’lim olib, salohiyatli kadr bo‘lish uchun oliy ta’lim muassasasini tanlashlari zarur.


Мне предложили высшее образование в соседней стране. Чтение осуществляется дистанционно. Однако говорят, что диплом признается в Узбекистане как Sitrqi. Могу ли я доверять им?

Пресс-секретарь Государственной инспекции по контролю качества образования Шавкат Ходжакулов ответил на вопрос на брифинге в штаб-квартире АОКА:

В соответствии с действующим законодательством документы абитуриентов, прошедших обучение в заочных учебных заведениях зарубежных стран, в Республике Узбекистан не признаются.

Поэтому мы не рекомендуем дистанционное обучение. После окончания зарубежного высшего учебного заведения вам придется пройти процедуру признания, чтобы иметь юридическую силу в Республике Узбекистан.

В процессе признания документов об образовании в иностранном государстве составляется и исследуется формальный запрос для определения подлинности документа и формы образования.

Новая редакция законопроекта «Об образовании» также включает дистанционное обучение в перечень видов образования в Узбекистане. Однако это не означает, что дипломы, полученные дистанционно за границей, также признаются.

Это связано с тем, что после принятия новой редакции Закона «Об образовании» будет гармонизировано законодательство об образовании. Потребуется разработка, изменение и дополнение ряда правовых документов.

После того, как будут определены области, в которых возможно дистанционное обучение в стране, будет создана нормативная база для признания документа в форме дистанционного обучения, полученного за рубежом. Кроме того, дистанционное обучение в высших учебных заведениях не является одинаковым для всех специальностей. Например, непосредственная практика играет важную роль в таких областях, как технология или медицина.

Именно поэтому мы хотели бы попросить нашу молодежь не принимать поспешных решений, пока эти изменения не будут полностью реализованы и не будет известно, какие специальности и в какой форме будет введено дистанционное обучение.

Следует отметить, что сегодня растет потребность в конкурентоспособных кадрах, способных удовлетворить требования рынка. Работодатели оценивают качество персонала. Поэтому наша молодежь должна выбирать вуз не по диплому, а по качественному образованию и потенциальным кадрам.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: