«Toshkent shahar fidoyisi” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi

Toshkent shahar fidoyisi” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining o‘ttiz beshinchi sessiyasida Toshkent shahar hokimining «Toshkent shahar fidoyisi» ko‘krak nishonini ta’sis etish masalasi ko‘rib chiqildi.

Deputatlar e’tiboriga ko‘krak nishonining bir necha namunasi va Nizomi taqdim etildi va namunalar orasidan milliy xususiyatlarimiz va davlatchiligimiz tarixiga mos bo‘lgani tanlanib, bir ovozdan ma’qullandi.
Mazkur ko‘krak nishoni Mustaqilligimizning 30 yillik tantanasiga munosib tuhfa sifatida, har yili mustaqillik bayrami arafasida Toshkent shahrining ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, Toshkent shahridagi mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat qilayotgan fuqarolarni, keng jamoatchilik vakillarini taqdirlash maqsadida ta’sis etilmoqda.
Shuningdek, ko‘krak nishon bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkinligi ko‘zda tutilgan.


На 35-й сессии Ташкентского городского Совета народных депутатов рассмотрен вопрос об учреждении нагрудного знака хякима города Ташкента «Фидойиси Ташкент».

Депутатам были представлены несколько образцов знака и Устава, и из числа образцов были отобраны и единогласно утверждены в соответствии с историей нашей национальной особенности и государственности.
Этот нагрудный знак является достойным подарком к 30-летию нашей независимости, учрежден для награждения представителей общественности.
Также возможно вручение знака негражданам Республики Узбекистан.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: