Taqvim-mavzu rejaga tushuntirish xati

Ish rejalar
Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo'lish

Taqvim-mavzu rejalar amaldagi oʻquv dasturlar va tayanch oʻquv reja asosida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining fan oʻqituvchilari uchun Respublika taʼlim markazi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqildi.

Ushbu namunaviy taqvim-mavzu rejalar quyidagi qismlarga ajratilgan:

1. Dars tartibi.
2. Mavzu nomi.
3. Soat.
4. Taqvimiy muddat.

Namunaviy taqvim-mavzu rejaga izoh:

Dars tartibi — bu oʻtiladigan darsning tartib raqami boʻlib, bunda tegishli fan oʻquv yili davomida nechta darsdan iborat ekanligi koʻrsatilgan.

Mavzu nomi — bu oʻtiladigan dars mavzusining nomi boʻlib, ushbu mavzular tegishli sinf jurnalida fanlar uchun ajratilgan sahifalarda oʻqituvchilar tomonidan qayd etib boriladi.

Soat — bu oʻtiladigan mavzu uchun ajratilgan soat miqdori boʻlib, bu tegishli mavzu necha soat oʻqitilishini anglatadi.

Taqvimiy muddat – bu dars mavzusining oʻtish sanasi hisoblanadi. Bunda oʻtilgan tegishli mavzu sanasi tegishli fan oʻqituvchisi tomonidan dars jadvali asosida belgilanadi.

Uyga vazifa fan oʻqituvchisi tomonidan tegishli mavzudan kelib chiqib belgilanadi.

Taqvim-mavzu rejaga quyidagi hollarda 15%gacha oʻzgarishlar kiritilishi mumkin:

tegishli fan oʻqituvchilari oʻzining pedagogik salohiyati va murakkab mavzularni inobatga olib, taqvim-mavzu rejaga oʻzgarishlar kiritishi mumkin;

umumiy oʻrta taʼlim maktablarida ayrim fanlarga chuqurlashtirib oʻqitiladigan sinflar mavjud boʻlsa, oʻsha sinfning taqvim-mavzu rejasiga 15%gacha oʻzgarishlar kiritish mumkin.

Taqvim-mavzu reja umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining fan metod birlashmalarida muhokama qilinib, maʼqullangandan soʻng, ushbu reja direktorning oʻquv-tarbiya ishlari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan koʻrib chiqiladi va maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi.

Taqvim-mavzu reja yuzasidan quyidagi telefon raqamlari orqali qoʻshimcha maʼlumot olish tavsiya etiladi:

Umumiy maʼlumotlar — (71) 246-17-83;
Boshlangʻich taʼlim boʻyicha — (97) 782-00-52;
Filologiya fanlari boʻyicha — (97) 404-75-27;
Chet tillar boʻyicha — (93) 434-72-78;
Ijtimoiy fanlar boʻyicha — (97) 749-79-67;
Aniq va tabiiy fanlar boʻyicha — (90) 358-87-69;
Amaliy fanlar boʻyicha — (93) 572-12-57.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Izoh qo'shing

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: