Tojikistonda bolalarning koronavirusga chalinayotganligi tasdiqlandi

Tojikistonda bolalarning koronavirusga chalinayotganligi tasdiqlandi
Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo'lish

Tojikistonda bolalar orasida koronavirus bilan kasallanish holatlari kuzatilmoqda, biroq o‘lim holati qayd etilmagan.

Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligidagi manba xabar berdi.
Manba tomonidan ma’lum qilinishicha, voyaga yetmaganlar orasida koronavirus bilan kasallanganlarning soni ko‘p emas. Biroq nashr manbasi ularning soniga aniqlik kiritmagan.
«Biz kasallikni bolalar orasida kamdan kam hollarda ro‘yxatdan o‘tkazyapmiz, o‘lim yo‘q. Bolalar bu kasallikni yengil o‘tkazadi. Kasal odamlar bilan aloqada bo‘lgan yoki alomatlari bo‘lgan bolalar tekshiruvdan o‘tkazilishi kerak. Koronavirus tekshiruvi bepul. Bundan tashqari, ushbu bolalarning ota-onalari bilan tushuntirish ishlarini olib boramiz», — deya ma’lum qilingan manbada.
Bundan tashqari, shifoxonalarda koronavirus alomatlari bilan kasallangan bolalar ko‘pligi haqidagi mish-mishlar rad etilgan.
Tojikistonda 25 sentyabr holatiga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 9562 kishiga etgan. Bir sutka ichida 42 ta yangi holat ro‘yxatga olingan, 45 kishi kasallikdan tuzalgan va tuzalganlarning umumiy soni 8341 kishini tashkil qilmoqda. Shu paytga qadar mamlakatda 74 kishi koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, Tojikiston ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili 17 avgustdan boshlangan.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Izoh qo'shing

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: