Tanzila Norboyeva maktablarda jinsiy tarbiya darslari o‘tilishi haqidagi gaplariga izoh berdi

Tanzila Norboyeva maktablarda jinsiy tarbiya darslari o‘tilishi haqidagi gaplariga izoh berdi

Avvalroq Tanzila Norboyeva bolalar bog‘chasidan tortib, to oliy ta’limgacha jinsiy tarbiyadan ta’lim berilishi zarurligi haqida gapirgan va bu ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.

“Men jinsiy tarbiya haqida gapirganimda bloger va jurnalistlarimiz mutlaqo noto‘g‘ri tushunishdi. Jinsiy tarbiya zarurati haqida gapirganimga sabab qizlarni ginekologga, o‘g‘il bolalarni urologga olib borib tekshirtirish, shamollash asoratlarining oldini olish mumkin. Yoshligidan sog‘lig‘iga qaraydigan bo‘lsak, bepushtlikning oldini olsa bo‘ladi.

O‘zbekistonda ajrimlarning 15 foizi bepushtlik oqibatida bo‘lyapti. Bunda nafaqat ayollarning, balki erkaklarning ham bepushtligi bor. Erkaklar shifokorga borishga uyaladi. Ikkinchi, uchinchi ayolga ham uylanadi. Lekin bolasi bo‘lmaydi. Ayb o‘zida, ammo davolanishni istamaydi. Shunday stereotiplar bilan kurashishimiz kerak”

, — deydi Norboyeva Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasining 4-dekabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishida.

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda odam savdosi jinoyatlarida chaqaloq savdosining ulushi ortgan. Chaqaloq sotib oluvchi shaxslar bilan o‘tkazilgan suhbat natijalariga ko‘ra, ular bu ishga farzandi bo‘lmagani, oilasini saqlab qolish chorasi sifatida qo‘l urishi hamda bola o‘z aqlini tanib olmasdan, kichikligida asrab olishi kerakligi haqidagi vajni keltirgan.


Ранее Танзила Норбаева говорила о необходимости полового воспитания, от детского сада до высшего образования, и это вызвало обсуждение в соцсетях.

«Когда я говорю о половом воспитании, наши блогеры и журналисты совершенно не правы. Причина, по которой я говорю о необходимости полового воспитания, заключается в том, что девочек можно осмотреть у гинеколога, мальчиков — у уролога, можно предотвратить осложнения простуды. Бесплодие можно предотвратить, заботясь о своем здоровье с раннего возраста.

Пятнадцать процентов разводов в Узбекистане происходят из-за бесплодия. Бесплодны не только женщины, но и мужчины. Мужчинам стыдно идти к врачу. Он также женится на второй или третьей женщине. Но у нее не будет детей. Это его вина, но он не хочет лечиться. Мы должны бороться с такими стереотипами».

, — заявила Норбаева на заседании Национальной комиссии по борьбе с торговлей людьми и принудительным трудом 4 декабря.

На встрече было отмечено, что в Узбекистане увеличилась доля торговли детьми в торговле людьми. Согласно интервью с покупателями младенцев, они утверждали, что у них нет детей, прибегают к этому как к мере спасения семьи, и что ребенка следует усыновить в раннем возрасте, не признавая его вменяемости.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: