Uchinchi renesans davriga navbatdagi qadam!

Uchinchi renesans davriga navbatdagi qadam!

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi bayram tabriklarida taraqqiyotimizning maqsadi Uchinchi Renessans bo‘lishi lozimligini ta’kidladilar.

Uyg‘onish davrini bevosita ta’lim sohasisiz tasavvur qilish mushkul ekani hech kimga sir emas. Ta’lim sohasidagi islohotlar to‘g‘risida so‘z yuritar ekanmiz 2020 yil
23 – sentabrdagi O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni ko‘z o‘ngimizga keladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Ta’kidlash joizki, ushbu Qonun bilan ilk marotaba ta’lim tizimidagi atamalarning talqini berilgan. Ta’lim o‘quvchilarga chuqur nazariy bilimlar, ko‘nikmalar, amaliy ko‘nikmalar berish shuningdek, umumiy ta’lim va kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon sifatida qaraladi.
Ushbu Qonunda masofaviy ta’lim tushunchasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va Internetdan foydalanish orqali ta’lim olish shakllaridan biri sifatida berilgan. Ushbu ta’lim shaklining ahamiyati va zaruriyati pandemiya davrida, asosan, maktablar, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari o‘quvchilari orasida kasallikning ommaviy tarqalishini cheklashga yordam berganida isbotlangan.
Shuningdek, Qonunda o‘quv dasturining nazariy qismi o‘quv muassasasida, amaliy qismi esa talabaning ish joyida o‘rganiladigan dual ta’lim kabi shakl belgilangan. Har bir talabaning qobiliyatlarini shakllantirish va uning amaliy ko‘nikmalari va tajribalarini rivojlantirish, olingan bilim va ko‘nikmalarni amalga oshirish amaliyotidan faol foydalanishni talab qiladi. Ushbu o‘quv faoliyati amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan. Talabaga boshlang‘ich kasbiy ko‘nikmalarni olish, egallagan bilim va ko‘nikmalarini amaliyotda to‘g‘ri qo‘llay olishga imkon beradi.
Oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish ta’lim shakli joriy qilingan bo‘lib bunday ta’lim shaklida davlat oilada ta’lim olishga va mustaqil ta’lim olishga ko‘maklashadi. Bolalarning oilada ta’lim olishi va mustaqil ta’lim olish uslubiy va maslahat yordami ko‘rsatilgan holda tegishli o‘quv dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Shuningdek, katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish shakliga ko‘ra katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish butun umr davomida o‘qitishning markaziy tarkibiy qismi bo‘lib, ta’lim berish hamda o‘qitishning jamiyat hayotida va mehnat faoliyatida katta yoshdagilarning ishtirok etishini ta’minlashga qaratilgan barcha shakllarini o‘z ichiga oladi, shuningdek rasmiy, norasmiy va informal o‘qitish jarayonlarining butun majmuini qamrab oladi.
E’tiborli jihati shundaki, ta’lim tizimida har qanday o‘quvchi (talabaning) shaxsiy xususiyatlari ya’ni imkoniyatlaridan qat’iy nazar uning boshqalar bilan birdek ta’lim olishini kafolatlaydigan inklyuziv ta’lim alohida o‘rin tutishida. Ushbu turdagi ta’limni joriy qilishdan maqsad mamlakatning asosiy qonunida nazarda tutilgan ta’lim olishning umumiy huquqini amalga oshirishdir.
Prezidentimiz ta’biri bilan aytadigan bo‘lsak: “Yoshlar huquqi deganda, biz, birinchi navbatda, ularning tinch va sog‘lom yashash hamda ta’lim olishga bo‘lgan to‘laqonli huquqini tushunamiz. Shu bois, unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodimizning barkamol bo‘lib voyaga yetishi, sifatli va mukammal ta’lim olishini ta’minlash biz uchun hamisha ustuvor vazifa hisoblanadi”.
Bundan tashqari ta’lim muassasalari xorijiy mamlakatlarning ta’lim tashkilotlari va muassasalari bilan birgalikda hamkorlik qilishlariga yo‘l ochilmoqda.
Xususan, ta’lim muammolari yuzasidan ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha, qo‘shma fakultetlar, o‘quv markazlari va ilmiy laboratoriyalar tashkil qilish orqali, xalqaro darajadagi birgalikdagi ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot loyihalari va dasturlarini tayyorlash yuzasidan, hamkorlikda fundamental hamda amaliy
ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish orqali, ilmiy-amaliy seminarlar, konferensiyalar va simpoziumlar o‘tkazish bilan, talabalar, magistrlar, doktorantlar, o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar almashinishini amalga oshirish yo‘li bilan, eng asosiylaridan biri ikki tomonlama diplomlar (Double Diploma) dasturlarini joriy etish, orqali hamkorlikni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.
So‘ngi so‘z o‘rnida aytish mumkinki, «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni sohada tub burilishga sabab bo‘luvchi, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini tartibga soluvchi, ilm-fanning bugungi zamonaviy ko‘rinishidan kelib chiqib ta’limning maqsad-vazifalarini belgilab beruvchi norma bo‘lib xizmat qiladi.
Toshkent davlat yuridik universiteti
Ixtisoslashtirilgan filiali o‘qituvchisi Po‘lat Qobilov

Manba: Yuz.uz


В своем поздравительном послании по случаю 29-летия независимости Республики Узбекистан Президент Шавкат Мирзиёев подчеркнул, что целью нашего развития должен стать Третий Ренессанс. Не секрет, что эпоху Возрождения трудно представить без образования. Если говорить о реформе образования в 2020 году
Не будет преувеличением сказать, что на ум приходит Закон Республики Узбекистан «Об образовании» от 23 сентября.
Следует отметить, что этот закон является первым, определяющим термины в системе образования. Образование рассматривается как системный процесс, направленный на придание учащимся глубоких теоретических знаний, навыков и компетенций, а также на общеобразовательное и формирование профессиональных знаний, навыков и умений.
Понятие дистанционного образования определено в настоящем Законе как одна из форм обучения с использованием информационно-коммуникационных технологий и сети Интернет. Важность и необходимость данной формы обучения была доказана в период пандемии, когда она позволила ограничить массовое распространение заболевания, в основном среди учащихся школ, средних специальных и высших учебных заведений.
Закон также определяет теоретическую часть учебного плана как дуальное обучение, которое изучается в учебном заведении, и практическую часть на рабочем месте. Формирование способностей каждого учащегося, развитие его практических навыков и опыта требует активного использования полученных знаний и умений на практике. Эти учебные мероприятия направлены на развитие практических навыков. Это позволяет студентам приобрести основные профессиональные навыки и применить свои знания и навыки на практике.
Введены семейное воспитание и самостоятельное обучение, и в этой форме обучения государство способствует семейному воспитанию и самостоятельному обучению. Воспитание детей в семье и самостоятельное обучение осуществляется по соответствующим учебным планам с оказанием методической и консультативной помощи.
Также по форме обучения и воспитания взрослых обучение и воспитание взрослых является центральным компонентом обучения на протяжении всей жизни, а обучение и обучение — центральной частью общества, включает в себя все формы, направленные на обеспечение участия взрослых в жизни и труде, а также весь набор формальных, неформальных и неофициальных процессов обучения.
Примечательно, что особое место в системе образования занимает инклюзивное образование, гарантирующее, что каждый учащийся (студент), вне зависимости от личностных особенностей, т.е. возможностей, получит такое же образование, как и другие.Целью введения данного вида образования является реализация общего права на образование, предусмотренного конституцией страны.
По словам нашего Президента: «Когда мы говорим о правах молодежи, мы имеем в виду, прежде всего, ее полное право жить в мире и здоровье и получать образование. Именно поэтому для нас всегда приоритетом является то, чтобы наше молодое поколение росло гармонично и получало качественное и совершенное образование».
Кроме того, образовательным учреждениям разрешается сотрудничать с образовательными учреждениями и организациями иностранных государств.
В частности, о развитии научно-технического сотрудничества по вопросам образования, путем создания совместных факультетов, учебных центров и научно-исследовательских лабораторий, о подготовке совместных образовательных и исследовательских проектов и программ на международном уровне и практической деятельности.
путем реализации научно-исследовательских проектов, путем проведения научно-практических семинаров, конференций и симпозиумов, путем обмена студентами, магистрантами, докторантами, преподавателями и исследователями, одним из основных из которых является получение двойных дипломов (Double Diploma)) смогут осуществлять сотрудничество посредством внедрения программ.
В его последних словах можно сказать, что Закон Республики Узбекистан «Об образовании» является поворотным пунктом в сфере регулирования деятельности государственных и негосударственных образовательных учреждений, с современной точки зрения служит норма, определяющая цели и задачи образования.
Ташкентский государственный юридический университет
Преподаватель профильного отделения Полат КобиловИсточник: Юз.уз.
Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: