Tezkor: Maktab o’qituvchilarining konspekt yuritishi bekor qilindi

Tezkor: Maktab o’qituvchilarining konspekt yuritishi bekor qilindi

Endi o’qituvchilar dars ishlanma va yillik taqvim reja yozmaydi.

“Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo’yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to’g’risidagi yo’riqnomaga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish haqida”gi qaror Adliya vazirligida davlat ro’yxatidan o’tkazildi (3058-I-son, 29.06.2020 y.)
Bu haqda – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig’ining maslahatchisi Feruza Madraximova ma’lum qildi.
“Qarorga muvofiq, umumta’lim maktablari o’qituvchilari tomonidan yillik taqvim-mavzuiy reja hamda kundalik dars ishlanmalari (konspekt)ni yuritish bekor qilindi.

Maktab o’qituvchilari tomonidan sinf jurnali elektron tizim orqali ham yuritilishi mumkinligi belgilandi”, – deyiladi xabarda.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: