Sirdaryo xalq ta’limi xodimlariga insho tartibi va mavzulari

Sirdaryo viloyati xalq ta’limi xodimlariga insho yozish tartibi va insho mavzulari.

Insho fan metodistlari, maktab direktorlari va o’rinbosarlari hamda barcha o’qituvchilar tomonidan yoziladi.
Insho yozishdan maqsad: tizim xodimlarini ijodkorlikka, yangiliklarga va o’z ustida yanada ko’proq ishlashga undashdan iborat.
Insholar insho yozuvchiga qulay bo’lgan tilda yozilishi mumkin.
Barcha insholar qo’lda yoziladi va hajmi 3 betdan oshmasligi lozim.
Insho yozish uchun direktorlarga Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi (VXTB), fan metodistlariga tuman (shahar) xalq ta’limi bo’limlari (TXTB) tomonidan, direktor o’rinbosari va o’qituvchilarga maktab rahbariyati tomonidan tashkilot muhri bosilgan va stepler bilan tikilgan 3 tadan A4 o’lchamdagi oq qog’oz tarqatiladi va ularning orqasiga yozilmaydi.
Qog’ozlarning yuqori qismiga insho yozuvchining familiyasi, ismi va otasining ismi (to’liq), lavozimi, tumani (shahari), maktab raqami yozilishi va inshoning oxirida imzo qo’yilishi shart.
Fan metodistlari va direktorlar inshoni bitta auditoriyaga yig’ilgan holda yozishadi hamda insho yozish vaqti va joyi VXTB tomonidan qo’shimcha ma’lum qilinadi.
Direktor o’rinbosarlari va barcha o’qituvchilar (jumladan, o’rindosh o’qituvchilar o’rindoshligini ko’rsatgan holda) o’zlari faoliyat ko’rsatayotgan ta’lim muassasalarida joriy yil 10-12 oktyabr kunlari darsdan keyingi vaqtlarda maktab direktori nazoratida yozishadi va maktab direktoriga topshirishadi.
Maktab rahbariyati biron fandan dars berishidan qat’iy nazar faqatgina asosiy lavozimi bo’yicha insho yozishlari lozim.
Maktab rahbarlari ilovadagi jadvalni to’ldiradi, imzo va muhr qo’yishadi hamda direktor o’rinbosarlari va barcha o’qituvchilar tomonidan tarqatilgan qog’ozlarga yozilgan insholarni to’plagan holda hujjatlar yig’ma jildiga joylashtirib, 2019 yil 14 oktyabr soat 10:00 gacha TXTB mudirlariga topshirishadi.
Tuman (shahar) xalq ta’limi bo’limi mudirlari 2019 yil 14 oktyabr soat 15:00 gacha har bir maktab va xalq ta’limi bo’limi fan metodistlarining insholarini Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi Metodik xizmat bo’limi boshlig’i (M.Qambarov)ga ro’yxat asosida topshirishlari lozim.

Fan metodistlari uchun insholar

Insho mavzusi: ______________ (fanlar yo’nalishi) bo’yicha hududda (viloyat yoki tuman (shahar) da) ta’lim sifatini oshirish.
Insho 3 qismdan iborat bo’lishi zarur:

    1-qism: O’z faoliyatim davomida (muddati ko’rsatiladi) ______________ (fanlar yo’nalishi) bo’yicha umumta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish borasida amalga oshirgan ishlarim.

    2-qism: ______________ (fanlar yo’nalishi) bo’yicha umumta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish bo’yicha bugungi kunda mavjud muammolar.

    3-qism: ______________ (fanlar yo’nalishi) bo’yicha umumta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish istiqbol rejalarim.

Maktab direktorlari uchun insholar

Insho mavzusi: Maktabda ta’lim sifatini oshirish bo’yicha istiqbol rejalarim.
Insho 3 qismdan iborat bo’lishi zarur:

    1-qism: Direktor bo’lib tayinlangandan bugungi qadar maktabda ta’lim sifatini oshirish bo’yicha amalga oshirgan ishlarim.

    2-qism: Maktabda ta’lim sifatini oshirish bo’yicha bugungi kunda mavjud muammolar.

    3-qism: Maktabda joriy o’quv yilida ta’lim sifatini oshirish bo’yicha istiqbol rejalarim.

Maktab direktorining o’rinbosarlari uchun insholar

Insho mavzusi: Maktabda ta’lim-tarbiya sifatini oshirish: mavjud holat va kelgusi rejalarim.
Insho 3 qismdan iborat bo’lishi zarur:

    1-qism: Lavozim vazifalarim (eng asosiy yo’nalishlari).

    2-qism: Maktabimizda ta’lim-tarbiya sifatini oshirish borasida mavjud muammolar (o’z yo’nalishi bo’yicha).

    3-qism: Maktabda joriy o’quv yilida ta’lim-tarbiya sifatini oshirish bo’yicha kelgusi vazifalarim (o’z yo’nalishi bo’yicha).

O’qituvchilar uchun insholar

Insho mavzusi: ______________ (dars beradigan fan nomi) fani bo’yicha o’quvchilarga sifatli ta’lim berish: holat, muammo va yechimlar.
Insho 3 qismdan iborat bo’lishi zarur:

    1-qism: ______________ fani bo’yicha o’quvchilarga sifatli ta’lim berishda pedagog mahorati va uning vazifalari (bilishi lozim bo’lgan asosiy yo’nalishlar).

    2-qism: ______________ fani bo’yicha o’quvchilarga sifatli ta’lim berishni ta’minlash bo’yicha bugungi kunda maktabda va o’qituvchilarning kasbiy salohiyatidagi mavjud muammolar.

    3-qism: ______________ fani bo’yicha o’quvchilarga sifatli ta’lim berish yuzasidan istiqbol rejalarim.

Izoh: Insholarni yozish uchun 3 soatgacha vaqt berilishi maqsadga muvofiq (yozishni tugatmaganlarga qo’shimcha 1 soat vaqt berilishi ham mumkin).

Mazkur insholar barcha viloyatlarda o’tkazilishi nazarda tutilgan.

Maqola yoqdimi? Iltimos, saytni ommalashtirishga yordam berib ijtimoiy sahifadagi do'stlaringizga ma'lum qiling.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

error: Kontent himoyalangan!