Siz ushbu arzimas sabablar tufayli hayotingizni buzmoqdasiz

Inson ba’zan hayotini izdan chiqaradigan xatoliklarga yo’l qo’yadi. Qizig’I, buni xato ekanligini o’zi ham bilmaydi.

Negadir inson ba’zi haqiqatlarni tan olmay hayotidan yo’q qilishga urinadi va o’zi sezmagan holda baxtsizliklarga yo’l ochadi. Biz inson hayotini buzishi mumkin bo’lgan ba’zi sabablarni yig’dik. Bu xatolarga balki siz ham yo’l qo’ygandirsiz, endi mushohada qilishingiz mumkin Baxtli bo’lish uchun hayotingizni buzadigan sabablarni belgilab olish foydadan holi bo’lmaydi..

Kechirimli emassiz, bu hayotingiz buzilishiga ilk sabab

Hamma narsani ham juda jiddiy qabul qilish shart emas. Beayb parvardigor deyishadi. Siz ham xato qilasiz, o’zgalar ham xatolardan holi emas. Yashirin nafrat va g’azab hayotingizni zaharlaydi. Kek saqlash hayotda muhim narsalarga e’tibor berishga imkon bermaydi.

O’zingiz yoqtirmaydigan ish – noto’g’ri hayot asosidir!

Ba’zan inson har holda aniq maosh va barqaror ish bilan ta’minlanaman degan fikr bilan o’ziga dalda berib, o’zi xushlamaydigan yumush bilan mashg’ul bo’ladi. Unutmang, siz insonsiz, siz baxtli kelajakka, ozod va erkin hayot kechirishga loyiqsiz. Siz o’z yoqtirgan ishingiz bilangina baxtli bo’lishingiz mumkin. Shunday ekan butun hayotingizni og’irdan og’ir yoqimsiz ishlarga sarflashingiz kerakmikin?

Boshqalarning siz haqingizda nima deyishlariga hamisha quloq solsangiz adashasiz

Barchani birdek ko’nglini olib, birdek xursand qilishning imkoni yo’q. Boshqalarning siz haqingizda nima deb fikr bildirayotganini o’ylayversangiz buni adog’iga yetolmaysiz. Bundan faqat yutqazasiz. Hamisha o’zingizning haqligingizni isbotlashga urinish

“Don Ki Xot – shamol tegirmoniga qarshi”

fikri bilan barobar bo’lib qoladi.

Qaror qabul qilishni kechiktirish – maqsadga yetishni kechiktirishdir!

Buni mufassal o’ylab olishim kerak, biror xatoga yo’l qo’ymasligim kerak, keyin nima bo’larkin? – degan fikrlar sizni qaror qabul qilishga kechiktiradigan omillardir. Maqsadingiz bor bo’lsa, hadeb ikkilanavermay, yaxshi – yomon jihatlarini o’ylayvermay tezroq ishni boshlang. Tezroq qaror qabul qiling, sizni yo’qotadigan nimangiz bor? Xalqimizda

“O’ychi o’ylab o’tirguncha tavakkalchi ishini bitiradi”

– degan purhikmat maqolini eslatishim shart emasdir.

Tanangizga g’amxo’rlik qilmasangiz – hayotingizni buzasiz

Sizning tanangiz muvaffaqiyatlar vositasidir. To’g’ri ovqatlanish, sog’lom hayot turmush tarziga rioya etish muvaffaqiyatning ta’mini bilishingizga muhim o’rin tutadi. Ko’p piyoda yurish, toza havoda nafas olish, samimiy kulgu kishini yoshartiribgina qolmay, shirin hayot kechirishiga ham olib keladi.

Norozilik, shikoyatlar – kishini qaddini bukadi

Siz hamma narsadan shikoyat qilaversangiz hayotingizni buzasiz. Shikoyatlar sizga hech qanday yordam bermaydi. Faqat hafagarchilik, yomonlik keltiradi. Ko’p norozi bo’lish kishining qaddini bukib, qalbini xira qiladi. Siz bu energiyani ijobiy tomonga sarflasangiz ijobiy natija sizni uzoq kuttirib qo’ymaydi.

O’tgan hayotingizga pushaymonlik qilish – keyingi omadni bog’lab qo’yadi

O’tmishni o’zgartirib bo’lmaydi. Xatolardan to’g’ri xulosa chiqarib yashashda davom eting. Oldinda hali juda ko’p imkoniyatlar bo’ladi. O’tmishdan pushaymonliklar bu imkoniyatlarni yo’qqa chiqarishi ham mumkin. Bunga also yo’l qo’ymang.

Notog’ri do’st tanlash – dushman orttirishdan ham yomonroqdir!

Sizni qadrlamaydigan, faqat xursandchilik uchun do’st bo’ladigan kishidan dahshatliroq narsa yo’q. Ular har qadamda pand berib ojizlik tomonlaringizdan foydalanib, ruhingizga ozor yetkazadi. Ehtiyot bo’ling. Do’st tanlashda shoshmagan ma’qul.

Hasadgo’ylik – baxtsizlik kalitidir!

O’zingizni boshqalar hayotiga taqqoslayversangiz hayotingizni harob qilasiz. Boshqalar erishgan baxtni hisob-kitob qilishni o’rniga siz ham orzu qiling. Hasad tubanlik sari eltadi. Siz bu bilan o’zingizni kamsitgan bo’lasiz.

Faqat pul insonni baxtli qiladi desangiz – yanglishasiz

Pul insonga erkinlikni taklif qiladi, lekin sizni juda baxtli qiladigan, pulga erishib bo’lmaydigan narsalar bor. Mol-mulkka erishaman deb butun umringizni sarflashingiz kishini ko’zini ko’r qiladi, aqldan ozdirishi ham hech gap emas. Yaqin atrofingizga teranroq qarasangiz pul bilan qiymati o’lchanmaydigan sizni baxtli qiladigan narsalar bisyor ekanini ko’rasiz.

Rahmat eshitmayapsizmi – hayotingizni to’g’ri yo’lga qo’ymayapsiz

Rahmat eshitish uchun unga loyiq ish qilish kerak. Minnatdorchilik insonga qut-baraka keltiradi. O’ylab qarasangiz, rahmat eshitishga qodir ko’p narsalar qo’lingizdan keladi.

Har narsaning faqat salbiy jihatlarini o’lchash – donolik belgisi emas!

Ko’nglingizni bo’lajak xavf-hatarga tayyorlash uchun har narsaning zarar keltiradigan taraflarini o’ylash kerakli narsani topishga imkon bermaydi. Qiyoslang, siz bilan hamkorlik qilmoqchi bo’lgan kishi sizning ehtimoli mumkin bo’lgan salbiy jihatlaringizni o’ylayversa sizga ham yoqmaydi, albatta.

Havotirlar, ular qanchalik kam bo’lsa, siz shunchalik baxtlisiz!

Inson hayotda faqat vijdoni buyurgan narsalarnigina qilganda edi, hech qanday havotirlar uni bezovta qilolmas edi.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: