Toshkent shahrida 28-sentabrda qaysi maktablarda an’anaviy ta’lim boshlanishi aytildi

Toshkent shahrida 28-sentabrda qaysi maktablarda an’anaviy ta’lim boshlanishi aytildi
Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo'lish

Toshkent shahar XTBB Matbuot xizmati tomonidan 28-sentabr kuni holatiga ko’ra qaysi maktablar an’anaviy tarzda faoliyat ko’rsatishi haqida ma’lumot berildi.

Avvalroq, Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari, tibbiyot birlashmalarining xulosalari, o‘qituvchilarni koronavirus ko‘rsatkichi hamda Xalq deputatlari tuman Kengashlarining tegishli qarorlari bilan pandemiya sharoitida Toshkent shahridagi umumta’lim muassasalarida ta’lim jarayonlarini bosqichma-bosqich boshlash maqsadida 2020 yil 14 sentabrdan boshlab 160 ta ta’lim muassasalari o‘z faoliyatini boshlagani to‘g‘risida xabar berylgan edi.
Joriy yilning 28 sentabrdan boshlab Bektemir tumanidagi 291, 293-sonli maktablar, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 71a, 205, 211, 286-sonli maktablar, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 101, 105-sonli maktab-internatlari, Chilonzor tumanidagi 79, 103, 114, 162, 163, 179, 183, 188, 281-sonli maktablar, Shayxontohur tumanidagi 13, 102-sonli maktablar, Yakkasaroy tumanidagi 100, 127, 160-sonli maktablar, Yashnabod tumanidagi 156, 170, 216, 230, 231-sonli maktablar ham o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yadi.
2020 yil 28 sentabr holatiga Toshkent shahridagi 318 ta umumta’lim muassasalaridan quyidagi 187 tasi an’anaviy tarzda faoliyat ko‘rsatadi:
1. Bektemir tumanidagi 289, 290, 291, 292, 293-sonli maktab.
2. Mirobod tumanidagi 31, 56, 57, 60, 65, 94, 125, 147, 154, 158, 175, 213, 214, 218, 328-sonli maktablar.
3. Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 18, 27, 35, 49, 50, 54, 64, 71a, 112, 121, 142, 187, 205, 207, 208, 209, 210, 211, 221, 225, 256, 223, 241, 275, 286, 308-sonli maktablar, 101-105-sonli maktab-internatlar hamda FFIDUM, PMTID UM, MAFIDUM.
4. Olmazor tumanidagi 1, 11, 15, 16, 24, 29, 36, 46, 159, 165, 185, 224, 233, 234, 242, 243, 249, 261, 298, 326-sonli maktablar hamda 106-maktab-internat.
5. Sergeli tumanidagi 2, 55, 33, 266, 267, 269, 303-sonli maktablar.
6. Uchtepa tumanidagi 14, 38, 44, 81, 106, 107, 193, 194-sonli maktablar.
7. Chilonzor tumanidagi 66, 79, 90, 103, 114, 162, 163, 168, 179, 183, 184, 188, 195a, 200, 202, 217, 280, 281-sonli maktablar.
8. Shayxontohur tumanidagi 10, 13, 19, 37, 39, 41, 34a, 82, 84, 85, 92, 102, 113, 132, 136, 157, 180a, 169, 186, 254, 299, 314, 316, 320, 324-sonli maktablar.
9. Yunusobod tumanidagi 5, 9, 12, 17, 21, 43, 51, 53, 58, 63, 70, 72, 80, 87, 88, 96, 98, 105, 150, 235, 246, 250, 257, 259, 260, 271, 272, 273, 288, 302, 313, 327-sonli maktablar hamda TFIDUM.
10. Yakkasaroy tumanidagi 25, 26, 48, 89, 100, 118, 127, 144, 160, 172, 321-sonli maktablar.
11. Yashnobod tumanidagi 30, 69, 151, 156, 161, 166, 170, 212, 216, 227, 230, 231, 244-sonli maktablar.
Toshkent shahridagi boshqa umumiy o‘rta ta’lim maktablari sanitar va tibbiy tayyorgarligi holatidan kelib chiqib, o‘z faoliyatini an’anaviy tarzda boshlagunga qadar onlayn tarzda, ya’ni “Onlayn-maktab” loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali dars mashg‘ulotlarini amalga oshiradi.
Fursatdan foydalanib, yana bir bor ota-onalardan mazkur jarayonga mas’uliyat bilan yondoshishlarini, an’anaviy shaklda faoliyatini boshlayotgan maktablar jamoasidan sanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilish, farzandlarimiz va yaqinlarimiz salomatligini saqlashlarini so‘rab qolamiz.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikrlar: 2
  1. Laylo

    Juda yaxshi yangiliklar iloji bõlsa telegramdagi yangiliklarni hammasini tashlang

  2. Laylo

    Rahmat kattakon yangiliklar uchun!!!

Izoh qo'shing

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: