Sherzod Shermatovning bitiruvchilarga tabrigi va tavsiyalari

Shermatov Sherzod Xotamovich

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov bitiruvchilar uchun tabrik yo’lladi.

Hurmatli maktab bitiruvchilari!

Siz hayotingizda eng muhim qadamlarni boshlash arafasidasiz. Shu vaqtgacha qadrdon maktabdagi ustozlaringiz va do‘stlaringiz bilan o‘tkazgan kundalik turmush tarzingiz o‘rniga yangi hayot, ajoyib taassurotlar va tajribalar olamiga safaringiz boshlanmoqda.

Hozirda ko‘pchiligingiz asosiy vaqtingizni oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun tayyorgarlikka qaratmoqdasiz. Sizlar uchun yaqinda “Online-maktab” kanallarimizda Davlat Test Markazi bilan hamkorlikda test topshirishga tayyorgarlik va o‘ziga xos onlayn-repetitorlik saboqlarini boshlaymiz.

Orangizda ishga kirib yoki tadbirkorlik faoliyatini boshlab, ro‘zg‘orga o‘z hissasini qo‘shish harakatida yurganlar ham talaygina. Ular qo‘shimcha kasb o‘rganish uchun kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarga o‘qishga ham borishi mumkin.

Yoshlarimizga qo‘shimcha yordam sifatida yozda “online-maktab” kanallarida ingliz tilini o‘rganish uchun qiziqarli filmlar va ko‘rsatuvlarni hamda onlayn platformalar orqali daromad topishni o‘rgatishga qaratilgan videodarslarni efirga berib borish ustida ishlayapmiz.

Inson muvaffaqiyatining ko‘pi bilan 10 foizi omadga va tashqi omillarga, qolgan 90 foizi esa aynan o‘ziga bog‘liq ekanligi uchun yuqori maqsadlar qo‘yib, o‘z kuchingizga ishonib tinmay harakat qilishingiz zarur!

Eng asosiysi, vaqtingizni behuda o‘tkazmang! Vaqt – hayotingizdagi eng qimmatbaho resurs hisoblanadi. Vaqtingizni doim o‘zingiz, oilangiz va jamiyatga foyda keltirish uchun sarf qiling hamda mamlakatimiz nufuzini oshirishga o‘z hissangizni qo‘shing!

Mustaqil hayotga qadam qo‘yishni boshlar ekansiz, sizning kelgusi faoliyatingizga muvaffaqiyatlar tilayman!

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: