«Teshiktosh»da haqiqatan hindular yashaganmi?

Teshiktoshda haqiqatan hindular yashaganmi

Bu sirli maskan Samarqandning Urgut tumanidagi Qoratepa qishlog‘i, Zarafshon va Turkiston tog‘lari oralig‘iga yaqin nuqtada joylashgan.

Bu go‘shadagi ulkan, g‘aroyib teshiktosh odamlarni qadimdan o‘ziga maftun etadi. Eroziya va shamollar ta’sirida toshdan go‘zal va maftunkor san’at asari bunyod bo‘lgan. Shu bois odamlar mazkur daradagi toshni «Teshiktosh», deb ataydi.
Agar toshga diqqat bilan razm solsangiz, ikki dinozavrning boshi to‘qnashgan holatini ko‘rganday bo‘lasiz. Ana shuning o‘zi ona-tabiatning beqiyos mo‘’jizalarga boyligidan dalolat. Bu esa, jahon kino ustalarini Qoratepaga jalb etmasdan qolmadi. Gap shundaki, 1973 yilda Germaniyaning DEFA kinostudiyasi tomonidan suratga olingan va bosh rolni mashhur kinoaktyor Goyko Mitich ijro etgan «Apachilar» filmining bir qismi  Qoratepada, ya’ni «Teshiktosh» joylashgan hududda tasvirga olingan. Bu film mana, necha yildirki, tomoshabinlar qalbidan munosib joy olgan. Ayniqsa, kinoda teshiktosh atrofida hindular bilan kechgan voqealar juda ishonarli chiqqan.
Aytishlaricha, film rejissyori suratga olish uchun qulay joy topa olmay, ancha vaqt ovora bo‘lgan. Ittifoqo, unga u izlayotgan joy Urgut tumaning Qoratepa qishlog‘ida borligini aytishgan. Ulkan tosh ham, unga yaqin hudud ham rejissyorga ma’qul tushadi va darhol ishga kirishadi. Natijada biz sevib tomosha qiladigan «Apachilar» filmi dunyo yuzini ko‘rdi. Hindular hayotidan hikoya qiluvchi mazkur kinoasarda dunyo tan olgan aktyorlar bilan birga, shu yerlik aholi vakillari ham ishtirok etgan ekan. Bu esa mazkur filmning haqqoniy chiqishiga xizmat qilgan.
Chindan ham, Qoratepadagi go‘zal tabiat manzaralariga boqib, ko‘nglingiz yorishadi. Zarafshon vohasining Buyuk Ipak yo‘li o‘tadigan hududidagi noyob va mahobatli toshlar, antiqa g‘aroyib manzaralar har qanday insonning fikru xayolini shoshiradi. Bugun tepalikdagi bir necha asrlik teshiktoshni, qoya ustida qotib qolgan haybatli toshbaqani eslatuvchi manzaralarni ko‘rgani ming-minglab sayyohlar kelib turibdi. Ular orasida xorijliklarni ham uchratish mumkin. Bu qiziquvchilar sonining tobora ortib borayotganidan dalolat.
Antiqa teshiktosh joylashgan Qoratepa qishlog‘iga bolaligimda rahmatli Rabbim bobom bilan borganman. Keyin ham bu maskanga uch-to‘rt bor yo‘lim tushdi. Hamrohlarim bilan ulkan tabiat mo‘’jizasini soatlab tomosha qildik. Rosti, teshiktosh har qanday insonning hayratini oshiradi. Beixtiyor, buyuk rassom — tabiatning go‘zal, takrorlanmas asariga qoyil qolmay iloj yo‘q.
Olimlarning e’tirof etishicha, bu singari toshlarni jahonning sanoqligina davlatlarida uchratish mumkin ekan. Toshning noyobligi shundaki, u o‘zining tuzilishi, hajmi, og‘irligi hamda antiqaligi bilan ajralib turadi. Ana shu jihatlarning o‘ziyoq yurtimiz, qolaversa, Zarafshon vohasining insoniyatni hayratga soladigan antiqa topilmalarga boyligidan dalolat beradi.
Aytgancha, Zarafshon tog‘ tizmasining shimoliy qismidagi Qoratepa qishlog‘i yaqinida uchraydigan granitdan hosil bo‘lgan va turli ko‘rinishga ega katta xarsangtoshlarning ba’zilari inson yuragini eslatib yuborishi sabab, ularga shu yerlik aholi «toshyurak», deb ham nom berishgan.
Ulug‘bek AKTAMOV

Manba: Od-press.uz


Это загадочное место находится недалеко от села Коратепа в Ургутском районе Самарканда, между горами Зарафшана и Туркестана.

Давно завораживали людей огромные, странные дыры в углу. Под влиянием эрозии и ветров из камня было создано красивое и очаровательное произведение искусства. Именно поэтому люди называют камень в этом ущелье «Тешикташ».
Если внимательно присмотреться к скале, то можно увидеть столкнувшиеся головы двух динозавров. Это свидетельство несравненного богатства матушки-природы. Это не осталось незамеченным мэтрами мирового кинематографа Коратепа. Дело в том, что часть фильма «Апачи», снятого в 1973 году немецкой киностудией DEFA с участием известного киноактера Гойко Митича, снималась в Коратепе, в районе «Тешикташ». Этот фильм уже много лет остается в сердцах зрителей. Тем более в фильме события с индейцами вокруг норы получились очень убедительными.
Говорят, что режиссер долго пытался найти подходящее место для съемок. В профсоюзе ему сказали, что место, которое он ищет, находится в селе Коратепа Ургутского района. И гигантская скала, и окружающая местность нравятся режиссеру, и он тут же приступает к работе. В результате на экраны вышел фильм «Апачи», который мы любим смотреть. В фильме, рассказывающем историю жизни индусов, участвуют как всемирно известные актеры, так и местные жители. Это помогло сделать фильм реальностью.
Действительно, вы будете поражены красивыми пейзажами Коратепа. Уникальные и величественные камни Великого шелкового пути в Зеравшанском оазисе, неповторимые и удивительные пейзажи пленяют воображение любого человека. Сегодня тысячи туристов приезжают посмотреть на многовековую гальку на холме, напоминающую величественную черепаху, застывшую на скале. Среди них есть иностранцы. Это говорит о том, что количество желающих растет.
В детстве я ездил в старинную деревню Коратепа со своим благодарным дедушкой. Потом я ездил в это место три или четыре раза. Мы с товарищами часами наблюдали за чудесами природы. На самом деле перфорированный камень поразит любого человека. Неизбежно, великий художник — это прекрасное, неповторимое произведение природы.
Ученые говорят, что такие камни можно найти всего в нескольких странах мира. Уникальность камня в том, что он отличается своей структурой, размером, весом и древностью. Эти аспекты свидетельствуют о богатстве нашей страны, как и Зеравшанского оазиса, который полон удивительных находок.
Кстати,Некоторые крупные гранитные скалы различной формы, найденные у села Коратепа в северной части Зеравшанского хребта, местные жители также называют «камнями», потому что они напоминают человеческое сердце.
Улугбек АКТАМОВ

Источник: Od-press.uz

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: