Stipendiya oshdi, kontraktlar oshmadi, Buning tartibi qanday?

Stipendiya oshdi, kontraktlar oshmadi, Buning tartibi qanday
Telegram kanal подписаться

1 fevraldan ish haqi va stipendiyalar oshishi ma’lum qilingan edi. Qoidaga ko‘ra, OTMlarning to‘lov-kontrakt narxlari mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorlariga bog‘langan edi va har safar ish haqlari oshirilganda, kontrakt miqdorlari ham ko‘tarilardi.

Ammo joriy yilda Hukumat pandemiya sabab aholining turmush darajasini hisobga olib, 2 marta yengillik yaratish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Birinchisi, to‘lov-kontrakt miqdorlariga 10% chegirma berdi. Ikkinchisi, 1 fevraldan ish haqlari oshiriladigan taqdirda ham joriy o‘quv yili uchun kontraktlar miqdori oshmasligini belgilab qo‘ydi.

Bu talabalar va ularning ota-onalari uchun sezilarli darajada yaxshi qaror.

Endi hozirgi holatdan kelib chiqib, ayrim talabalarda savol paydo bo‘lmoqda, ya’ni stipendiya oshsayu, kontrakt oshmasa, buning tartibi qanday bo‘ladi?

Shu masalada Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Demak, holat quyidagicha:

1️⃣ Davlat grantida o‘qiydiganlar uchun:

👉 umumiy qoidaga ko‘ra, davlat grantida o‘qiydiganlarning barchasining bazaviy stipendiyasi 10%ga oshirilib, 42 ming 800 so‘m qo‘shiladi, ya’ni 470 ming 800 so‘m (avval 428 ming so‘m edi) etib belgilanadi;

👉 agar davlat grantida o‘qiydigan talaba semestr yakunida barcha fanlardan «a’lo» (5) baho (reyting ko‘rsatkichi 86 ball va undan yuqori) olsa, unda unga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oshirilgan holda, ya’ni 564 ming 960 so‘m (avval 513 ming 600 so‘m edi) miqdorida stipendiya tayinlanadi.

2️⃣ Stipendiyali to‘lov-kontraktni tanlagan talabalar uchun:

👉 ularning to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘sha-o‘sha saqlanib qoladi, o‘zgarmaydi;

👉 umumiy qoidaga ko‘ra, agar talaba stipendiyali kontraktni tanlagan bo‘lsa, unda har oylik bazaviy 428 ming so‘m stipendiyani hisobga olib, kontraktiga qo‘shimcha 5 mln 136 ming so‘m to‘lagan. Shuning hisobiga ular 12 oy davomida bo‘lib-bo‘lib 428 ming so‘m stipendiya oladi. Ya’ni o‘zi to‘lagan pulni, o‘zi qaytarib oladi. Endi garchi 1 fevraldan stipendiyalarning bazaviy miqdori oshirilayotgan bo‘lsa-da, lekin mantiqan olganda stipendiyali to‘lov-kontraktni tanlagan talabalarning stipendiyasi oshirilmaydi. Chunki ular 428 ming so‘mga mo‘ljallab kontrakt to‘lagan;

👉 bunday vaziyatda oshirilgan stipendiya olish uchun, ular kontraktiga qo‘shimcha to‘lov qilishiga to‘g‘ri keladi. Ya’ni fevraldan boshlab 7 oy uchun 42 ming 800 so‘mdan hisoblaganda jami 299 ming 600 so‘m qo‘shimcha to‘lov qilishi kerak. Ana shunda ular o‘quv yili oxirigacha oshirilgan stipendiya miqdorini — 470 ming 800 so‘mni olishi mumkin bo‘ladi;

👉 agar stipendiyali to‘lov-kontraktni tanlagan talaba semestrda barcha fanlarni “5” bahoga yopsa, unda bazaviy stipendiyaga nisbatan 20% ustama oladi. Mana shu 20% qo‘shimcha rag‘batlantirish 1 fevraldan oshiriladigan stipendiya miqdoridan hisoblanadi. Boshqacha aytganda talaba sessiyani “5”ga yopsa, stipendiyasiga qo‘shimcha 94 ming 160 so‘m rag‘batlantirish oladi. Buning uchun hech qanday qo‘shimcha to‘lov qilish shartmas, faqat sessiyani «5» bahoga yopsa kifoya.

3️⃣ Stipendiyasiz to‘lov-kontraktni tanlagan talabalar uchun:

👉 ularning to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘sha-o‘sha saqlanib qoladi, o‘zgarmaydi;

👉 agar stipendiyasiz to‘lov-kontraktni tanlagan talaba semestrda barcha fanlarni “5” bahoga yopsa, unda 94 ming 160 so‘m (ilgari 85 ming 600 so‘m edi) stipendiya oladi. Demak, 10% ko‘tariladi. Buning uchun hech qanday qo‘shimcha to‘lov qilish shartmas;

👉 qolgan hollarda stipendiyasiz kontraktni tanlaganlar uchun hech narsa o‘zgarmaydi, hozirgidek qoladi.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: