Telegram, Unigram, Telelight; Bir-biridan farqlanishi, asosiy tushunchalar

Telegram, Unigram, Telelight; Bir-biridan farqlanishi, asosiy tushunchalar

Hozirgi kunda har to‘rt-besh yilning o‘z messenjeri, o‘z ijtimoiy tarmog‘i bo‘lishi barchaga ma’lum bo‘lib qoldi.

Bir paytlar «Odnoklassniki» barcha foydalanadigan ijtimoiy tarmoqqa aylangan bo‘lsa, keyin chiqqan «WhatsApp», «Viber» kabi messenjerlar uning o‘rnini egallab, odamlarning qiziqishini o‘ziga qaratgan edi.
Ukrainalik Pavel Durov tomonidan asos solingan «Telegram» messenjeri ilk bora 2013-yilda internet maydonida paydo bo‘ldi-yu, ko‘plab foydalanuvchilarni o‘ziga qaratdi. Interfeysining soddaligi, birinchi ishlatishdayoq odamlarga murakkablik tug‘dirmasligi, yozishmalarni turli ko‘rinishlarda, Guruhlarda, shaxsiy chatlarda, kanallarda olib borilishi, imkoniyatlarining juda kengligi bilan Telegram qolgan messenjerlarni surib chiqarib yubordi deyish mumkin. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bugunga kelib dastur foydalanuvchilari 250000000 nafardan oshgan. YUrtimizda ham asosiy messenjer deb telegram rasmiy tarzda tan olingan desak bo‘ladi. Bunga sabablar bor albatta. Juda ko‘plab rasmiy tashkilotlarning, saytlarning, hatto radio-televidiniyalarning ham o‘z kanallarini shu messenjer ostida tashkil etganlari gapimiz isboti.
Siz azizlar bilan bo‘ladigan bugungi uchrashuvimizni shu dasturdan ko‘zi ojizlarning qay darajada foydalana olishlarini, messenjerda biz kabi foydalanuvchilarga qanday imkoniyatlar borligini va ishlatish bo‘yicha asosiy tushunchalarni nasib etsa o‘rganamiz, o‘rtoqlashamiz. Bu messenjerdan foydalanish ko‘zi ojizlarning orzusiga aylangan edi desam xato bo‘lmas. Chunki barcha ishlar, yozishmalar telegramda olib borilishi, bizni ham bu dasturga qiziqtirib qo‘ygan edi. Ammo afsuski, dastur androidda bo‘lsin, iOs tizimida bo‘lsin gapiruvchi dasturlarimiz uni o‘qiy olmas edi. Chunki telegram ishlanganda ko‘zi ojizlarning bu dasturdan foydalanishi ko‘zda tutilmagan va barcha punktlari kichik-kichik rasmlar bilan belgilab, faqat ko‘rish imkoni bor insonlar uchungina tushunarli qilib qo‘yilgan edi. Gapiruvchi dasturlarimiz esa, bunday rasmchalar oldida ojiz qolishi barchamizga ma’lum. Biroq bunday murakkablikning mavjudligi qiziqishga, orzularga chek qo‘ya olmadi. Inson neniki qattiq istasa, shunga erishadi degan gap bor. Bu maqolamizni o‘qiyotgan o‘quvchi nahotki bir messenjerni ishlatishni shuncha kutib, orzu qilishganmi deyishi, bu yozilganlarni o‘qish unga erish tuyilishi ham mumkin. Ammo bu bor gap.
Vanihoyat bu dasturdan ko‘zi ojiz insonlar ham foydalana oladigan yo‘llar vujudga keldi. Men bu yo‘llarni alohida-alohida rivojlanish bosqichlariga ko‘ra bayon etmoqni maqsadga muvofiq deb bildim. O‘ylaymanki bu siz aziz o‘quvchilarga ham manzur bo‘ladi.

web.telegram.org

web.telegram — bu shu messenjerning rasmiy sayti bo‘lib, asosan tashkilotlarda, katta-katta ofislarda odamlar bir-biri bilan bog‘lanib, yozishmalar olib borilishiga mo‘ljallangan. O‘quvchida tabiiy savol tug‘iladi, nega, axir tashkilot yo ofis ishchilarining telefonlari bor-ku, ular orqali messenjerni ishlata olishlari mumkin emasmi? O‘rinli savol. Biroq shuni ham aytib o‘tish kerakki, ba’zi tashkilotlarda, advakaturalar, yana xavfsizligi taminlangan ofislarda, telefonlardan foydalanish taqiqlab qo‘yilgan. Shunday joylarda ishlovchi ishchilarga, faqat ishjoy kompyuterlaridan telegramning veb sahifasi orqali ishlatishga ruhsat beriladi. Buni qarangki, mana shu veb sayt, ilk bora ko‘zi ojizlarning ham telegramdan foydalana boshlashiga sabab bo‘ldi. Bu imkoniyat 2016-yilda paydo bo‘lgan va hozirgacha ba’zi foydalanuvchilarimiz shu imkoniyatdan foydalanib kelishadi. Xo‘sh, veb saytdan qanday qilib foydalansa bo‘ladi?
Deylik siz telegramda o‘z do‘stlaringiz bilan suhbatlashishni, ma’lumotlar almashishni istaysiz va bu ishlarni o‘sha dasturning rasmiy veb sayti orqali amalga oshirmoqchisiz. 2016-yillarda buning uchun avval ko‘rish imkoni bor insonning yordami kerak bo‘lardi, hozir shart emas. Lekin men buni batavsil yozib chiqishim kerak. Demak veb saytdan foydalanish uchun avval foydalanuvchining telegram akkaunti yaratilgan bo‘lishi talab qilinadi. Avval Telegram dasturini Android yo iOs tizimida telefonga o‘rnatib, unda ko‘rish imkoni bor inson yordamida o‘z akkauntingizni yaratishingiz kerak bo‘lardi. Akkaunt yaratilgandan keyingina saytga kirish imkoni paydo bo‘ladi. Tassavur qilamizki sizda telegram akkaunt bor, u o‘z telefon raqamingizga ochilgan. Endi siz saytga kirib, yozishmalar olib bormoqchisiz. Bu ishda sizga kompyuteringizdagi gapiruvchi dasturingiz ko‘makchi bo‘ladi. Istalgan brauzerda sayt nomi yozilishi kerak bo‘lgan maydonchaga web.telegram.org deb yoziladi va saytga kiriladi. Saytga kirishingiz bilanoq kursor raqam teriladigan maydonchaga tushib qoladi. Bu maydonchada davlat kodi, ya’ni +998 avtomatik tarzda yozilgan bo‘ladi. Tab tugmasi bosilib o‘z raqamingizni terishingiz kerak bo‘lgan maydonchaga o‘tib olasiz. Telegram akkauntingiz qaysi raqamga ochilgan bo‘lsa, shu raqamni terish kerak bo‘ladi. Masalan: mana bunday. 97xxxxxxx. Undan so‘ng enter bosib kutib turiladi. Bu vaqtda foydalanuvchi telefoni o‘z oldida bo‘lishi kerak bo‘ladi, uning telefoniga o‘rnatilgan telegramga maxsus kod jo‘natiladi. O‘ziga yordam berib turgan inson yordami bilan kod bilib olingach, saytga o‘sha kod kiritiladi va yana enter tugmasi bilan tasdiqlanadi. Shundan keyin foydalanuvchini tabriklash mumkin, endi u hech qanday yordamsiz o‘zi telegramdan foydalana olishi mumkin. Ammo bu doim kompyuterni talab qiladi, chunki saytga faqat kompyuterdan kirgandagina to‘liq foydalanib bo‘ladi. Saytda harakatlanish paytida faqat tepa-past strelkalar yordamida yurishni tavsiya etaman. Sahifa to‘liq inglis tilida, shunga qaramay qiziqqan odam uchun bu muammo tug‘dirganiga guvoh bo‘lmadim. Agar siz hech kim bilan yozishmagan bo‘lsangiz, strelkalar yordamida «Zokryta podmenyu» punktini topib enter tugmasini bosasiz va bu menyu ochiladi. YAna strelkalar yordamida Contacts bo‘limi topiladi. Bu bo‘limda sizning kontaktlaringiz ichida kim telegram dasturidan foydalansa, o‘sha insonlarning akkauntlari sizga havola qilinadi. Contacts bo‘limiga kirilgach, qidiruv maydonchasida paydo bo‘lib qolasiz. Bu maydonchani eskeyp tugmasi bilan yopib, strelkalarni pastga bosib, o‘z kontaktlaringizni ko‘rishingiz mumkin. Agar shulardan birortasiga yozmoqchi bo‘lsangiz, kontakt ichiga kiriladi va siz yozuv maydonchasiga tushib qolasiz. yozib bo‘lgach enter orqali uni jo‘natasiz va maydonchani eskeyp tugmasi bilan yopib, strelkani tepaga bosish orqali o‘z yozganingizni ham, sizga yozganlarini ham ko‘ra olasiz. yozuv maydonchasi ostida doim Obzor tugmasi bo‘ladi. Aynan shu orqali siz o‘z do‘stingizga istalgan ma’lumotingizni jo‘natishingiz mumkin. Men bularning barini tushuntirib o‘tirmoqchi emasman, maqsadim foydalanuvchilarda qiziqish uyg‘otish. Saytda harakatlanish murakkab emas, ozgina hafsala va xoxish bo‘lsa, yetarli. Endilikda bundan osson yo‘llari mavjud bo‘lsa-da, hali ham veb saytdan foydalanib kelayotgan foydalanuvchilar bor. Siz ham sinab ko‘rishingiz mumkin.

Telelight yoxud braylcha kitob

Kompyuterda telegramning veb sayti mavjudligi ko‘zi ojizlarning imkoniyatlarini bir muncha oshirgan bo‘lsa-da, bu android va iOs tizimidan foydalanuvchi insonlarning chanqog‘ini qondira olmadi. Veb sahifadan faqat kompyuter foydalanuvchilarigina foydalanishar, telefondagilar uchun hali ham telegram eshiklari yopiq edi. Bu darvozani eronlik dasturchilar ochib berishdi. 2017-yili Eron davlatining bir gurux dasturchilari telegramning ko‘zi ojizlarga moslangan «Telelight» «talaffuzi Telelayt» dasturini ishlab chiqishdi. Bu dastur android tizimida ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, telegramning aniq ko‘chirilgan, faqat ko‘zi ojizlar foydalana oladigan qilib ishlangan varianti edi. Buni tushunib olish uchun bir misol. Tasavvur qilingki, butun dunyo sevib o‘qiyotgan bir kitob bor. Ammo uning na audio, na brayl nusxalari mavjud. Uzoq kutilgan vaqtdan so‘ng eronliklar ana shu kitobning brayl nusxasini chop etishdi va ko‘zi ojizlarning ham foydalanish imkoniyatini oshirishdi. Dastur norasmiy bo‘lganligi uchun uni androiddagi pley market do‘konidan topib bo‘lmaydi. Uni faqat eronlik dasturchilarning telelight.ir saytidan ko‘chirish mumkin. Ammo u yerdan ko‘chirilgan telelayt pulli bo‘lib, narxi 3.5 yevroni tashkil etardi. Uni sotib olgan foydalanuvchigina dasturdan to‘liqligicha foydalanishi mumkin. Bo‘lmasa ko‘p imkoniyatlari chegaralab qo‘yiladi. Lekin men bu maqolamda garchi o‘zim usha pulli variantidan foydalansam-da, oktivasiyasi sindirilgan kompyuterchilar tili bilan aytganda Vzlom qilingan varianti to‘g‘risida gapirmoqchiman. Savol tug‘iladi, pulli va vzlom o‘rtasida farq bormi? Bor albatta. Agar pulli variantini ishlatsangiz, va u yangilansa, sezilarli imkoniyatlar qo‘shilsa, siz ulardan ham foydalana olasiz. Sindirilgan variantini ishlatsangiz, keyinchalik dastur yangilansa, siz o‘sha yangi versiyaning ham sindirilishini kutasiz. Ammo bir yildirki sezilarli imkoniyatlar qo‘shilgani yo‘q. Shuning uchun ko‘plab foydalanuvchilar sindirilgan telelayt ishlatishyapti va shikoyatlar bo‘layotganini hali xanuz eshitganim yo‘q. YAna ba’zi mayda farqlar borki, u tilga olinadigan darajada emasligi uchun yozib qimmatli vaqtingizni olishni istamadim. Bu bepul telelaytni hozir ko‘plab ko‘zi ojiz android foydalanuvchilaridan surishtirib topishingiz, juda bo‘lmasa telegramda mirali giyosov deb qidiruv berib kamina orqali olishingiz mumkin. Men bajonidil uni sizlarga jo‘natib yuboraman.
Dasturni o‘rnatish murakkab emas. Barcha dasturlar androidga qanday o‘rnatilsa, bu ham xuddi shunday o‘rnatiladi. U ilk bora ishga tushirilganda ba’zi telefonlarda «разрешения» ya’ni ruhsat so‘raydi. Telelayt nimagaki ruhsat so‘rasa, ikkilanmasdan doim «Razreshit» tugmasini bosish kerak. Internet yoniq holda dasturga ilk bora kirilganda «Продолжить на русском» tugmasi bosiladi. Keyin telefon raqamini kiritish talab etiladi. Doimgiday davlat kodi avtomatik tarzda aniqlanib, yozilgan, siz esa, telefon raqam kiritiladigan maydonchani topib kodni davom ettirib, o‘z raqamingizni kiritasiz va «Готово» tugmasini bosasiz. Agar sizda telegram akkaunt avval ochilgan bo‘lsa, siz o‘sha akkauntingizga kelgan kodni terib tasdiqlashingiz, keyin dasturdan foydalanishingiz mumkin. Agar sizda hali akkaunt bo‘lmasa, raqamni tasdiqlaganingizdan keyin shu raqamingizga telegram robati tomonidan telefon qilinadi, va raqam sizniki ekani tasdiqlanib, sizning akkauntingiz yaratiladi.
Mana, akkaunt ham yaratib oldik. Yuqorida telegramda turli ko‘rinishda yozishmalar olib borilishini aytgandim. Ularning ilk ko‘rinishi chatlar. Bunda ikki suhbatdoshning yozishmalari faqatgina o‘zlarigagina ko‘rinadi. Akkauntimiz yaratilgandan so‘ng dasturga kirib, «Написать сообщение» tugmasini topib bosamiz va bizga o‘z telefonimizga saqlagan, telegramdan foydalanuvchi yaqinlarimiz nomlari, ularning kontaktlari ko‘rsatiladi. Istalgan biror kontaktni topib, ichiga kiriladi va «Введите текст, Окно редактирования» maydoni topilib, u yerga yoziladi. «Отправить» tugmasi orqali junatiladi. Ekran bo‘ylab barmog‘ingizni o‘ngdan chapga, yoki chapdan o‘ngga harakatlantirib, o‘zingiz yozgan va sizga yozilgan har qanday matnni ko‘rishingiz mumkin. Bundan tashqari, chatda suhbatdoshingizga telegram orqali qo‘ng‘iroq ham qila olasiz. Buning uchun barmoq ekran teparog‘iga qo‘yilib, suhbatdosh ismi yozilgan joy topiladi va u yerga kiriladi. Keyin «Pozvonit» tugmasi bosilib kutib turish yetarli. Jo‘natilgan har turli ma’lumotlarni chat ichida topib, ustiga ikki marotaba bosib ushlab turiladi va aynan o‘sha ma’lumot uchungina tegishli bo‘lgan punktlar ekran yuziga chiqadi. Ular haqida to‘xtalib o‘tirmaymiz, u yerda удалить punkti borligi, o‘sha yerga bosib tasdiqlash orqali qabul qilingan hamda jo‘natilgan ma’lumotlarni o‘chirish mumkinligini aytib qo‘yish kifoya.
Yozishmalarning yana bir ko‘rinishi bu guruhlardagi yozishmalar. Telegramda siz yo o‘zingiz guruh tashkil qilishingiz, yoki tashkil etilgan guruhlarga taklif qilinishingiz mumkin. U yerda ham yozishmalar yuqorida aytilganiday bajariladi. Faqat uning chatdan farqi shundaki, bir odam yozganini butun guruh o‘qishi, ko‘rishi, eshitishi mumkin. Ha, telegramda ovozli hamda video xabarlar ham jo‘natish mumkin. Buning uchun guruh yo chatda turganda «Запись аудио. Двойной тап для видео» tugmasiga bosib turiladi. Tugma qo‘yib yuborilmagan holda gapirib, keyin qo‘yib yuborilsa xabar jo‘natiladi.
Fayl jo‘natish uchun esa, «Прикрепить» tugmasi bosiladi va kerakli ma’lumot tanlanib «Отправить» tugmasi bosiladi. Biror katta hajmli ma’lumot jo‘natayotganingizda yo qabul qilayotganingizda uning necha foiz bo‘lganini bilib tura olasiz. Bu ko‘zi ojizlar uchun juda muhim hisoblanadi.
Bundan tashqari kanallar ham borki, bu telegramning asosiy yutuqlaridan biri. Siz o‘zingiz kanal yaratishingiz, yo yaratilgan kanalga qo‘shilishingiz mumkin. Kanalda barcha amallar faqat bir tomonlama bo‘ladi. YA’ni agar siz biror kanalga qo‘shilgan bo‘lsangiz, faqatgina shu kanaldan kelgan ma’lumotlarni o‘qiy olasiz, u kanalga biror nima jo‘nata olmaysiz. yo aksincha, siz yaratgan kanalingizga o‘zingizning yaqinlaringizni qo‘shasiz, bu holatda ular ham faqat siz joylagan ma’lumotlarnigina ko‘ra olishadi. O‘zlari kanalga hech nima jo‘nata olishmaydi. Telegramda kanallarni qidiruv berish orqali topish mumkin. Masalan qidiruv maydoniga kitob deb yozsangiz, kitob bilan bog‘liq kanallar paydo bo‘ladi. Ulardan biriga kirib, «присоединиться» tugmasini bosib ulanishingiz mumkin.
Telelaytga kirganda kursor boshida «главный меню» tugmasi ustida bo‘ladi. Unga bosib, barmoqni ekranning teparog‘iga qo‘yilsa, turli bo‘limlarga duch kelinadi. Chapga o‘ngga harakatlanib o‘sha bo‘limlarni ko‘rib chiqish mumkin. U yerda Guruh yaratish, Kanal yaratish, sozlamalar, kontaktlar kabilar mavjud. Har biriga to‘xtalib o‘tirmaymiz. Ularni o‘zingiz ko‘rib chiqishingiz mumkin. Bo‘limlar shunchalik sodda tuzilganki, biror qiyinchilikka duch kelinmaydi. Dastur to‘liq rus tilida.
Qolgan messenjerlarda yo‘q bo‘lgan yana bir xususiyat, bu telegramda botlarning borligi. Bu tushuncha foydalanuvchilarimizga bir muncha tushunarsiz bo‘lishi mumkin. Botlarni ma’lum bir amallarni bajaruvchi virtual robatlar desak bo‘ladi. Masalan, telegramda qo‘shiq eshitishga, uni yoqqan musiqangizni ko‘chirishga mo‘ljallangan «vk music» nomli bot mavjud. Messenjer ichida shu nom bilan qidiruv berilsa, bot topiladi. Uning ichiga kirib, start tugmasi bosiladi va bot ishga tushadi. Ana undan so‘ng botga o‘zingizga yoqqan xonanda yoki musiqa nomini yozasiz va bot sizga topilgan natijalarni jo‘natadi. Topilganlardan istalganini ustiga bosilsa, u sizga jo‘natiladi. Bot u musiqalarni qaerdan topib beradi degan savol paydo bo‘lishi mumkin. Vk nomli ijtimoiy tarmoq bo‘lib, unda juda katta miqdordagi audio va video kontent mavjud. Bot ana shu ijtimoiy tarmoqning bazasiga ulangan. Biz unga yozganimizni u o‘sha bazadan izlab bizga natijalarni jo‘natadi.
Qolgan imkoniyatlarni ko‘rib chiqishni o‘zingizga qoldirib, mavzuimizda davom etsak. Chunki unga doir bir qator o‘zgarishlar borki, ular aytilishi lozim.

Tuzatilgan xato

Telelayt dasturi ko‘zi ojizlar o‘rtasida muhokama qilinib, o‘rganib chiqilayotganda, iPhone foydalanuvchilari o‘zlariga qanday yo‘l borligi haqida o‘ylay boshlashdi. Chunki telelayt faqat android tizimida ishlagani uchun iOs tizimiga kiruvchi qurilmalarda hali ham telegramdan foydalanish imkoni yo‘q edi. Bilasizmi, men hatto shu telelaytni ishlatish uchun o‘z telefonimni sotib androidga o‘tgan foydalanuvchilarga ham guvoh bo‘ldim. Bu vaziyat 2019-yilgacha davom etdi. Telegramning o‘z rasmiy dasturi ko‘zi ojizlarga mo‘ljallanmaganini aytib o‘tgandik. Dastur yaratuvchisi Pavel Durov YAnvar oyida endi uni gapiruvchi dasturlar ham o‘qiy olishini, android va iOs tizimida ham bemalol ishlatish mumkinligini e’lon qildi. Bunga ko‘ra endi foydalanuvchi telegramda ishlovchi qolgan dasturlarni unutib, uning rasmiy variantini ishlata olardi. Bunday imkoniyatning borligi quvonarli albatta. Telelayt o‘rnatmagan, yo uni topa olmagan odam birinchi marta pley market yo App Store do‘konlaridan ko‘chirib ishlatib ko‘rishi mumkin.
Shu bilan iPhone foydalanuvchilarining muammolari bartaraf etildi. Ammo androidda ishlovchilarda bu imkon ikki marotaba oshgani uchun telelayt qulayroqmi, telegramning o‘z dasturimi degan savol tug‘iladi. Juda o‘rinli savol. Telelayt ko‘zi ojizlar uchun maxsus ishlangan telegramning ko‘chirmasi. Messenjerning rasmiy dasturi esa gapiruvchi dasturlar o‘qishiga moslashtirilgan. Bu so‘zlarda farq bormi, demak dasturda ham farqlar mavjud. Men maqolani tayyorlash jarayonida telegramning rasmiy dasturini o‘rnatib ham ko‘rdim. Uni bir muncha vaqt ishlatdim va telelaytni ishlatishda davom etaman degan qarorga keldim. To‘g‘ri, gapiruvchi dasturlarimiz uni to‘liq o‘qiyapti. Ammo baribir ozgina qotish, harakatlanishda biroz qiyinchiliklar bor. Menga maqqul bo‘lmagani dasturda jo‘natayotgan yo qabul qilayotgan ma’lumotingizning borayotgani yo ko‘chayotganini bildiruvchi foizlar ko‘rsatilmaydi. Telelaytda esa bu bor. Agar siz juda ko‘p insonlar bilan suhbatda bo‘lsangiz, bundan tashqari guruhlaringiz, kanallaringiz, botlaringiz bo‘lsa, keraklisini qidirib topish juda qiyin bo‘lib qoladi. Telelaytda esa bu muammo bartaraf qilingan. U yerda o‘zingizga faqat chatlar, yo faqat guruhlar, kanallar, botlarni alohida ko‘rinadigan qilib qo‘yishingiz mumkin. Rasmiy dasturda bu imkoniyatning yo‘qligi ancha qiyinchilik tug‘diradi.
Telegramda agar biror faylni ko‘chirsangiz, uni faqat telegram orqali eshitishingiz kerak. Dastur qachondir o‘chib ketganda ham, u fayl o‘zingizda qolishi uchun saqlab qo‘yish talab etiladi. Men hali telegramda saqlab qo‘yish tugmasini topa olmadim. Ammo bu telelaytda juda osson. Yuqorida aytganimizday ma’lumot ustiga bosib turilsa, o‘sha ma’lumot uchun amallar ro‘yxati namoyon bo‘ladi. O‘sha yerda «Сохранить в загрузки» punkti orqali bu muammo bartaraf etiladi. Qolgan mayda farqlarini topishni o‘zingizga qoldiraman.
Men do‘stlarimizga hozirgi qulayliklardan, imkoniyatlardan kelib chiqib telelaytni tavsiya etgan bo‘lardim. Biroq bu qolganlarini ishlatib ko‘rmasa ham bo‘ladi degani emas. Qanday imkon bo‘lsa, undan albatta foydalanib ko‘ring va doim o‘zingizga yoqqanini tanlang.

Unigram

Telegramning kompyuter uchun ham mo‘ljallangan rasmiy dasturi bo‘lib u «Telegram Desktop» deb nomlanadi. Baxtga qarshi u dastur ham biz uchun ha, skrinriderlarimiz uchun ham mo‘ljallanmagan. Shuning uchun ham kompyuter foydalanuvchilari veb versiyadan foydalanib kelishardi. Ammo 2019 yili o‘zi bilan bu muammoga chek qo‘ydi. Windows 10 tizimida dasturlarni internet orqali ko‘chirib o‘rnatish uchun tashkil qilingan «Microsoft Store» do‘koni mavjud. Ana shu do‘konda Unigram deb qidiruv berilsa, dastur topiladi. Topilgan dastur ustiga bosib, «Ustanavit» tugmasi bosiladi va u sizning kompyuteringizda. To‘g‘ri, «Microsoft Store»dan nimadir o‘rnatish bir oz tajriba, ko‘nikma talab qiladi. Ammo Unigram juda sodda tuzilganligidan bu foydalanuvchilarga qiyinchilik tug‘dirmasligi aniq.
Windows 10 dan foydalanib kelayotgan foydalanuvchilar Unigram paydo bo‘lishi bilan veb nomli eski do‘stlaridan darrov vos kechib yubordilar. Windows XP, 7, 8, 8.1 versiyalaridan foydalanib kelayotganlar uchun Unigram mavjud emas. U faqat Windows 10 uchun mo‘ljallangan. Shu sababdan ham ular hanuz veb sahifa orqali messenjerdan foydalanishga majbur bo‘lishyapti. YUnigramda harakatlanish asosan tab, strelkalar orqali amalga oshiriladi. Avval u dasturda ham telefon raqami terib, uni tasdiqlab olish kerak. Shundan keyin o‘z yozishmalaringiz kompyuterda ham ko‘rinadi. Brauzerda saytga kirib, faqat strelkalar bilan harakatlangandan ko‘ra, YUnigram bu jarayonni o‘n baravar tezlashtirib beradi. Dastur rus tilida. Unda telegram uchun qanday imkoniyatlar bo‘lsa, barini bajarish, hatto chatlar, kanallar, guruhlarni alohida ko‘rish, foizlarini bilish kabilar ham mavjud. Qisqacha qilib aytganda dasturning yaratilishi ko‘zi ojiz foydalanuvchilarining kompyuterda telegram messenjerini ishlatishlarini to‘liq taminlay oldi.
Mana, men o‘z bilganlarimni, amalda sinab ko‘rganlarimni sizlar bilan imkon qadar o‘rtoqlashdim. Sizlarda messenjer va uning rasmiy norasmiy dasturlari bo‘yicha oz bo‘lsada tasavvur uyg‘ota olgan bo‘lsam shuning o‘zi kifoya. Maqola dasturni ishlatib ko‘rmagan insonga yordam berishini umid qilib qolaman. Agar ushbuni o‘qib keyin telegramdan foydalana boshlasangiz va savollar tug‘ilib qolsa, kaminani albatta mirali giyosov nomi bilan dasturga qidiruv berish orqali toping. U savollarga qo‘limdan kelgancha javob beraman. Suhbatimiz so‘ngida sizlarga bir nechta foydali kanallar ro‘yxatini ham taqdim etish fikri uyg‘ondi. Marhamat:

@abookuz — Bu aynan kitobxon foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan kanal bo‘lib, unda har kuni kitoblar, radiospektakllar, hikoyalar, hajviyalar ketma-ketlikda joylab boriladi.
Kun.uz — bu kun.uz saytining rasmiy kanali hisoblanadi. Unga ulansangiz dunyo xabarlarini kuzatib borish imkoningiz paydo bo‘ladi.
azon.uz — bu azon.uz saytining rasmiy kanali. Bunda diniy xabarlar, yangiliklar, hikoyatlar, hikmatlar joylanadi.
Minuslar — qo‘shiq aytishga qiziqqan foydalanuvchi uchun bu kanal foydali bo‘lishi mumkin. Bu yerda har kuni minuslar joylab boriladi. O‘ziga kerak bo‘lganini kanal ichidan ham qidirib topsa bo‘ladi.
Daxshatuz — Bu kanalda eng yangi taronalar, filmlar, kliplar, tarjima kinolari joylab boriladi. O‘zingizga yoqqanini albatta topa olasiz.
lexuz — kanal lex.uz rasmiy saytiga tegishli bo‘lib, yangi chiqqan qonunlar, farmonlar, qarorlar doimiy joylab boriladi. Saytga kirmay kanaldan kuzatsangiz, kerakli qarorni o‘sha kanaldan ham yuklab olaverasiz.
YAqin kunlar ichida sevimli jurnalimiz «Bir safda»ning ham o‘z kanali tashkil topsa ajab emas. Hozirda ko‘plab matbuot nashrlari ham o‘z kanallarini tashkil etishyapti. O‘shanda foydalanuvchilarimiz, obunachilarimiz ham jurnalni kanal orqali kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘ladilar nasib etsa.
Kanallar qidiruv berish orqali topiladi. O‘zingizga yoqqanini tanlang va foydalaning. Keyingi uchrashuvlarimizni kutib sizlar bilan xayrlashamiz.
Mirali g‘iyosov, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat universiteti «Filologiya» fakulteti II bosqich talabasi


Сейчас известно, что каждые четыре-пять лет у него появляется свой мессенджер, своя социальная сеть.
Когда «Одноклассники» стали социальной сетью, которой пользуются все, то появившиеся мессенджеры вроде WhatsApp и Viber заняли свое место и привлекли внимание людей.
Мессенджер Telegram, основанный украинцем Павлом Дуровым, впервые появился в Интернете в 2013 году и привлек множество пользователей. Простота интерфейса, то, что он не вызывает проблем у людей при первом использовании, то, что переписка ведется в различных формах, в группах, приватных чатах, каналах, Telegram с его широкими возможностями, может быть сказал изгнать оставшихся посланников. Согласно статистике, на сегодняшний день количество пользователей программы превысило 250 000 000 человек. В нашей стране Telegram официально признан основным мессенджером. На это, конечно, есть причины. Это доказательство того, что многие официальные организации, веб-сайты и даже радио- и телестанции создали свои каналы под этим мессенджером, мы будем изучать и делиться возможностями и основными концепциями их использования. Было бы неправильно сказать, что использование этого мессенджера стало мечтой слепых. Поскольку вся работа и переписка велась по телеграм, нас тоже заинтересовала эта программа. Но, к сожалению, наши говорящие приложения не могли его прочитать, будь то приложение на Android или iOS. Потому что при обработке телеграммы она не предназначалась для использования слепыми, а все пункты были отмечены маленькими картинками, чтобы было понятно только тем, кто мог видеть. И все мы знаем, что наши говорящие программы беспомощны перед такими картинками. Однако наличие такой сложности не ограничивало любопытство и мечты. Говорят, что человек достигает того, чего больше всего хочет. Читатель этой статьи может задаться вопросом, мечтали ли они когда-нибудь так давно об использовании мессенджера, и чтение написанного может показаться ему крахом. Но так оно и есть Наконец, есть способы, которыми программу могут использовать слепые. Я счел целесообразным описать эти пути отдельно по стадиям развития. Думаю, она порадует и вас, дорогие читатели.
web.telegram.org
web.telegram — официальный сайт этого мессенджера, который в основном используется в организациях, крупных офисах, где люди могут общаться друг с другом и поддерживать связь. У читателя возникает закономерный вопрос, а почему, ведь у сотрудников организации или офиса есть телефоны, через которые они могут пользоваться мессенджером? Уместный вопрос. Однако следует отметить, что в некоторых организациях, коллегиях адвокатов и тем более охраняемых конторах использование телефонов запрещено. Работникам, работающим в таких местах, разрешено использовать свои рабочие компьютеры только через веб-сайт Telegram. Посмотрите на этот сайт, это был первый раз, когда слепые начали пользоваться телеграммой. Эта функция появилась в 2016 году, и до сих пор некоторые из наших пользователей используют эту функцию. Итак, как вы используете веб-сайт?
Допустим, вы хотите пообщаться с друзьями в телеграмме, обменяться информацией, причем сделать это через официальный сайт этой программы. В 2016 году для этого потребовалась бы помощь того, кто мог видеть раньше, а не сейчас. Но я должен написать это подробно. Это означает, что для использования веб-сайта пользователь должен сначала иметь учетную запись Telegram. Сначала вам нужно установить приложение Telegram на свой телефон на Android или iOS и создать свою учетную запись с помощью того, кто может ее видеть. Доступ к сайту будет возможен только после создания учетной записи. Допустим, у вас есть телеграм-аккаунт, который открыт на ваш номер телефона. Теперь вы хотите, чтобы перейти на сайт и поддерживать связь. Ваше говорящее программное обеспечение на вашем компьютере поможет вам в этом. В любом браузере введите web.telegram.org в поле, где следует ввести название сайта, и получите доступ к сайту. Как только вы зайдете на сайт, курсор опустится на поле набора номера. Код штата, т.е. +998, будет автоматически введен в это поле. Нажмите клавишу табуляции, чтобы перейти в поле, где вам нужно набрать свой номер. Вам нужно будет набрать номер, на который открыт ваш Telegram-аккаунт. Например: вот. 97ххххххх. Затем нажмите ввод и подождите. В это время пользователю необходимо будет иметь перед собой свой телефон, на телеграмму, установленную на его телефоне, будет отправлен специальный код. После того, как код изучен с помощью специалиста по самопомощи, тот же код вводится на сайт и снова подтверждается клавишей ввода. После этого пользователя можно поздравить, теперь он может пользоваться телеграммой сам без посторонней помощи. Но для этого всегда требуется компьютер, так как сайт может быть полностью использован только при доступе с компьютера. Я рекомендую использовать только стрелки вверх и вниз при навигации по сайту. Страница полностью на английском языке, но я не встречал этой проблемы ни у кого из заинтересованных. Если вы никому не писали, с помощью стрелочек найдите пункт «Закрыть подменю» и нажмите энтер, и это меню откроется. С помощью стрелок найдите раздел «Контакты». В этом разделе к вам будут привязаны аккаунты тех людей, которые используют приложение Telegram в ваших контактах. При входе в раздел «Контакты» вы окажетесь в поле поиска. Вы можете увидеть свои контакты, закрыв эту область кнопкой scape и нажав стрелки вниз. Если вы хотите написать любому из них, контакт войдет в систему, и вы попадете в поле для письма. когда вы закончите печатать, вы отправляете его через ввод, и вы можете увидеть, что вы написали, а также то, что вы написали, закрыв поле кнопкой escapper и щелкнув стрелку вверху. Под текстовым полем всегда будет кнопка «Обзор». Здесь вы можете отправить любую информацию, которую хотите, своему другу. Я не хочу сидеть и объяснять все это, моя цель — заинтересовать пользователей. Навигация по сайту не сложная, достаточно немного разочарования и желания. Хотя теперь есть более простые способы сделать это, все еще есть пользователи, которые все еще используют веб-сайт. Вы также можете попробовать.
Телелайт или книга Брайля
В то время как наличие телеграмм-сайта на компьютере несколько увеличило возможности слепых, оно не утолило жажду людей, использующих систему android и iOs. Веб-сайтом пользовались только пользователи компьютеров, а двери телеграмм по-прежнему были закрыты для тех, кто говорит по телефону. Эти ворота открыли иранские программисты. В 2017 году группа программистов из иранского государства разработала программу Telelight, которая предназначена для слабовидящих. Приложение было разработано для работы в системе Android и представляло собой явно скопированную версию Telegram, которую могли использовать только слепые. Пример для понимания этого. Представьте, что у вас есть книга, которую любит читать весь мир. Но у него нет ни аудиозаписи, ни копий шрифтом Брайля. После долгого ожидания иранцы опубликовали книгу в шрифте Брайля, что сделало ее доступной и для слепых. Поскольку приложение неофициальное, его нельзя найти в магазине Play Market на Android. Его могут загрузить только иранские программисты с сайта telelight.ir. Но перенесенная оттуда телепрограмма была платной и стоила 3,5 евро. Только пользователь, купивший ее, может полноценно пользоваться программой. В противном случае многие возможности будут ограничены. Но в этой статье, хотя я сам пользуюсь той платной версией, я хочу рассказать о взломанной версии, языком компьютерщиков, у которых нарушена активация. Возникает вопрос, а есть ли разница между платной и взломанной? Да, конечно. Если вы используете платный вариант, и он обновляется, вы также можете использовать их, если будут добавлены важные функции. Если вы используете взломанную версию, то при обновлении программного обеспечения вы ожидаете, что эта новая версия также будет взломана. Но никаких существенных возможностей за год не прибавилось. Вот почему так много пользователей используют сломанный телелей, и я еще не слышал ни о каких жалобах. Есть также некоторые незначительные отличия, которые я не хотел отнимать у вас драгоценного времени на написание, так как не стоит упоминать. Вы можете найти этот бесплатный телелай сейчас, спросив у многих незрячих пользователей андроида, хотя бы по поиску в телеграмме, как mirali giyosov через камин. Я с удовольствием отправлю его вам.
Установка программы не сложная. Таким же образом устанавливаются все приложения на Android. При первом запуске запрашивает разрешение на некоторых телефонах. Всякий раз, когда Телелайт спрашивает разрешения, вы всегда должны без колебаний нажимать кнопку «Сброс». При первом включении интернета нажимается кнопка «Продолжить на русском». Затем вас попросят ввести номер телефона. Как всегда, код страны определяется и записывается автоматически, и вы находите поле, где вы вводите номер телефона, продолжаете ввод кода, вводите свой номер и нажимаете «Готово». Если у вас уже есть телеграм-аккаунт, вы можете подтвердить его, набрав пришедший на этот аккаунт код, а затем использовать программу. Если у вас еще нет учетной записи, после подтверждения номера на этот номер позвонит телеграмм-робот, и номер будет подтвержден как ваш, и ваша учетная запись будет создана.Вот, мы также создали учетную запись. Я сказал выше в телеграмме, что переписка будет иметь место в различных формах. Их первое появление — чаты. При этом переписка двух собеседников видна только им самим. Как только наша учетная запись будет создана, заходим в программу, находим и нажимаем на кнопку «Написать сообщение» и нам будут показаны имена наших близких, их контакты, сохраненные на нашем телефоне, с помощью телеграммы. Найдите любой контакт, введите его и найдите поле «Введите текст, Окно редактирования» и напишите туда. Отправлено через кнопку «Отправить». Перемещая палец справа налево или слева направо по экрану, вы можете увидеть любой текст, который вы набрали и написали вам. Вы также можете позвонить своему собеседнику по телеграмме в чате. Для этого поместите палец вверху экрана, найдите место, где написано имя собеседника, и войдите туда. Затем просто нажмите кнопку «Вызов» и ждите. Вся отправленная информация находится в чате, дважды щелкните по ней, и на экране появятся точки, актуальные только для этой информации. Не будем на них останавливаться, достаточно сказать, что есть пункт справедливости, где можно удалить полученные и отправленные данные, нажав на подтверждение.Еще одна форма переписки — это переписка в этих группах. В Telegram вы можете либо создать группу самостоятельно, либо быть приглашенным в организованные группы. Там тоже переписка делается как описано выше. Единственное отличие от чата в том, что вся группа может читать, видеть и слышать то, что написал один человек. Да, голосовые и видеосообщения также можно отправлять по телеграмме. Для этого, пока группа находится в чате, нажмите кнопку «Записать аудио. Двойной тап для видео». Когда кнопка будет отпущена, будет отправлено сообщение, а затем будет отправлено сообщение. Когда вы отправляете или получаете большой объем данных, вы можете узнать, какой это процент. Для незрячих это очень важно.Так же есть каналы, что является одним из главных достижений телеграма. Вы можете создать канал самостоятельно или присоединиться к созданному каналу. Все действия на канале будут односторонними. То есть, если вы подключены к каналу, вы можете только читать данные из этого канала, вы не можете ничего отправлять на этот канал. или наоборот, вы добавляете своих близких в созданный вами канал, и в этом случае они тоже могут видеть только размещенную вами информацию. Они не могут ничего отправить на канал самостоятельно. Каналы в Telegram можно найти поиском. Например, если вы введете книгу в поле поиска, появятся каналы, связанные с книгами. Вы можете подключиться к одному из них, нажав на кнопку «присоединиться». Когда вы нажмете ее и поместите палец в верхнюю часть экрана, вы столкнетесь с различными разделами. Вы можете просматривать эти разделы, прокручивая слева направо. Есть создание группы, создание канала, настройки, контакты и так далее. Мы не будем останавливаться на каждом. Вы можете ознакомиться с ними самостоятельно. Разделы структурированы настолько просто, что не возникает никаких трудностей. Программа полностью на русском языке.Еще одна особенность, которой нет в других мессенджерах, это наличие ботов в этом телеграмме. Эта концепция может немного сбивать с толку наших пользователей. Ботами можно назвать виртуальных роботов, выполняющих определенные действия. Например, в Telegram есть бот под названием «музыка вк», предназначенный для прослушивания песни и копирования понравившейся музыки. Если вы будете искать такое же имя в Messenger, бот будет найден. Оказавшись внутри, нажимается кнопка запуска, и бот запускается. Затем вы пишете имя любимого певца или музыку на боте, и бот пришлет вам найденные результаты. Если вы нажмете на любой из найденных, он будет отправлен вам. Может возникнуть вопрос, где бот находит музыку. Есть социальная сеть Вк, в которой огромное количество аудио- и видеоконтента. Бот подключен к базе данных этой социальной сети. Он будет искать в этой базе то, что мы ему написали, и пришлет нам результаты. Потому что в нем есть ряд изменений, о которых нужно сказать.
Исправлена ошибка
По мере того, как приложение для телетрансляций обсуждалось и изучалось среди слепых, пользователи iPhone начали думать о том, как получить к нему доступ. Т.к телелай работал только на системе андроид, устройства под управлением системы iOs все равно не имели доступа к телеграмме. Вы знаете, я даже был свидетелем того, как пользователи, купившие себе телефон, перешли на андроид, чтобы использовать этот телетайп. Такая ситуация продлилась до 2019 года. Мы упоминали, что собственная официальная программа Telegram не для слепых. Павел Дуров, разработчик приложения, объявил в январе, что теперь его можно читать говорящими приложениями и использовать как на Android, так и на iOS. Соответственно, теперь пользователь мог забыть об остальных запущенных в телеграмме программах и использовать его официальную версию. Конечно, приятно иметь такую возможность. Тот, кто не настраивал телелайт, или не может его найти, может попробовать его в первый раз, скачав с плей маркета или App Store.
Это решило проблемы пользователей iPhone. А вот у пользователей Android возникает вопрос, а не удобнее ли телелай, так как телеграм это отдельная программа, так как эта возможность увеличилась вдвое. Очень актуальный вопрос. Копия телеграммы, специально предназначенной для слабовидящих. Официальная программа мессенджера адаптирована для чтения говорящих программ. Если есть разница в этих словах, значит, есть разница и в программе. Так же видел установленную при подготовке статьи официальную программу телеграм. Я использовал его некоторое время и решил продолжить использовать телетайп. Правильно, наши говорящие программы читают его полностью. Но все же немного закалка, есть некоторые трудности в движении. Что мне не нравится, так это то, что программа не показывает проценты, которые указывают, что информация, которую вы отправляете или получаете, увеличивается или уменьшается. Телелай есть. Если вы общаетесь с большим количеством людей, плюс у вас есть группы, каналы, боты, может быть очень сложно найти то, что вам нужно. В телерее эта проблема решена. Там можно сделать видимыми только чаты, или только группы, каналы, ботов. Отсутствие этой возможности в официальной программе довольно сложно, если копировать файл в телеграм, то вы должны услышать его только телеграм. Даже когда программа закрывается, вам нужно сохранить файл, чтобы сохранить его. Я до сих пор не могу найти кнопку сохранения в телеграмме. Но это очень легко на телерее. Если мы нажмем на информацию, как упоминалось выше, появится список действий для этой информации. Там проблема решается нажатием «Сохранить для загрузки». Я оставлю это вам, чтобы найти остальные небольшие различия. Но это не значит, что вы не можете использовать остальные. Обязательно используйте его, когда это возможно, и всегда выбирайте то, что вам нравится.
униграмма
Telegram также является официальной компьютерной программой под названием Telegram Desktop. К сожалению, эта программа не для нас, да, для наших скринридеров. Вот почему пользователи компьютеров используют веб-версию. Но 2019 год поставил с собой крест на этой проблеме. В Windows 10 есть Microsoft Store, настроенный для загрузки и установки программного обеспечения через Интернет. Если вы будете искать Unigram в этом магазине, вы найдете приложение. Нажмите на найденную программу и нажмите «Установить» и она окажется на вашем компьютере. Правда, установка чего-либо из Microsoft Store требует немного опыта, сноровки. Но так как Unigram имеет очень простую структуру, понятно, что это не будет проблемой для пользователей.
Пользователи, которые использовали Windows 10, сразу же отказались от своих старых друзей, называемых сетью, с появлением Unigram. Unigram недоступен для тех, кто использует версии Windows XP, 7, 8, 8.1. Он предназначен только для Windows 10. По этой причине они до сих пор вынуждены пользоваться мессенджером через сайт. В Unigram движение в основном осуществляется с помощью вкладок и стрелок. Сначала нужно набрать номер телефона в программе и подтвердить его. После этого ваша переписка также появится на компьютере. Unigram ускоряет процесс в десять раз, а не просто навигацию с помощью стрелок в браузере. Программа на русском языке. В нем есть все необходимые для телеграма функции, все делает, даже чаты, каналы, просмотр групп отдельно, зная проценты. Одним словом, создание программы полностью обеспечило незрячим пользователям возможность пользоваться мессенджером телеграмм на компьютере.Здесь я поделился с вами тем, что знаю, что пробовал на практике. Достаточно сказать, что я смог дать вам небольшое представление о мессенджере и его официальных неофициальных программах. Надеюсь, статья поможет тому, кто никогда не пользовался программой. Если, прочитав это, вы начнете пользоваться телеграммой и возникнут вопросы, обязательно найдите камин, выполнив поиск программы под названием Mirali Giyosov. Я отвечу на эти вопросы, как смогу. В конце нашей беседы возникла идея предоставить вам список из нескольких полезных каналов. Пожалуйста:
@abookuz — Это канал для читателей, где каждый день выкладываются книги, радиопередачи, рассказы, комедии.
Kun.uz — официальный канал kun.uz. Подключившись к нему, вы сможете следить за мировыми новостями.azon.uz — официальный канал azon.uz. Содержит религиозные послания, новости, рассказы, пословицы.Минусы — этот канал может быть полезен пользователю, увлекающемуся пением. Минусы выкладывают сюда каждый день. Вы также можете найти то, что вам нужно на канале. Вы обязательно найдете то, что вам по душе.lexuz — канал принадлежит официальному сайту lex.uz, где постоянно выкладываются новые законы, указы, решения. Если вы следите за каналом, не заходя на сайт, то можете скачать нужное решение с этого канала.В ближайшие дни у нашего любимого журнала «Бир Сафда» появится свой канал. Многие средства массовой информации в настоящее время создают свои собственные каналы. Тогда наши пользователи и подписчики смогут следить за журналом через канал.Каналы можно найти через поиск. Выберите тот, который вам нравится, и используйте его. С нетерпением ждем наших следующих встреч и прощаемся с вами Мирали Гиясов, Ташкентский государственный университет имени Алишера Навои, студент 2 курса филологического факультета

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. Nilufar

    Man google acountni tuģirlolmayapman va google playdan telegraf yuklab ololmayapman nima qilsam buladi

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: