Ta’lim-tarbiya bo’yicha hikmatli so’zlar

Ta’lim-tarbiya bo’yicha hikmatli so’zlar
Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo'lish

“Bolalar tarbiyasi bo’yicha savollarga javoblar” kitobida keltirilgan ta’lim-tarbiya to’g’risida hikmatlardan namunalar.
Yaxshi o’g’il yurt tuzar,
Yomon o’g’il yurt buzar.
Xalq maqoli.

Yaxshi bola jon ozig’i, yomon bola bosh qozig’i.
Xalq maqoli.

Yaxshi farzand rahmat keltirar,
Yomon farzand la’nat keltirar.
Xalq maqoli.

Mehribonlik bilan qo’lga kiritilmagan narsa,
Qattiqqo’llik bilan ham qo’lga kiritilmaydi.
A.P.CHexov.

Otang bolasi bo’lma, odam bolasi bo’l.
Xalq maqoli.

Sening moling qanchalik ko’p bo’lsa, ularni farzandlaringning ilm va hunar olishiga sarfla, chunki molu davlatga ishonib bo’lmaydi, hunar esa hech qachon o’lmaydi.
Muhammad ibn Muhammad al-Jomiy

Noqobil farzanddan ota qalbi zor,
Undan begonalar yaxshidir zinhor!
Barxudor ibn Mahmud

Otadan yosh qolgan – aqldan bo’sh qolgan.
“Qo’rqut Ota kitobi”

O’g’il-qiz kichikligida nimani o’rgansa,
to qarib o’lmaguncha unitmaydi.
Yusuf Xos Hojib

Farzand bo’lsa agar noahil, badkor,
Hosilsiz daraxtdek besamar, bebor!
Barxudor ibn Mahmud

Boshni fido qilg’il ato boshiga,
Jismni qil sadqa ano qoshig’a.
Tun-kuningga aylagil nurfosh,
Birisin oy angla, birisin quyosh.
Alisher Navoiy

Nokasu, nojins avlodin kishi bo’lsun debon
Chekma mehnat. Latif o’lmas kasofat olami.
Kim kuchuk birla xo’dukni necha qilma tarbiyat,
It bo’lur dag’i eshak, bo’lmaslar aslo odami.
Alisher Navoiy

Muhabbat va bardosh – bola uchun eng yaxshi terapiya.
L. Ron Xabbart

Inson hayotidagi eng yaxshi narsa –
bu o’zga insonlar bilan do’stlikdir.
Avraam Linkoln

O’zingni bolalarga bag’ishla!
Sh.A.Amonashvili

O’g’ilning ulfati bo’lsa qalandar,
Qo’lni yuvib qo’ltiqqa ursin u padar.
Halok bo’lsa alam chekma ul sayoq,
Yomon farzand bordan yo’g’i yaxshiroq.
Hofiz SHeroziy

Axloqiy tarbiyasiz ta’lim – bu jamiyat uchun xavf o’sdirishdir.
Teodor Ruzvelt

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Izoh qo'shing

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: