UYDA QOLING!

Soatbay ishlayotgan hodimga mehnat ta’tili puli beriladimi?

Savol: Men ikkita talim muassasasida o’qituvchi bo’lib ishlayman. Birida bir stavka, ikkinchisida soatbay o’qituvchiman.

Men ikkala ta’lim muassasasidan ta’til puli olishga haqlimanmi? Oldindan raxmat.

YURIST JAVOBI:

Soatbay haq to’lashning yangi tariflari 2019 yil 10 aprelda O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan «O’quv mashg’ulotlarini o’tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to’lash miqdorlarini tasdiqlash to’g’risida»gi qarori bilan tasdiqlandi.

Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...

Qarorga ko’ra, oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifasi hamda oliy yoki o’rta maxsus ma’lumotga ega umumta’lim maktablarining boshlang’ich va yuqori sinflari o’qituvchilari, o’qituvchi logopedi, logopediya shahobchasi mudirlariga malaka toifasiga ko’ra soatbay o’tilgan darslari uchun bazaviy lavozim maoshining 1,20 foizi miqdorida haq to’lanadi.

Soatbay haq to’lash miqdori tarkibiga mehnat ta’tili haqi ham kiritilgan. Shuningdek, umumta’lim maktablarining 10−11-sinf o’quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashtirilgan o’quv-ishlab chiqarish majmuasi ishlab chiqarish ta’limi ustalari tarkibi mehnatiga soatbay haq to’lashda kasb-hunar kollejlarining ishlab chiqarish ta’limi ustalari uchun nazarda tutilgan mehnatga soatbay haq to’lash miqdorlari qo’llaniladi.

Demak, Soatbay haq to’lash miqdori tarkibiga mehnat ta’tili haqi ham kiritilgan bois sizga mehnat ta’tili puli berilmaydi.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikrlar: 2
  1. Mamlakatxon

    Men Meliqo’ziyeva Mamlakatxon 2015-yil FarDU Informatika va AT yo’nalishini bitirganman hozirda maktabda ishlayabman 2019-yil noyabr oyidan boshlab menga vakant hisobida oylik to’lashmoqda. Menga ta’tilda haq to’lashadimi

    1. Baxtiyor Roziq (Muallif)

      Vakant hisobiga ta’til puli berilmaydi.

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Yuklanmoqda...