UniRank O‘zbekistonning eng yaxshi universitetlari nomini ma’lum qildi

UniRank O‘zbekistonning eng yaxshi universitetlari nomini ma’lum qildi

UniRank jahon reytingi O‘zbekistonning eng yaxshi universitetlari ro‘yxatini tuzdi. Reyting UniRank veb-saytida e’lon qilingan.

U yerda mamlakatimizning 87 ta oliy ta’lim muassasasi nomi bor.
Ro‘yxat mualliflari reyting uchun asos sifatida universitetlarning rasmiy veb-saytlarining ommabopligi, litsenziyalash ko‘rsatkichlari, universitetlarning akkreditatsiyasi, o‘qituvchilarning ilmiy maqolalari va boshqalarning keltirilgan ko‘rsatkichlarini oldi.
Birinchi o‘ringa Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti loyiq ko‘rilgan. Umumjahon reytingida universitet 4122 o‘rinda. Ikkinchi va uchinchi o‘rinni Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti egallagan.
Dastlabki o‘nlikka kirgan universitetlar:

• O‘zbekiston milliy universiteti – 4122 (jahon reytingidagi o‘rni);

• Toshkent peditriya tibbiyot instituti Nukus filiali – 5752;

• Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti – 7611;

• Samarqand davlat universiteti – 8652;

• Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti – 8779;

• Toshkent tibbiyot akademiyasi – 9185;

• Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti – 9478;

• Samarqand davlat tibbiyot instituti – 9685;

• Buxoro davlat universiteti – 9940;

• Andijon davlat tibbiyot instituti – 9981.

UniRank ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonning eng yaxshi universiteti Afg‘onistondagi Amerika universiteti (6438), Qirg‘izistonning eng yaxshi universiteti Manas Qirg‘iz-turk universiteti (4392), Qozog‘istonning eng yaxshi universiteti Nazarboyev universiteti (1485), Tojikistonning eng yaxshi universiteti akademik Osimiy nomidagi Tojik texnik universiteti (11959), deb topilgan. Turkmaniston oliygohlari haqida ma’lumot mavjud emas.


UniRank составил список лучших университетов Узбекистана. Рейтинг публикуется на сайте UniRank.

В стране 87 высших учебных заведений.
В качестве основы для составления рейтинга авторы списка использовали популярность официальных сайтов вузов, лицензионные показатели, аккредитацию вузов, научные статьи преподавателей и др.
Первое место было присуждено Национальному университету Узбекистана имени Мирзо Улугбека. Университет занимает 4122 место в мировом рейтинге. Второе и третье места заняли Нукусский филиал Ташкентского педиатрического медицинского института и Ташкентский институт текстильной и легкой промышленности.
Десятка лучших университетов:

• Национальный университет Узбекистана – 4122 (место в мировом рейтинге);

• Нукусский филиал Ташкентского педиатрического медицинского института – 5752;

• Ташкентский институт текстильной и легкой промышленности – 7611;

• Самаркандский государственный университет – 8652;

• Ташкентский государственный педагогический университет имени Низами – 8779;

• Ташкентская медицинская академия – 9185;

• Ташкентский университет информационных технологий имени Мухаммада ал-Хоразмий – 9478;

• Самаркандский государственный медицинский институт – 9685;

• Бухарский государственный университет – 9940;

• Андижанский государственный медицинский институт – 9981.

По данным UniRank лучшим университетом Афганистана является Американский университет Афганистана (6438), лучшим университетом Кыргызстана является Кыргызско-турецкий университет «Манас» (4392), лучшим университетом Казахстана является Назарбаев Университет (1485). лучшим вузом Таджикистана является Таджикский технический университет имени академика Осими (11959). Информация о туркменских вузах отсутствует.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: