Symbian telefonlar uchun gapiruvchi dastur

Symbian telefonlar uchun gapiruvchi dastur

Bu dasturning nomi “Mobile speak” bo‘lib u ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi kishilar uchun mobil telefondan foydalanishda ko‘makchi dastur xisoblanadi.

Avvalroq kampyuter uchun Gapiruvchi kampyuterlar yoxud JAWS dasturi haqida maqolasini chop etgan edim. Mobile speak dasturi symbian telefon ekranidagi yozuvlarni telefon dinamikasi yoki naushnik vositasida ovozlashtirishga yo‘naltirilgan. Bu dastur yordamida ko‘rish imkoniyati cheklangan yoki butunlay ko‘ra olmaydigan kishilar mobil vositadan oddiy insonlar qatori foydalana oladilar. Dastur ekrandagi barcha yozuvlarni ya’ni SMS, qilingan qo‘ng‘iroqlar, ularning vaqti va sanasi, calendar, budilnik, telefon sozlamasi, kalkulator, bluitooth fayl olayotganda necha foiz bo‘lganligi, telefon quvvati va antenna holati kabi yozuvlarni ovozlashtirib beradi. Dastur Codefactory tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib foydalanuvchilar uchun bundan tashqari ko‘plab imkoniyatlarni taqdim etadi. Mobile speak yordamida ko‘zi ojiz insonlar ham internet resurslaridan sog‘lom insonlar qatori to‘laqonli axborot oladilar va almashadilar.
Dastur ishlab chiquvchisi juda ko‘p tillarda ovozlar (sintizatorlar) yaratgan bo‘lib afsuski o‘zbek tilidagi versiyasi joriy etilmagan. Ammo rus ohangidagi ovoz bizga notanishlik qilmaydi. Dasturni ishlab chiqaruvchi rasmi saytidan ko‘chirib olishingiz mumkin. Rus tilidagi alyona ovozini ham shu saytdan ko‘chirib olishingiz mumkin. Ko‘chirib olingan sis fayllarni telefoningizga o‘rnating. Dasturdan to‘liq foydalanish uchun mana bu Creckfayldan foydalanish mumkin. Ko‘chirib olingan ZIP faylni ochib dastlab Original.sis o‘rnating va mobile speakni o‘zingizga qulay qilib sozlang. Shundan so‘ng NoOriginal.sis o‘rnatib endi mobile speakdan to‘laqonli foydalaning.
Dastur vzlom qilingan symbian 9.x telefonlariga o‘rnaydi. Men o‘zim Nokea telefonlaridan S5, E51, E52, N73 va 6220 telefonlarida sinab ko‘rdim. Hozirda dunyo bo‘ylab Symbian telefon ishlatayotgan ko‘zi ojiz kishilar Mobile speakdan foydalanib zamon bilan hamnafas yurmoqdalar. Dasturni o‘rnatish yoki sozlash bo‘yicha savollar paydo bo‘lsa fikr bildirish formasi orqali qoldiring.


Программа называется «Мобильный разговор» и является мобильным помощником для слепых и слабовидящих.

Ранее я публиковал статью о говорящих компьютерах или программном обеспечении JAWS для ПК. Мобильное приложение Speak Symbian предназначено для воспроизведения записей на экране телефона через динамик телефона или гарнитуру. С помощью этого приложения люди с ограниченным зрением или без него могут пользоваться мобильным устройством, как обычные люди. Программа воспроизводит все записи на экране, такие как смс, сделанные звонки, их время и дата, календарь, будильник, настройки телефона, калькулятор, процент файла блютуза, мощность телефона и состояние антенны. Программное обеспечение разработано Codefactory и предлагает пользователям множество дополнительных функций. С помощью мобильной речи незрячие люди, как и здоровые люди, получают и обмениваются полной информацией с интернет-ресурсов.
Разработчик создал синтезаторы на многих языках, но, к сожалению, узбекская версия не представлена. Но голос на русском не делает нас незнакомыми. Вы можете скачать программу с сайта производителя изображений. Также с этого сайта можно скачать звук алёны на русском языке. Установите загруженные файлы тумана на свой телефон. Вы можете использовать этот файл Creck, чтобы в полной мере воспользоваться преимуществами программы. Откройте загруженный ZIP-файл, сначала установите Original.sis и настройте мобильный динамик для вашего удобства. Затем установите NoOriginal.sis и воспользуйтесь всеми преимуществами мобильной речи.
Программа устанавливается на взломанные телефоны symbian 9.x. Пробовал телефоны Нокеа S5, E51, E52, N73 и 6220. Слепые люди во всем мире, использующие телефоны Symbian, сегодня идут в ногу со временем, используя Mobile voice. Если у вас есть вопросы по установке или настройке программы, задавайте их через форму обратной связи.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 4
  1. Oxunjon sharipov

    avalambor assalom-u aleykum. Maqolalarga gap yo‘q. Agar iloji bo‘lsa androyt tizimidagi gapiruvchi dasturlar haqida ham maqola yozsangiz. Bugungi kunda simbian tizimida ko‘p narsa ishlamayapdi. Yaqinda whatsapp ham ishdan chiqsa ajabmas.

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Maqolalar manzur kelayotgan bo‘lsa xursandman. Yaqin kelajakda android va IOS qurilmalar uchun joriy etilgan yaxshi dasturlar haqida maqola yozishni rejalashtirib qo‘yganman. Hozirda saytni ikki yozuvda ya’ni o‘zbek yozuviga asoslangan lotin va kiril yozuvlarda yuritish ustida harakat olib bormoqdaman. Saytni kuzatib boring.

  2. Farhod

    assalomu alaykum! Men qarshi shahridan farhod. Sizlardan bir iltimos: symbian telefonlari uchun mobile speak dasturining o‘zbek tilidagi versiasini chiqarishda qanday izlanishlar bo‘layotganligi haqida ham yozsangiz!

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Afsuski, symbian platformalar uchun yangi dasturlar chiqarish, yoki mavjud dasturlarning yangi takomillashgan versialarini chiqarish jarayoni to‘xtab qolmoqda. Aksar foydalanuvchilar android platformalarga o‘tib ketayotganligi bois dastur ishlab chiquvchi kompaniyalar androidlar uchun ishlashni ma’qul ko‘rmoqdalar. Aslida android platformalar uchun ham TalkBack deb nomlangan va boshqa ovozlashtiruvchi dasturlar mavjud bo‘lib imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar ular yordamida sensorli telefonlarda ham ishlay olmoqdalar. Mobile Speak dasturini ishlab chiquvchi Code Factory jamoasi androidlar uchun ham ushbu dasturni joriy etish harakatida. Maslahatim, symbian dasturlardan yangilik kutmang, aksincha android platformali telefon ishlatishga o‘ting.

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: