To’xtang, qaytib bu so’zlarni aytmang, bu so’zlar kasallik olib keladi!

To’xtang, qaytib bu so’zlarni aytmang, bu so’zlar kasallik olib keladi!
Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo'lish

Biz kundalik hayotda achchig’ig’imiz kelgan paytda aytadigan so’zlarimiz tanamizni muayyan kasalliklarga olib kelarkan.

Qaysi tilda gapirishimizdan qat’i nazar, har bir insonning o’z unikal so’z ehtiyoji bor. Psixolog va ezoteriklar bir yoqlama tushunchalarimiz va so’zlarimiz hayotimizga aloqador bo’lishini ta’kidlashyapti. Ularning aytishicha, foydalangan so’zlarimiz hayotimizni yaxshilar yoki bo’ysundirar ekan. YA’ni…
So’zlar inson hayotiga qanday ta’sir etadi?

Ta’sirchan so’zlar
Bunday gaplar quyidagi holatni yuzaga keltiradi. Mana ular:
“Sabrim tugadi”, “jinni bo’lib qolaman”, “nafasim qaytib ketadi”, “buni hazm qilolmayman”, “siqib suvimni ichishdi”, “tupurdim hammasiga”, “yuragimni jarohatladi”, “bo’g’zimga keldi” va shu tipdagilar. Bunday olib qaraganda, bular kundalik hayotda foydalanadigan, hislarimizni ifodalaydigan so’zlarimiz. Ziyoni yo’qdek. Aslida, bular ruhiyatimizdagi ko’nikma, ichki borlig’imiz. Ruhiyatimizdan qabul qilib olgan miyamiz buni organizmimizga buyuradi. Tanamiz esa bajarishga majbur.

Quyida salbiy jumlalar keltirib chiqaruvchi xastaliklarning ro’yxati bilan tanishtiramiz:
— “Dardim boshimdan oshib yotibdi” — osteoxondroz.
— “Hayotdan bezib ketdim, o’lgim kelyapti” — saraton.
— “Buni hazm qilolmayman” — oshqozon yarasi, anoreksiya.
— “O’lgudek charchadim” — urologik xastaliklar.
— “Nafasim qaytib ketdi, tupurdim bariga” — astma.
— “Siqib suvimni ichdi, qonimga tashna” — qon tomir xastaliklari.
— “YUragimni parchalading” — miokard infarkti.
— “Uning o’rnida bo’lishni istamasdim” — allergiya, teri xastaliklari.
— “Boshim yorilib ketadi” — migren, meteosezgirlik.
— “Sabrim tugadi” — gipertoniya.
— «Holim tang, baxtiqaroman” —jigar xastaliklari.
— “Ko’rishni istamayman” — ko’z xastaliklari.
— “O’chir ovozingni, jinni bo’lib qolaman” —depressiya.
Bu gaplarni kimga va nega aytishingiz ahamiyatsiz. Muhimi,ichingizda ana shu jumlalar ifodalagan narsalarga ko’nikma bor. Endilikda siz so’zlarning qanday kuchga egaligini bilasiz, o’zingizni asrash uchun ilk kadamni tashlang.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Izoh qo'shing

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: