Taklif: joriy yilda abiturientlardan to’lov olmaslik kerak

Bizni endi Telegramda ham o'qishingiz mumkin. Kanalga obuna bo'lish

Pandemiya sharoitida juda ko’p sohalarda moliyaviy yengilliklar berilmoqda. Sababi oddiy –
xalqning daromadlari keskin kamaydi, ayrimlarniki butunlay yo’qoldi, desak ham bo’ladi.

Ushbu holatni inobatga olib huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev o’z taklifini bayon qildi.

Bunaqa vaziyatda davlat turli moliyaviy ko’mak dasturlarini amalga oshirmoqda.

Xabaringiz bor, o’tgan yilidan boshlab avvalgi yillarda tugatgan abiturientlardan test
sinovlarida ishtirok etishi uchun yarim «minimalka» miqdorida (101 ming so’m) to’lov undirish
yo’lga qo’yilgan edi. O’tgan yili ushbu tizim orqali abiturientlardan 70 mlrd so’mdan ko’proq
mablag’ tushgani xabar qilingan edi.

Joriy yilda bu to’lov 111,5 ming so’m bo’ladi. Taxminan 700 ming atrofida «eski abiturientlar»
hujjat topshirishi kutilmoqda.

Biroq aholining iqtisodiy holatini e’tiborga olib, joriy yilda test sinovlari uchun hech
qaysi abiturientlardan to’lov olmaslikni taklif qilaman.

Xuddi 2019 yilgacha bo’lgani kabi, testlarda qatnashish bepul bo’lishi kerak va kirish sinovlari
bilan bog’liq barcha xarajatlar davlat byudjetidan qoplanishi lozim. Yo’qsa, hozirgi murakkab
sharoitda mana shu 111 ming so’mni ham topa olmasdan, ko’pchilik yoshlar o’qishga hujjat topshirish
fikridan qaytishi mumkin.

Vazirlar Mahkamasi ushbu taklifni tegishli tartibda ko’rib chiqib, imkon qadar abiturientlar
uchun foydali qaror qabul qilishadi, degan umiddaman.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: