Tomir tortishganda nima qilish kerak?

Tomir tortishganda nima qilish kerak?

Tomir tortishi biror kasallikdan darak beradimi? Bu holatning kelib chiqish sababi va oqibatlari qanday? SSV matbuot xizmati tibbiyot fanlari doktori, professor Yoqutxon Majidova bilan shu mavzuda suhbatlashdi.

— Tomir tortishi yana qanday kasalliklar alomati hisoblanadi?
— Oyoq tortishishi ba’zi surunkali kasalliklar belgisi ham bo‘lishi mumkin. Tibbiyot amaliyotida kuzatilishicha, ba’zi bir qon-tomir kasalliklari, umurtqa pog‘onasi bo‘g‘imlarida tuz yig‘ilganda, asab tizimi, tayanch-harakat muammolari va shunga o‘xshash xastaliklarda tomir tortishishi kuzatiladi.
E’tibor berish kerakki, barcha mushaklarning birdan qisqarishi nihoyatda xavfli holatdir. Bunda tanadagi barcha mushaklar bir vaqtning o‘zida tortishib, hushdan ketish holatini keltirib chiqaradi. O‘z vaqtida birinchi yordam ko‘rsatilmasa, oqibati fojiali yakun topishi ham mumkin.
— Sovuq kunlarda sog‘lom odamning ham tomir tortishi mumkin. Bunday hollarda nima qilish kerak?
— Salqin havoda oyoq tomirlari tortishsa, qalinroq paypoq kiying yoki oyoq uchun issiq vanna qabul qiling. Agar odam o‘tirganda, yurganda tomiri tortishib qolsa, bir qo‘l bilan oyoq panjasini yozib, boldir mushaklarini asta-sekin pastga tomon silash tavsiya etiladi.
Agar oyoq og‘rib, uvishib tomir tortishishi doim takrorlanaversa, qon tomirlar va asab kasalliklari shifokorlariga murojaat qilish lozim.
Kunning issiq paytlarida oyoq boldiriga va panjaga vaqti-vaqti bilan parafin, ozokerit, balchiq qo‘yish foyda beradi. Tunda oyoq va tovon mushaklari tortishmasligi uchun bir hafta davomida ovqatlanishdan oldin kuniga 3 mahal ikki choy qoshiqdan asal iste’mol qiling.
— Qanday davolash usullari mavjud?
— Ba’zilar oyoq tomirida spazm yuzaga kelayotganini oldindan his etadi. Siz ham ular safida bo‘lsangiz, og‘riq qo‘zg‘alayotganini sezgan zahotingiz oyoq mushaklarini bo‘shashtiring.
Shunda ham tomir tortishishi kelib chiqsa, o‘tirgan holatda oyoq uchini o‘zingizga qaratib, 2-3 daqiqa ushlab turing. Bezovtalik o‘tib ketmadimi? O‘rningizdan turingda, asta harakatlaning. Iloji bo‘lsa, oyoqyalang, pol ustida yuring.
Avvaliga terapevt-shifokor ko‘rigidan o‘tishingiz tavsiya etiladi. U shikoyatlaringizdan kelib chiqib, endokrinolog, kardiolog, nefrolog va nevrolog mutaxassislar ko‘rigini maslahat beradi.
Bezovtalik sababi somatik patologiyalar bilan bog‘liq bo‘lsa, to‘g‘ri tanlangan davo choralari tez fursatda muammodan forig‘ etadi. Mabodo tomir tortishishi jiddiy xastaliklar belgisi sifatida aniqlansa, tashxisdan kelib chiqqan holda muolaja qilinadi.


Приступ свидетельствует о заболевании? Каковы причины и последствия этого состояния? На эту тему пресс-служба ССВ побеседовала с доктором медицинских наук, профессором Якутхон Маджидовой.

— Какие еще заболевания являются симптомом инсульта?
— Судороги в ногах также могут быть признаком какого-то хронического заболевания. В медицинской практике замечено, что при некоторых сосудистых заболеваниях, когда соли накапливаются в суставах позвоночника, наблюдается сужение сосудов нервной системы, опорно-двигательного аппарата и тому подобные заболевания.
Важно отметить, что резкое сокращение всех мышц крайне опасно. Это заставляет все мышцы тела сокращаться одновременно, вызывая обморок. Неоказание своевременной первой помощи может иметь трагические последствия.
«Даже в холодный день у здорового человека может случиться инсульт». Что делать в таких случаях?
— Если в прохладную погоду щиплет лодыжки, наденьте более толстые носки или примите теплую ванну для ног. Если у человека растяжение связок во время сидения или ходьбы, рекомендуется одной рукой размять пальцы ног и плавно погладить икроножные мышцы вниз.
Если у вас периодически возникают судороги в ногах, вам следует обратиться к сосудистому или неврологу.
В жаркую погоду полезно время от времени наносить парафин, озокерит, грязь на стопы и пальцы ног. На ночь принимать по две чайные ложки меда 3 раза в день перед едой в течение недели для профилактики мышц ног и икр.
— Какие методы лечения доступны?
«У некоторых людей есть предчувствие спазма в венах», — сказал он. Если вы один из них, расслабьте мышцы ног, как только почувствуете боль.
Если у вас все еще есть спазм, задержите кончик стопы в сидячем положении на 2-3 минуты. Раздражение прошло? Когда вы встанете, двигайтесь медленно. Если есть возможность, ходите по полу.
Рекомендуется сначала обратиться к врачу. Он или она направит вас к эндокринологу, кардиологу, нефрологу и неврологу на основании ваших жалоб.
Если причина дискомфорта связана с соматическими патологиями, правильное лечение позволяет быстро избавиться от проблемы. Если инсульт выявляется как признак серьезного заболевания, его лечат на основании диагноза.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: