Ta’lim krediti kimlarga beriladi? Yangi qonun

Ta’lim krediti kimlarga beriladi Yangi qonun

Ikki va undan ortiq farzandlari to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalarga imtiyozli ta’lim krediti beriladi. Hukumat qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Qaror loyihasiga ko‘ra, ta’lim kreditlari respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan barcha oliy ta’lim muassasalari — davlat, nodavlat, qo‘shma ta’lim dasturlari va xorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalari filiallarida to‘lov-shartnoma asosida tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarolariga, ularning ota-onalari yoki vasiylariga beriladi.
Kredit foizlarini kredit ajratilgandan so‘ng keyingi oyning 1 sanasidan boshlab oyma-oy to‘lash, asosiy qarzni esa talabaning o‘qishi rasman tugagach, uch oy o‘tgandan keyin to‘lash nazarda tutilmoqda.
Qarz oluvchi Ta’lim kreditini rasmiylashtirish uchun tijorat banklariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) ta’lim krediti berish to‘g‘risidagi ariza;
b) talaba va oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi to‘lov-shartnoma asosida o‘qish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt).
Shartnomada o‘qishning belgilangan muddati va bir yil uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. O‘qish uchun to‘lov miqdori keyingi yillarda o‘zgargan hollarda shartnomalarga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi, bu haqda oliy ta’lim muassasasi o‘n kun muddatda bank muassasasiga yozma ravishda ma’lum qiladi, so‘ngra qarz oluvchi, bank va oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi kredit shartnomasiga zarur o‘zgartirishlar kiritiladi;
g) ta’lim kreditini qaytarishning ta’minlanishi to‘g‘risida hujjat;
d) ta’lim kreditlari olishi uchun bir vaqtning o‘zida ikki va undan ortiq farzandlari to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotganligini tasdiqlovchi hujjatlar nushalarini taqdim etadilar.
Ikki va undan ortiq farzandi to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalar sirasiga kamida ikki nafar farzandi bir vaqtning o‘zida oliy ta’lim muassasasida to‘lov-shartnoma asosida ta’lim olayotgan talabalari mavjud bo‘lgan oilalar tushuniladi.
Agarda ikki va undan ortiq farzandi to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalarning farzandlaridan bir nafari talabalar safida bo‘lib, qolganlari oliy ta’lim muassasasini tugatgan bo‘lsa yoki boshqa sabablarga ko‘ra talabalar safidan chetlashtirilgan taqdirda, ushbu talabalar boshqa toifadagi talabalar tarkibiga kiritiladi va umumiy asoslarda ta’lim krediti rasmiylashtirishi mumkin bo‘ladi.


Льготные образовательные кредиты предоставляются семьям с двумя и более детьми, обучающимися на платной основе. Проект постановления правительства вынесен на общественное обсуждение.

Согласно проекту постановления, образовательные кредиты предоставляются на платной основе во всех действующих в стране высших учебных заведениях — государственных, негосударственных, совместных образовательных программах и филиалах высших учебных заведений зарубежных стран. гражданам Узбекистана, их родителям или опекунам.
Проценты по кредиту выплачиваются ежемесячно, начиная с 1-го числа месяца, следующего за выдачей кредита, а основная сумма выплачивается через три месяца после официального окончания учебы студентом.
Заемщик представляет в коммерческие банки для оформления студенческого кредита следующие документы:
а) заявление на студенческий кредит;
б) надлежащим образом оформленный договор (соглашение) между обучающимся и высшим учебным заведением на основе договора возмездного оказания услуг.
В договоре должны быть указаны период обучения и размер оплаты за один год. В случае изменения размера платы за обучение в последующие годы, в договор вносятся изменения, о чем высшее учебное заведение письменно уведомляет банковское учреждение в десятидневный срок, после чего заемщиком, банком и в кредит вносятся необходимые изменения. договор между высшим учебным заведением;
ж) документ, подтверждающий погашение студенческого кредита;
г) представить копии документов, подтверждающих одновременное обучение двух и более детей на платной основе для получения образовательного кредита.
К семьям с двумя и более детьми, обучающимися на платной основе, относятся семьи, в которых не менее двух детей одновременно обучаются в высшем учебном заведении на платной основе.
Если в семьях с двумя и более детьми, обучающимися на платной основе, один из детей является студентом, а остальные закончили высшее учебное заведение или отчислены по иным причинам, эти обучающиеся относятся к другой категории. студенты будут включены и смогут подать заявку на студенческий кредит на общих основаниях.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 9
  1. Inomjon

    Meni 2 ta ukam o‘qiydi kantiraktda bunaqa kridit yo‘q deyabtiku bankdagilar

  2. Hulkar Islomovna

    Bitta farzadi kirganlarga ta’lim kriditi berilmaydimi

  3. Shahnoza

    Men talabaman Oilamizda ayam akam men Akam oddiy ishchi ayam Uy bekasi Talim krediti menga ajratilmaydimi? Davlati ishida ishlaydigon menga kafil turadgon hich kim bölmasa

  4. Hakimova Mahbuba

    Men oilada yolgiz òquvchiman mendan bowqa hech kim òqimiydi wunga talim kriditini olsam boladimi

  5. Muhammadali.

    Men talabaman. Srtqi talimda oqiman. Dadam ham onam ham davlat iwida iwlamaydi. Oilada faqat men oqiman. Talim kridit olmoqchiman. Olsam boladimi.

  6. Kobeysin

    Talim kredika kapillik kerakmi banklarga borsak kapillik soravotti

  7. Jamshid

    Bizani oilada xichkim davlat ishida ishlamaydi talimkrediti mengaxam beriladimi

  8. Аноним

    Men ta’lim kiriditi olmoqchiman lekin banklar tugatilgan demoqda shu tug’rimi

  9. Nodira

    Super kontraktga taʼlim krediti beriladimi?

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: