Stress: undan chiqib ketish yo‘llari bormi?

Stress undan chiqib ketish yo‘llari bormi

Keyingi paytlarda stress, tushkunlikka tushish kabi so‘zlar tez-tez qo‘llaniladigan bo‘lib qoldi. Bu holat ba’zida oilaviy ajrimlar, ba’zan o‘z joniga qasd qilishga urinishdek xunuk oqibatlarni keltirib chiqarayotgani odamni tashvishga soladi.

Stress nima? Uning yuzaga kelishiga qanday omillar sabab bo‘ladi, kabi savollarga javob olish maqsadida «Oila va jamiyat» gazetasining muxbiri Nigora Rahmonova 2-shahar ruhiy-asab kasalliklari dispanseri psixologi Nozima Nosirova bilan suhbatlashdi.
– “Stress” inglizcha so‘z bo‘lib tanglik, zo‘riqish, bosim degan ma’nolarni anglatadi. Oddiy tilda tushkunlikka tushish, deyiladi. Bu ba’zida oz fursat, ba’zida uzoq vaqt kechishi mumkin. Ikkala holatda ham insonga zarar etkazadi. Ya’ni, aqliy faoliyatning susayishi, yurak urishi tezlashishi, qon tomirlari kengayishi, ichki kasalliklar – oshqozonda yallig‘lanishlar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Stressning salbiy tomonlaridan yana biri miyani tormozlab, ma’nosiz fikrlaydigan darajaga tushirib qo‘yishi mumkin. Agar odam tez-tez tushkunlikni boshidan kechirsa, atrofdagilar bilan gaplasha olmaydigan holatga tushadi. Stress natijasida inson o‘ziga past baho bera boshlaydi. Oqibatda o‘zini yolg‘izdek, yaqinlariga keraksizdek his qiladi. Sekin-asta ruhiy tetiklik yo‘qola boshlaydi.
– Stressning ilk belgilari qanday namoyon bo‘ladi?
– Uning fiziologik va psixologik turlari mavjud. Bir narsadan qattiq qo‘rqib ketish, kutilmaganda avtohalokat yoki tabiiy ofatga uchrash, tanasidagi birorta kasallik oqibatini bilib qolish, to‘satdan yaqin kishisini yo‘qotish fiziologik stressni keltirib chiqaradi. Psixologik stress – insonning emosional holati bilan bog‘liq. Bu ko‘proq qaynona-kelin, er-xotin yoki ona va bola o‘rtasidagi mojarolar tufayli kelib chiqadi. Uzoq vaqt birga bo‘lgan sevgilisidan ajralish yoki to‘satdan ishdan bo‘shatilish holatlari ham psixologik stressni keltirib chiqaradi. Har ikki holat insonni ham tashqi qiyofasiga, ham ichki dunyosiga ta’sir ko‘rsatadi va albatta, asoratlari bo‘ladi.
– Ba’zi odamlarda fiziologik yoki psixologik stress holati kuzatilmasa-da, hayotdan zerikish, o‘zidan qoniqmaslik, yashashga bo‘lgan istak kamayib ketadi. Bu holatni qanday baholaysiz?
– Bu holat inson yoshlikda yoki hayoti davomida yaqin odamidan ko‘ngli to‘lmay yashashi natijasida yig‘ilib qolgan tanglik oqibatida paydo bo‘ladi. Ijtimoiy hayotda o‘z o‘rnini topolmaslik, atrofdagilar tomonidan tan olinmaslik natijasida yig‘ilib qolgan asoratlar ham sabab bo‘lishi mumkin. Bu omillar bir kun kelib ta’sirini ko‘rsatadi. O‘zini kamsitilgandek his qilish, hayotning qizig‘i yo‘qdek tuyulishi natijasida yolg‘izlanib qoladi va joniga qasd qilish haqida o‘ylay boshlaydi. Joniga qasd qilish irodasizlikdan kelib chiqadi. Hammasiga nuqta qo‘ysam, qutulaman, deb o‘ylaydi. Odamning xayoliga bu fikr kelishi bilan o‘z ustida ishlashi kerak. Kamchilik va xatolarga yo‘l qo‘yish, uni tuzatish insonga xos. Ammo hayotni to‘xtatishga diniy tarafdan ham, ruhiy tarafdan hech kim haqli emas.
– Tan olish kerak, ba’zi erkaklar ayolining nuqsonlari va xatolarini farzandlari yoki atrofdagilar yonida oshkora aytib kamsitishadi, jerkiydi. Bu holat ayolni stressga tushirishi mumkinmi?
– Albatta, ayolning stress­ga tushishiga atrofdagilar ham sababchi. Ma’lum ma’noda, uning xarakteri ham rol o‘ynaydi. Hayotda optimist va pessimist insonlar bor. Masalan, optimist ayollar eri tomonidan kamsitilganda unchalik ahamiyat bermaydi, bundan fojea yasab, tushkunlikka tushmaydi. Pessimistlar esa ro‘zg‘oridagi etishmovchiliklarga hatto kartoshkaning tugab qolganiga ham fojea deb qaraydi. Turmush o‘rtog‘i tomonidan kamsitilishi ularga judayam qattiq ta’sir qiladi. Hattoki, tushkunlik holatlarini keltirib chiqaradi. Inson kamchiliklarsiz yasholmaydi. Kamchilik­larni tuzatsak – yangisi paydo bo‘ladi. Hayot xatolarni tuzatishdan iborat. Ayol kishi o‘zining kamchiliklarini tan olishi kerak. Tashqi ko‘rinishi, ichki dunyo­si yoki qilayotgan ishlari tarafidan kamsitildimi, albatta, buni inobatga olishi shart. Eriga: “To‘g‘ri aytdingiz, shunga e’tibor bermaganimni qarang-a, bahonada shu kamchiligimni to‘g‘rilab oldim, rahmat sizga”, desa olam guliston. Shunda er-xotin o‘rtasidagi munosabat yanada iliqlashadi.
– Ba’zi bir ayollar uydagi arzimagan janjal tufayli ham o‘z jonimga qasd qilaman, deb atrofdagilarni xavotirga soladi. Bu usul bilan ayol nimaga erishishi va nimalarni boy berishi mumkin?
– Insonlarda shunaqa xarakter xususiyati bor. Psixologik til bilan aytganda “aksentuasiya” ya’ni, xarakterdagi normadan og‘ish. Bunday xususiyatli insonlar o‘zini ko‘rsatishga, janjal yoki baqir-chaqir holatiga tushishga moyil bo‘lishadi. Yaqinlarimni qo‘rqitib olsam, shundagina o‘zim xohlagandek yashayman, degan fikrda yuqoridagidek yo‘l tutishadi. Ularning yaqinlari bu usul bilan hech narsaga erisha olmasligini tushuntirishi kerak. Ayollar chiroyi, iffati, samimiyati, yolg‘on gapirmasligi bilan turmush o‘rtog‘ining hurmatiga ega bo‘ladi. Dori ichib, o‘zimni mashina tagiga tashlayman yoki tomirimni kesaman, o‘t qo‘yaman, osaman degan tahdidlar bilan o‘zini ko‘rsatib hech narsaga erisholmaydi. Bu xarakter ayolga faqatgina ziyon etkazadi. Ya’ni, u atrofdagilar oldida hurmatini yo‘qotadi. Farzandlarini ruhiyatiga katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Turmush o‘rtog‘ining ko‘nglini sovutib, o‘zidan uzoqlashtiradi.
– Ba’zi bir qaynonalar o‘g‘li hamda kelinini izmida olib yurish maqsadida “hushidan ketish” sahnasini ko‘rsatishadi. Bu holatga psixologlar qanday baho beradi?
– Yuqorida aytilganidek, bu ham aksentuasiya holatiga kiradi. Ayrim ayollar yoshlikda kam e’tiborda bo‘lganligi sabab keksayganlarida o‘sha bo‘shliqni to‘ldirib, e’tibor qozonmoqchi bo‘lishadi. Pand-nasihat yo‘li bilan erisholmagach, teatr qo‘yishga o‘tishadi. Ularni shifoxonaga yotqizish mumkin emas. Urishib, xafa qilib ham bo‘lmaydi. Ba’zida bu holat ularning “foydasiga” o‘zining ijobiy natijasini berishi mumkin. Ammo tez-tez takrorlanaversa “soxta sahna” fosh bo‘lib qoladi. Unda onaning obro‘yi tushib, haqiqatan kasal bo‘lib qolsa ham hech kim e’tibor bermay qo‘yishi mumkin. Bu paytda qaynonalar kim bilandir dardlashgisi, keliniga nimalarnidir o‘rgatgisi, uqtirgisi keladi. Kelin qaynonaning nasihatlariga muhtoj bo‘lmasa ham uni uydagi katta inson, tajribali ayol sifatida tan olishi kerak. Ana shunda bunaqa holatlarni kamroq ko‘rishimiz mumkin. Ularga ko‘proq e’tibor qaratish bilan birga kelin, o‘g‘il, nevaralar “Biz sizni judayam yaxshi ko‘ramiz, uyimizni quyoshisiz”, degan jumlalar bilan ko‘ngillarini ko‘tarishi kerak.
– Tushkunlikdagi ayolni bu holdan chiqarish uchun nimalarga e’tibor berish kerak?
– Stress oqibatida depressiyaga tushgan ayollarga ayrim insonlar mehr bilan qaraydi. Qo‘llab-quvvatlagisi, yordam bergisi keladi. Lekin bunaqa insonlar hayotda juda kam uchraydi. Doimiy tushkunlikda yuradigan odamlar yaqinlarini ham charchatib qo‘yadi. Sababi ular judayam mayda gap, kayfiyatsiz, biron bir ishni oxirigacha bajara olmaydigan, hovliqadigan, o‘zidan va atrofdagilardan noliydigan xususiyatga ega bo‘lishadi. Bu esa yaqinlari va atrofidagilarni g‘ashiga tegadi. Nima bo‘lgan taqdirda ham ularni qo‘llab-quvvatlash, yordam berish kerak. Har bir inson o‘z muammosini o‘zi echadi. Psixologlar ularga yo‘l ko‘rsatishadi xolos.
Davlatimiz rahbarining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida “Oila” markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari huzurida tibbiyot kasb-hunar kollejlari negizida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini o‘rgatish, ajrashishlarning oldini olish, shuningdek, oiladagi ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashga oid boshqa masalalar bo‘yicha kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha maxsus o‘quv kurslari tashkil etilishi haqida vazifalar ham belgilangan. Shundan kelib chiqib, kasb-hunar kollejlari, mahalla hamda xotin-qizlar faoliyat yuritadigan tashkilotlarda amaliy seminarlar o‘tkazishni yo‘lga qo‘ydik. Kimnidir sog‘lom hayotga qaytarsak, baxtli ekanini ko‘rsak, albatta, xursand bo‘lamiz.

Manba: Darakchi.uz


В последние годы стали чаще встречаться такие слова, как стресс и депрессия. Настораживает то, что эта ситуация иногда приводит к некрасивым последствиям, таким как разводы семей, а иногда и попытки самоубийства.

Что такое стресс? Корреспондент газеты «Семья и общество» Нигора Рахмонова поговорила с психологом 2-го городского психиатрического диспансера Нозимой Носировой, чтобы выяснить, в чем причина.
— «Стресс» — английское слово, означающее напряжение, напряжение, давление. Простым языком это называется депрессией. Это иногда короткая возможность, иногда долгое время. В обоих случаях существует риск получения травмы. То есть вызывает снижение умственной деятельности, частоты сердечных сокращений, расширение сосудов, внутренние заболевания – воспаление желудка. Еще одним недостатком стресса является то, что он может замедлить работу мозга и заставить его думать чепуху. Если человек часто переживает депрессию, он или она не сможет разговаривать с окружающими. В результате стресса человек начинает недооценивать себя. В результате он чувствует себя одиноким и бесполезным для своих близких. Постепенно ментальная свежесть начинает исчезать.
— Каковы первые признаки стресса?
— Имеет физиологический и психологический типы. Страх перед чем-то, внезапной автомобильной аварией или стихийным бедствием, знание последствий любого заболевания в организме, внезапная потеря близкого человека вызывает физиологический стресс. Психологический стресс связан с эмоциональным состоянием человека. Скорее всего, это связано с конфликтами между свекровью, супружеской парой или матерью и ребенком. Развод или внезапный уход от многолетней возлюбленной также может стать причиной психологического стресса. Оба состояния влияют на внешний вид человека и его внутренний мир, и, конечно же, имеют осложнения.
— Хотя у некоторых людей нет состояния физиологического или психологического напряжения, скуки, неудовлетворенности жизнью, желание жить снижается. Как вы оцениваете эту ситуацию?
— Это состояние возникает в результате стресса, который накапливается в результате молодости человека или неудовлетворенности любимым человеком на протяжении всей его жизни. Причиной могут быть и осложнения, накопившиеся в результате неспособности найти свое место в общественной жизни и непризнания окружающими. Эти факторы однажды покажут свое влияние. Чувствует себя униженным, одиноким в результате отсутствия интереса к жизни и начинает думать о самоубийстве. Самоубийство происходит от нежелания. Он думает, что если я положу всему конец, то избавлюсь от этого. Ему приходится работать над собой, как только эта идея приходит ему в голову. Человеку свойственно совершать ошибки и исправлять их. Но никто не имеет права останавливать жизнь, как религиозно, так и духовно.- Следует признать, что некоторые мужчины открыто дискриминируют своих жен и детей на глазах у детей или других лиц. Может ли это состояние вызвать стресс у женщины?
— Конечно, стресс вызывают и окружающие женщину люди. В каком-то смысле его характер тоже играет роль. В жизни есть оптимисты и пессимисты. Например, оптимистичные женщины не обращают особого внимания на дискриминацию со стороны мужей, что приводит к трагедии и депрессии. Пессимисты, с другой стороны, видят в нехватке еды трагедию, даже если картошка закончилась. Дискриминация со стороны супругов оказывает на них глубокое воздействие. Это даже вызывает случаи депрессии. Человек не может жить без недостатков. Если мы исправим недостатки, появится новый. Жизнь состоит в исправлении ошибок. Женщина должна признать свои недостатки. Независимо от того, подвергается ли он дискриминации по внешнему виду, своему внутреннему миру или тому, что он делает, он должен это учитывать. Она сказала мужу: «Ты прав, смотри, я не обратила на это внимания, я исправила этот недостаток под предлогом, спасибо». Тогда отношения между парой станут еще теплее.
— Некоторые женщины переживают, что покончат жизнь самоубийством из-за мелкой ссоры дома. Чего может добиться женщина и что она может потерять с помощью этого метода?
— У людей есть такая черта характера. На психологическом языке «акцентуация» означает отклонение от нормы характера. Люди с этой чертой склонны хвастаться, вступать в драки или кричать. Они думают, что если я буду запугивать своих родственников, то буду жить так, как хочу. Их близким приходится объяснять, что этим методом они ничего не могут добиться. Женщины завоевывают уважение своих мужей своей красотой, целомудрием, искренностью, а не ложью. Он ничего не может добиться, принимая наркотики, бросаясь под машину или угрожая перерезать себе вены, поджечь или повеситься. Этот персонаж только вредит женщине. То есть он теряет уважение в глазах окружающих. Это оказывает большое негативное влияние на психику детей. Это охлаждает сердце супруга и отдаляет его.
— Некоторые свекрови показывают сцену «обморока», чтобы проследить за сыном и невесткой. Как психологи оценивают эту ситуацию?
— Как было сказано выше, это тоже акцентуация. Некоторые женщины пытаются восполнить этот пробел и привлечь к себе внимание по мере взросления из-за недостатка внимания в юности. Когда они не смогли этого сделать, они решили устроить театр. Их нельзя госпитализировать. Нельзя драться или расстраиваться. Иногда такая ситуация может положительно сказаться в их «пользе». Но если это повторяется часто, «фальшивая сцена» будет разоблачена. Репутация матери была запятнана.Даже если вы действительно больны, никто не может игнорировать вас. В это время свекрови хотят с кем-нибудь поссориться, чему-то научить невестку. Даже если невесте не нужны советы свекрови, она должна признать ее взрослой, опытной в доме женщиной. Тогда мы сможем увидеть меньше таких случаев. Помимо уделения им большего внимания, невеста, сын и внуки должны поднять настроение фразой «Мы вас очень любим, вы солнце нашего дома».
— На что следует обратить внимание, чтобы вывести депрессивную женщину из этой ситуации?
— Некоторые люди добры к женщинам, которые впали в депрессию в результате стресса. Он хочет поддержать и помочь. Но таких людей в жизни очень мало. Люди, которые постоянно находятся в депрессии, также утомляют своих близких. Причина в том, что они очень мелочны, капризны, не могут ничего сделать до конца, напуганы, жалуются на себя и других. Это расстраивает родных и окружающих. В любом случае их нужно поддерживать и помогать. Каждый решает свои проблемы. Психологи только направляют их.
В Указе Президента Республики Узбекистан «О мерах по коренному совершенствованию деятельности в области поддержки женщин и укрепления института семьи» «Специальная подготовка и переподготовка кадров по подготовке молодежи к семейной жизни», правовые и психологические основы разрешения семейных споров, предупреждение разводов, а также другие вопросы, связанные с укреплением духовно-нравственных ценностей в семье.Также поставлены задачи по организации курсов повышения квалификации. Поэтому мы организовали практические семинары в профессиональных колледжах, микрорайонах и женских организациях. Когда мы вернем кого-то к здоровой жизни и увидим, что он счастлив, мы будем счастливы.

Источник: Даракчи.uz

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: