Xalq ta’limi tizimini yanada rivojlantirishga oid katta farmon loyihasi e’lon qilindi

Xalq ta’limi tizimini yanada rivojlantirishga oid katta farmon loyihasi e’lon qilindi
Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo'lish

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ta’lim tizimini yanada rivojlantirishga oid katta farmon loyihasi www.regulation.gov.uz portaliga muhokama uchun qo’yildi.

Unda jumladan quyidagilar nazarda tutilmoqda:

    ➖ Toshkent va Nukus shahri hamda viloyatlar markazlaridagi navbatlilik koeffitsiyenti past bo‘lgan maktablar tajriba-sinov tariqasida xususiy sektor vakillariga 5 yilga ishonchli boshqaruvga beriladi;

    ➖ o‘quvchilari xalqaro fan olimpiadalarida g‘oliblik (oltin, kumush, bronza medali)ni qo‘lga kiritgan pedagoglarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri oliy malaka toifasi beriladi;

    ➖ umumta’lim muassasalari pedagoglariga 2020 yil 1 noyabrdan boshlab sinf (guruh) rahbarligi uchun to‘lovlar 1,5 baravarga oshiriladi;

    ➖ 2021 yil 1 apreldan boshlab hududiy xalq ta’limi bo‘linmalari metodistlarining ish haqi miqdori oliy toifali o‘qituvchining bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi;

    ➖ 2024/2025 o‘quv yiliga qadar faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan pedagoglarning oylik maoshi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 15 baravarigacha bosqichma-bosqich oshirib boriladi;

    ➖ Maktab bitiruvchilarining o‘qishga kirish hamda ishga joylashish ko‘rsatkichlari asosida maktabning rahbar xodimlarini turli miqdorlarda rag‘batlantirish yo‘lga qo‘yiladi;

    ➖ maktab, kollej, litsey bitiruvchilarining shahodatnomasi (diplom ilovasi)dagi majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichi kiritiladi va ushbu ko‘rsatkich OTMga kirish imtihonlarida inobatga olinadi;

    ➖2021 yil 1 yanvardan boshlab maktab direktorlarini lavozimga tayinlash, ularga nisbatan intizomiy jazo qo‘llash hamda ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra lavozimidan ozod etish tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

    ➖ milliy reytingida so‘nggi 5 yil davomida doimiy ravishda birinchi 3 ta o‘rindan birini egallagan OTMlarga oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash bo‘yicha akademik va moliyaviy mustaqillik berish hamda mustaqillik mezonlari Yevropa universitetlari assotsiatsiyasi standartlariga muvofiq qabul qilish;

    ➖ milliy reytingida birinchi 10 ta o‘rindan birini egallagan OTMlarga mavjud ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy unvonlarni mustaqil berish vakolatini berish;

    ➖ 2021 yil 1 sentabrga qadar har bir hududda nodavlat, jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida kamida bittadan OTMlar tashkil qilish;

    ➖ 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab OTMlar qaroriga muvofiq nomutaxassislik fanlari modul tizimi asosida o‘qitish;

    ➖ 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab xorijiy talabalarni OTMlarga o‘qishga qabul qilishni yilda 2 marta semestrning boshida tashkil qilish.

Farmonning to‘liq matni bilan quyidagi manzil orqali tanishib o‘z fikr-mulohazalarni bayon qilish mumkin: https://regulation.gov.uz/ru/document/23678

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Izoh qo'shing

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: