Tarix: 186 o‘quvchi o‘ldirilgan kunga 16 yil bo‘ldi

Tarix: 186 o‘quvchi o‘ldirilgan kunga 16 yil bo‘ldi

2004 yil 1 sentyabr kuni Shimoliy Osetiyaning Beslan shahrida joylashgan 1-maktab o‘quvchilarini dahshatli qirg‘in qarshi olgandi.

Kutilmaganda, maktab binosiga qurollangan jangarilar bostirib kirdi va bu yerga yig‘ilgan mingga yaqin o‘quvchi, o‘qituvchi va ota-onalarni garovga olishgan.
Garovga olingan begunoh va ma’sum go‘daklarni maktab sport zaliga qamagan terrorchilar Rossiya hukumati oldiga ikkita talabni qo‘ydi: Ingushetiya ma’muriy markaziga qarshi uyushtirilgan hujumlarda asir tushgan terrorchilarni ozod qilish va Chechenistondan Federatsiya qo‘shinlarini olib chiqib ketish.
Mamlakat xavfsizlik kuchlari favqulodda vaziyatni bartaraf etish uchun tezkor chora-tadbirlar ko‘rishga kirishgan. Jangarilarga bemalol-bexatar o‘z manziliga yetib olish taklif etildi. Biroq tinch muzokaralarga kelishgan qo‘poruvchilar o‘z so‘zida turmay bolalar va xavfsizlik kuchlarini o‘qqa tutgan.
Federal xavfsizlik kuchlari binoni halqa shaklida o‘rab olib, maktab ichkarisiga kirib borgan. Garovdagilarni ozod qilish operatsiyasida 34 nafar terrorchining 30 tasi o‘ldirilgan. Biroq ikki o‘rtadagi to‘qnashuv paytida yuzlab maktab o‘quvchilari, ota-onalar va muallimlar ham qurbon bo‘lgan.
So‘nggi rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, jangarilar 1128 bola, ota-onalar va o‘qituvchilarni asirga olgan. 3 kun davom etgan qamalda 34 bosqinchi asirlarni yeb-ichishga qo‘ymagan. Terakt oqibatida 333 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Ulardan 186 nafari bolalar edi.


1 сентября 2004 года учащиеся школы № 1 города Беслана, Северная Осетия, устроили страшную расправу.

Внезапно вооруженные боевики ворвались в здание школы, взяв в заложники около тысячи учеников, учителей и родителей.
Террористы, заточившие невинных и невинных детей в школьном спортзале, выдвинули два требования к правительству России: освобождение террористов, захваченных в результате обстрелов административного центра Ингушетии, и вывод войск Федерации из Чечни.
Силы безопасности страны принимают немедленные меры по ликвидации чрезвычайного положения. Боевикам было приказано благополучно добраться до места назначения. Однако протестующие нарушили свое слово и открыли огонь по детям и силовикам.
Федеральные силовики окружили здание кольцом и вошли в школу. В ходе операции по освобождению заложников было уничтожено 30 из 34 террористов. Однако в столкновениях также погибли сотни школьников, родителей и учителей.
По последним официальным данным, боевики взяли в заложники 1128 детей, родителей и учителей. Во время трехдневной осады 34 оккупанта отказали пленным в еде и питье. В результате теракта погибли 333 человека. 186 из них были детьми.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: