Tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq jinoyatlar haqida

Tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq jinoyatlar haqida

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasida oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega ekanligi belgilab qo‘yilgan.

Mamlakatimizda azal azaldan oila muqaddas qo‘rg‘on sifatida e’zozlab kelingan. Zero, inson qalbida ahillik, mehr-oqibat tuyg‘ulari, ilm-ma’rifatga tashna bo‘lish ko‘nikamasi, avvalo shu dargohda shakllana boshlaydi va shaxsning o‘z hayot yo‘lini topishda, belgilashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Oila mustahkamligi jamiyat mustahkamligining garovi hisoblanadi. Shu sababli oiladagi muhit, ota-ona, aka-uka va er-xotin munosabatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Oila — tarbiya tengsiz maktabi hisoblanadi. Unda kelajak tug‘iladi, ulg‘ayadi, umr ko‘radi. Bu murakkab jarayonda har bir oila a’zosining o‘ziga xos o‘rni bor va ma’lum qoidalarga, an’analarga amal qilinadi. Bu ko‘p qirrali, katta mehnat, jiddiy yondoshuvni talab qiladigan jarayon. Albatta tinch, osuda, farovon hayot o‘z-o‘zidan kelmaydi. Uning barqarorligini ta’minlash osonlikcha yechimini topmaydi. Shu boisdan ham oilaga davlatimizning ichki siyosatidagi muhim bo‘g‘in tariqasida qaraladi. Bugungi kunda olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatida asosiy o‘ringa ega.
Sir emaski, bugungi kunda nizoli oilalar soni ortib bormoqda. Bu jamiyatimizdagi eng og‘riqli muammolardan biri bo‘lib, bu kabi oilalar bilan alohida ish borishni talab etadi. Bu borada hududlar kesimida notinch oilalarning har biridagi nizolarning sabablarini o‘rganish, ushbu oilalardagi muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha manzilli dasturlar ishlab chiqilib, tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Biroq, oxirgi paytlarda oilaviy kelishmovchiliklar jinoyat sodir etilishi kabi salbiy oqibatlarga olib kelayotganligini guvohi bo‘lmoqdamiz. Jumladan oiladagi o‘zaro kelishmovchilik qarindoshlar o‘rtasidagi janjal va bir-biriga tan jarohati yetkazishlarga sabab bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2-bobi sog‘liqqa qarshi jinoyatlar deb nomlangan. Mazkur bobda qasddan badanga shikast yetkazish jinoyatlari va ular uchun javobgarlik belgilangan.
Qasddan badanga turli darajada shikast yetkazish bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha bunday qilmishlarni sodir etganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi jinoyat qonuni normalari to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan 2007 yil 27 iyun kuni
“Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 6-sonli Qarori qabul qilingan. Mazkur Plenum Qarorida badanga yetkazilgan shikastning xususiyati va og‘irlik darajasini aniqlash, odatda, tibbiyot organlari vakolatiga taalluqli bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 1992 yil 21 oktyabrdagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan, badanga yetkazilgan shikast og‘irligini sud-tibbiy yo‘sinda belgilash qoidalariga muvofiq o‘tkazilishi haqida tushuntirish berib o‘tilgan. Shu sababli, badanga shikast yetkazilgan har bir holda JPK 173-moddasi birinchi qismining 1-bandi talabiga ko‘ra sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlanishi va o‘tkazilishi shart bo‘lib, uning xulosasi sud tomonidan qayd etilgan Qoidalar va ishning boshqa materiallari asosida baholanishi lozim. Mazkur tartib O‘zbekiston Respublikasi JPKning
187-moddasida belgilangan.
Surishtiruv, dastlabki tergov organi va sudlar tomonidan badanga shikast yetkazishga oid ishlar bo‘yicha qilmishni to‘g‘ri kvalifikasiya qilish uchun ayb shakli, badanga shikast yetkazish motivi, maqsadi va usuli, aybdorning qilmishi bilan kelib chiqqan oqibat o‘rtasida sababiy bog‘lanish mavjudligi, shuningdek ishning to‘g‘ri hal etilishi va aybdorga adolatli jazo belgilanishi uchun ahamiyatli bo‘lgan boshqa holatlar batafsil aniqlanishi lozim.
Jinoyat kodeksi 104-110-moddalari bo‘yicha javobgarlik aybdorda mazkur moddalar dispozisiyasida ko‘rsatilgan shikastni boshqa bir odamga huquqqa xilof ravishda yetkazishga nisbatan qasd (to‘g‘ri yoki egri) mavjud bo‘lgandagina kelib chiqadi.
Agar aybdor o‘z harakati yoki harakatsizligining ijtimoiy xavfli ekanligini anglasa, jabrlanuvchi badaniga muayyan darajada shikast yetkazishi mumkinligiga ko‘zi yetsa va shuni xohlasa yoinki xohlamasada, bunga ongli ravishda yo‘l qo‘ysa yoki o‘z qilmishidan kelib chiqadigan oqibatlarga befarq qarasa, barcha qilmish aslida kelib chiqqan oqibatlar bo‘yicha kvalifikasiya qilinadi.
Badanga har qanday og‘irlik darajasida qasddan yetkazilgan shikast uchun javobgarlik aybdorning qilmishi bilan kelib chiqqan, JK 104-110-modalarida ko‘rsatilgan oqibatlar o‘rtasida sababiy bog‘lanish mavjud bo‘lishini taqozo etadi. Agar mazkur oqibatlar, garchi ular aybdorning huquqqa xilof harakatlari bilan bog‘liq bo‘lsada, biroq organizmning individual xususiyatlari yoki ko‘rsatilgan tibbiy yordam tegishlicha bo‘lmaganligi, jabrlanuvchining unga yetkazilgan ziyon og‘irlashishiga sabab bo‘lgan o‘z harakatlari, aybdorning qasdi bilan qamrab olinmagan boshqa holatlar tufayli kelib chiqqan bo‘lsa, qilmishni Jinoyat kodeksining ko‘rsatilgan moddalari bilan kvalifikasiya qilish uchun asoslar bo‘lmaydi.
Mazkur sohadagi jinoyatlar sodir etilishini oldini olish borasida avvalo oilada to‘g‘ri tarbiyani shakllantirish, so‘ng keng qamrovda targ‘ibot ishlarini olib borish, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish lozim bo‘ladi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi raisi  N. Sharopov


В статье 64 Конституции Республики Узбекистан указано, что семья является основной ячейкой общества и имеет право на защиту со стороны общества и государства.

Семья издавна почитается в нашей стране как священная крепость. Ведь в сердце человека прежде всего начинает формироваться чувство гармонии, сострадания, тяги к знаниям, что важно в поиске и определении собственного жизненного пути.
Крепость семьи – залог прочности общества. Поэтому семейное окружение, отношения между родителями и братьями и сестрами имеют особое значение. Семья – это уникальная школа воспитания. В нем будущее рождается, растет, живет. Каждый член семьи играет свою роль в этом сложном процессе, и соблюдаются определенные правила и традиции. Это многогранный, трудоемкий, серьезный процесс. Конечно, мирная, мирная, благополучная жизнь не приходит сама собой. Обеспечение его устойчивости – непростая задача. Вот почему семья считается важной частью нашей внутренней политики. Это лежит в основе реформ, которые происходят сегодня.
Не секрет, что количество конфликтных семей сегодня растет. Это одна из самых болезненных проблем нашего общества и требует особой работы с такими семьями. В связи с этим разрабатываются целевые программы по изучению причин возникновения конфликтов в каждой из неблагополучных семей в регионах, по улучшению обстановки в этих семьях, принимаются соответствующие меры.
Однако в последнее время мы видим, что семейные конфликты имеют негативные последствия, такие как преступность. Семейные споры, например, могут привести к семейным ссорам и травмам.
Глава 2 УК Республики Узбекистан называет преступления против здоровья. В этой главе определяются преступления, связанные с умышленным причинением вреда здоровью, и ответственность за них.
В целях обеспечения правильного применения положений уголовного законодательства, предусматривающего ответственность за такие деяния по делам об умышленном причинении вреда здоровью различной степени, Постановлением Пленума Верховного суда Республики Узбекистан от 27 июня 2007 г.
Решение № 6 Судебного производства по делам об умышленном повреждении кожи. Определение характера и тяжести телесных повреждений в настоящем Постановлении Пленума обычно отнесено к компетенции медицинских органов, утвержденной приказом Министра здравоохранения Республики Узбекистан от 21 октября 1992 г. судом о тяжести телесных повреждений. медицинского поведения в соответствии с правилами назначения. По этой причине,По каждому делу о телесных повреждениях должна быть назначена и проведена судебно-медицинская экспертиза в соответствии с требованиями пункта 1 статьи 173 Уголовно-процессуального кодекса, заключение которой должно оцениваться на основании Правил и другие материалы дела. Данная процедура регулируется Уголовно-процессуальным кодексом Республики Узбекистан.
Статья 187.
Причинная связь между формой вины, мотивом, целью и способом причинения телесных повреждений, последствиями деяния виновного лица для правильной квалификации деяния о причинении телесных повреждений дознанием, органом предварительного следствия и судами наличие дела, а также иные обстоятельства, имеющие значение для правильного разрешения дела и назначения справедливого наказания виновному.
Ответственность по статьям 104-110 УК РФ наступает только при наличии у лица, совершившего преступление, умысла (прямого или косвенного) на противоправное причинение вреда, указанного в диспозиции этих статей, другому лицу.
Если виновный осознает, что его действия или бездействие носят общественно опасный характер, видит, что потерпевший может причинить определенный вред здоровью, и вольно или невольно, сознательно допускает это или безразлично относится к последствиям своих действий; квалифицируются по фактически наступившим последствиям.
Ответственность за умышленное причинение вреда здоровью любой степени тяжести требует наличия причинно-следственной связи между последствиями действий преступника и последствиями, предусмотренными статьями 104-110 УК. Если эти последствия, хотя и связаны с противоправными действиями правонарушителя, но индивидуальными особенностями организма или неадекватностью оказанной медицинской помощи, собственными действиями потерпевшего, усугубившими причиненный ему вред, отсутствуют основания квалифицировать деяние, предусмотренное указанными статьями УК РФ, если оно было вызвано иными обстоятельствами, не охватываемыми умыслом.
В целях предупреждения преступлений в этой сфере необходимо в первую очередь формировать правильное воспитание в семье, а затем проводить широкую правозащитную работу, повышение правосознания и культуры граждан.

Председатель Бухарского городского суда по уголовным делам Н. Шаропов

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: