O’zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish va ta’lim muassasalarida sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash maqsadida umumiy o’rta ta’lim muassasalari o’quvchilari uchun 2020-yilning 16-mart kunidan e’tiboran qo’shimcha ta’til e’lon qilindi.
Mazkur sahifada ta’til paytida ta’lim olish bo’yicha Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar va resurslar taqdim etiladi.
Tavsiyalar
Ota-onalar, o’quvchilar va o’qituvchilarga tavsiyalar
O’quvchilarning ta’til paytida uyda mustaqil tarzda ta’lim olishlari uchun namunaviy dars tavsiyalari ishlab chiqildi
Onlayn olimpiadalar
Ta’til paytida o’quvchilar onlayn olimpiadalarda ishtirok etishi mumkin
Masofaviy ta’lim resurslari
Matematika fanidan 6-7-8-sinf o’quvchilar uchun videodarslar
Ta’lim resurslari
Videodarslar
Ta’tilda farzandlarimizning bilim olishi uchun O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda videodarslar tasvirga olinmoqda.
26-mart kunidan boshlab videodarslar anonslari, 30-mart kunidan videodarslar O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Yoshlar” telekanalida – 1-4-sinf, “Oilaviy” telekanalida – 5-8-sinf, “Madaniyat va marifat” telekanalida – 9-11-sinf o’quvchilari uchun, “Dunyo bo’ylab” telekanalida barcha amaliy fanlardan darslar namoyish etiladi.
Shu bilan birga, videodarslar Xalq ta’limi vazirligi sayti (www.uzedu.uz) va ijtimoiy tarmoqlari orqali (t.me/uzedu va fb.com/uzedu) hamda kundalik.com onlayn ta’lim portalida e’lon qilib boriladi.
Videodarslarni namoyish etish vaqtlari “Yoshlar”, “Oilaviy”, “Madaniyat va ma’rifat” va “Dunyo bo’ylab” telekanallari va Xalq ta’limi vazirligi internet resurslari orqali ham berib boriladi.
kundalik.com platformasi orqali o’qituvchilar o’quvchilarning videodarslar orqali bilim olishlarini nazorat qilishlari hamda baholab borishlari imkoniyatini beradi.
Hurmatli ota-onalar, ta’til vaqtida farzandingizning bilim olishi va dars qilishlarini nazoratga olishingizni so’rayman!
kundalik.com platformasidan foydalanish bo’yicha tavsiyalar
O’qituvchilar uchun videoyo’riqnomalarga havolalar:
https://mover.uz/watch/vToTGvWm/
https://mover.uz/watch/RAL8GvWm/
https://www.youtube.com/watch?v=sQrSTgippZg
https://www.youtube.com/watch?v=qQXmmgAvjJw
Ota-onalar va o’quvchilar uchun videoyo’riqnomalarga havolalar:
https://mover.uz/watch/FzI5GvWm/
https://mover.uz/watch/xasFGvWm/