Talabalar stipendiyasi bo‘yicha ayrim tushuntirishlar

Talabalar stipendiyasi bo‘yicha ayrim tushuntirishlar

Shu kunlarda ko‘pchilik talabalardan stipendiyalar tayinlanishiga oid savollar kelib tushmoqda. Ya’ni semestrni qaysi bahoga yopishi talabaning stipendiyasiga ta’sir qiladimi yoki yo‘qmi?

Xushnudbek Xudoyberdiyev shu bo‘yicha ayrim tushuntirishlar berib o‘tdi.

1️⃣ Davlat grantida o‘qiydiganlar uchun:

👉 umumiy qoidaga ko‘ra, davlat grantida o‘qiydiganlarning barchasi bazaviy 428 ming so‘m stipendiya oladi;

👉 agar davlat grantida o‘qiydigan talaba semestr yakunida barcha fanlardan «a’lo» (5) baho (reyting ko‘rsatkichi 86 ball va undan yuqori) olsa, unda unga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oshirilgan holda, ya’ni hozirda 513 ming 600 so‘m miqdorida stipendiya tayinlanadi;

👉 agar davlat grantida o‘qiydigan talaba 30% va undan ortiq fanlardan «qoniqarli» (3) baho (reyting ko‘rsatkichi — 71 balldan kam) olsa keyingi semestr davomida stipendiya to‘lanmaydi. To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi hamda 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar bundan mustasno, ya’ni ular 30% dan ko‘p fanlardan 3 baho olsa ham, kafolatlangan stipendiyani olishadi;

👉 agar davlat grantida o‘qiydigan talaba barcha fanlarni to‘liq 5 bahoga yopmagan yoki 30%dan ko‘prog‘ida 3 bahoga olmagan bo‘lsa, unda unga bazaviy stipendiya – 428 ming so‘m tayinlanadi.

2️⃣ To‘lov-kontrakt bo‘yicha:

👉 umumiy qoidaga ko‘ra, agar talaba stipendiyali kontrakt to‘lagan bo‘lsa, unda har oy bazaviy 428 ming so‘m stipendiya oladi, agar stipendiyasiz to‘lagan bo‘lsa, unda olmaydi;

👉 agar to‘lov-kontraktda o‘qiyotgan talaba semestrda barcha fanlarni “5” bahoga yopsa, unda quyidagicha stipendiya oladi:

➖ kontraktni stipendiyali to‘laganlar — 513 ming 600 so‘m;

➖ kontraktni stipendiyasiz to‘laganlar — 85 ming 600 so‘m.

❗️Demak, hattoki stipendiyasiz kontraktda o‘qiyotgan talabalar ham barcha fanlardan “5” baho olsa, unda ularga OTMning maxsus jamg‘armasidan stipendiya tayinlanadi. Stipendiyali kontraktda o‘qiyotganlarniki esa 20%ga oshadi;

👉 to‘lov-kontraktni stipendiyali to‘lagan talabalar sessiyani 3 yoki 4 bahoga yopishidan qat’i nazar, ularga kafolatlangan har oylik 428 ming so‘m stipendiya beriladi.

Barcha javoblar Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 yanvardagi 59-son qarori asosida tayyorlangan.


В эти дни многие студенты спрашивают о стипендиях. То есть влияет ли окончание семестра на стипендию студента или нет?

Хушнудбек Худойбердиев дал пояснения.

1️⃣ Для студентов государственного гранта:

👉 По общему правилу все обучающиеся по государственным грантам получают базовую стипендию в размере 428 тысяч сумов;

👉 Если студент, обучающийся по государственному гранту, в конце семестра получает оценку «отлично» (5) по всем предметам (рейтинг 86 баллов и выше), то базовый размер стипендии увеличивается на 20%, т.е. теперь 513 стипендий в размере 1600 сумов;

👉 В случае получения студентом, обучающимся по государственному гранту, оценки «удовлетворительно» (3) по 30% и более предметам (рейтинг — менее 71 балла), стипендия на следующий семестр не выплачивается. За исключением детей-сирот и детей, оставшихся без попечения родителей, находящихся на полном обеспечении государства, и обучающихся с ограниченными возможностями здоровья 1 и 2 групп, т.е. они более 30% получают гарантированную стипендию даже при получении 3 баллов по предметам;

👉 Если студент, обучающийся по государственному гранту, не проходит все предметы в 5 классах или не набирает более 30% в 3 классах, то ему назначается базовая стипендия — 428 тысяч сумов.

2️⃣ Договор оплаты:

👉 По общему правилу, если студент оплатил стипендиальный договор, он получает базовую стипендию в размере 428 тысяч сумов в месяц, если оплатил без стипендии, то не получит ее;

👉 Если платный студент завершит все предметы в семестре с оценкой «5», он/она получит стипендию следующим образом:

➖ Стипендиаты – 513 600 сумов;

➖ Оплатившие контракт без стипендии – 85 600 сум.

❗️Так, даже если студенты, обучающиеся по нестипендиальному контракту, получат оценку «5» по всем предметам, то им будет начислена стипендия из специального фонда вуза. Стипендиальные контракты увеличиваются на 20%;

👉 Учащиеся, оплатившие контрактный взнос по стипендии, будут получать гарантированную ежемесячную стипендию в размере 428 000 сумов вне зависимости от того, закроют ли они сессию в 3 или 4 классе.

Все ответы подготовлены на основании Постановления Кабинета Министров № 59 от 31 января 2020 года.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. Sarvar Mamadaliyev

    Assalomu alaykum. Oliy ta’limda davlat granti asosida taxsil olaman.Smestr yakunida hemis dasturida 9ta fandan : 7tasini-4 ga va 1tasini-5ga yakunladim. 1ta fandan qayta òzlashtirishga qolib kettim.Menga stipendiya beriladimi yoki 1smestr davomida bu imtiyozdan mahrum bòlamanmi? Javob uchun oldindan rahmat.

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: