TikTok dasturi haqida. Nima uchun TikTok bunchalik mashhur?

TikTok dasturi haqida. Nima uchun TikTok bunchalik mashhur

TikTok — ommabop internet xizmati bo‘lib, asosan qisqa davomiylikdagi videolarga mo‘ljallangan bo‘lib, videolar davomiyligi 15-60 soniya atrofida bo‘ladi.

U pekinlik ByteDance kompaniyasiga tegishli bo‘lib, 2016-yilda ishga tushgan. Hozirda kompaniya egalari TikTokni 50 milliard AQSH dollariga baholashgan.
10-15 soniyalik ko‘ngilochar videolar(kulgili sketchlar, musiqa ostida raqsga tushishlar, trendlar, video-latifalar)ni osonlik bilan millionlab tomoshabinlar topishi mumkin. Bu o‘z navbatdida ushbu xizmatni mashhurligi sabablidir. Google Play’dan ushbu dasturni 1 milliarddan ko‘proq yuklab olishgan. Unga 29 milliondan ortiq fikr, izohlar bildirishgan. O‘rtacha bahosi 4.5 ga teng(25-dekabr, 2020-yil holatiga ko‘ra).
TikTok’dagi videolar davomiyligi qisqa bo‘lganligi uchun ular tezda jonga tegmaydi, shu sababli 15 soniyalik videolarni cheksiz ko‘rish mumkin, bir video tugab boshqasi(odatda umuman boshqa mavzudagi) video boshlanganini oddiy foydalanuvchi sezmay ham qoladi.

Nima uchun TikTok bunchalik mashhur?

Dastavval ushbu xizmatda qisqa videolarni tahrirlash imkoniyati mavjud edi, bunda unga musiqa ham qo‘shish va tahrirlangan videoni internetga joylash mumkin edi. Keyin TikTok musical.ly xizmatini sotib oladi(o‘ziga qo‘shib oladi) va o‘z bazasini kattalashtiradi, bundan tashqari yopilib ketgan Vine xizmatidan o‘ziga yangi foydalanuvchilarni jalb qiladi. Shu bilan bir vaqtda TikTok Instagram Stories’dan foydalanib kelgan Instagam foydalanuvchilarini jalb qilish orqali o‘z auditoriyasini kengaytiradi.

2018-yil oxiriga ko‘ra TikTok AQSH’da YouTube, Instagram, Facebook kabi gigantlarni orqada qoldirib, eng ko‘p yuklab olingan dastur bo‘ladi. Ko‘pchilik bu gigantlar bilan raqobat qilish aqlbovar ish deb bilishardi.
Muvaffaqiyat siri oddiy — insonlarga qisqa, hech qanday kirish qismisiz, biron musiqa yoki kulgili ovozli qisqa videolar kerak, videolar qisqa bo‘lganligi sababli, foydalanuvchilar zerikib qolishmaydi. Agar video yoqmasa oddiy harakat bilan, keyingi videoga o‘tish mumkin.
TikTokda kontent yaratish juda oson, yaxshi kamerali telefon va biron bir g‘oya bo‘lsa yetarli. Ba’zi hollarda g‘oya bo‘lishi ham shart emas.
Hech kimga sir emas, TikTok xizmati asosan o‘smirlar orasida keng foydalaniladi. To‘g‘ri, yoshi kattalar ham ushbu xizmatdan foydalanishadi, lekin ular soni sezilarli emas.

Dastur auditoriyasi oshib borganligi sababli, dastur bilan mashhurlar, reklama beruvchilar qiziqa boshlashdi va bu TikTokni yanada rivojlanishiga turtki bo‘ldi.

Nima uchun TikTokni ko‘pchilik yomon ko‘radi?

Ko‘plab insonlar TikTok insonning ongi rivojlanishiga halaqit beradi deb hisoblashadi, bu bejiz emas, TikTokdagi 99% videolarda hech qanday ma’no mavjud emas.
Hozirgi kunda yangiliklarda kun ora TikTok uchun video olaman deb, o‘zi bilmagan holda qonunbuzarga aylanib qolgan yoshlarni kuzatish mumkin.


TikTok — это популярный интернет-сервис, предназначенный в основном для коротких видео продолжительностью от 15 до 60 секунд.

Он принадлежит пекинской компании ByteDance и запущен в 2016 году. Владельцы компании сейчас оценивают TikTok в 50 миллиардов долларов.
10-15 секунд развлекательного видео (веселые зарисовки, танцы под музыку, тренды, видеоанекдоты) легко найдут миллионы зрителей. Это, в свою очередь, связано с популярностью этой услуги. Более 1 миллиарда человек скачали это приложение из Google Play. Он получил более 29 миллионов комментариев. Средняя цена 4,5 (на 25.12.2020).
Поскольку видеоролики в TikTok недолговечны, они не надоедают быстро, поэтому 15-секундные видеоролики можно просматривать бесконечно долго, оставляя обычного пользователя в неведении о том, что одно видео закончилось, а другое (обычно совсем на другую тему) закончилось. началось.

Почему TikTok так популярен?

Изначально в сервисе была возможность редактировать короткие видео, в том числе добавлять музыку и выкладывать отредактированное видео в интернет. Затем TikTok покупает (добавляет) сервис music.ly и расширяет свою базу данных, помимо привлечения новых пользователей из закрытого сервиса Vine. В то же время TikTok расширяет свою аудиторию, привлекая пользователей Instagram, которые используют Instagram Stories.

К концу 2018 года TikTok станет самым загружаемым приложением в США, оставив позади таких гигантов, как YouTube, Instagram и Facebook. Многие считали разумным конкурировать с этими гигантами.
Секрет успеха прост: людям нужны короткие видео без ввода, без музыки или забавного звука, а поскольку видео короткие, пользователям не надоедает. Если вам не нравится видео, вы можете перейти к следующему видео простым действием.
Создавать контент на TikTok очень просто, достаточно телефона с хорошей камерой и любой идеи. В некоторых случаях это даже не обязательно должна быть идея.
Не секрет, что сервис TikTok широко используется в основном среди подростков. Правда, этой услугой пользуются и пожилые люди, но их количество невелико.

По мере роста аудитории программы ею заинтересовались знаменитости и рекламодатели, что привело к дальнейшему развитию TikTok.

Почему многие ненавидят TikTok?

Многие считают, что TikTok мешает развитию человеческого сознания, и не зря, 99% роликов в TikTok не имеют никакого смысла.
Сейчас в новостях можно наблюдать за молодыми людьми, которые по незнанию становятся нарушителями закона, говоря, что время от времени они получат видео для TikTok.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: