UYDA QOLING!

Sherzod Shermatov: Propiska islohotining o’qituvchilar uchun ahamiyati haqida

Shermatov Sherzod Xotamovich

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov Prezident tomonidan shu yil 22-aprel kuni e’lon qilingan “Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi bo’yicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari to’g’risida“gi Farmoni ahamiyati haqida fikr bildirdi.
“6 mingdan ortiq pedagog xodimlar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida propiskadan o’ta olmay yillar davomida qiynalib kelishardi. Ushbu Farmon ularning oilalariga xursandchilik olib kelishi aniq. To’g’risi, o’zim Toshkentda tug’ilib o’sganim uchun propiska degan masalaga avval unchalik e’tibor qilmasdim. Lekin, Xalq ta’limi vazirligiga o’tgandan keyin propiska bo’yicha yuzlab murojaatlarni ko’rib, biroq rahbar sifatida ularga yordam bera olmaslikni boshdan o’tkazgandan keyin, bu masala ushbu soha xodimlari uchun qanchalik zarur ekanini his qilishga to’g’ri kelgan edi.
Maktablardagi oyliklar yillar davomida past bo’lgani sababli toshkentliklar orasida maktabga ishga kirib ishlashni xohlovchilar ham unchalik ko’p bo’lmagan. Bunday sharoitda ishlash uchun esa ko’pgina maktablar boshqa hududlardan kelgan xodimlarnigina ishga taklif qila olgan.
Lekin shu og’ir mehnatiga qaramay, propiska degan rasmiyatchilikni deb, ular o’z uyi bo’lsa ham unga qonuniy egalik qila olmagan. Mana, Prezidentimizning ushbu Farmonlari bilan barcha davlat tashkilotlarida 5 yil ishlab kelgan xodimlar uchun propiska muammosi hal bo’ldi. Shuning uchun bu Farmondan son jihatdan eng ko’p xursand bo’lganlar aynan xalq ta’limi sohasidagilar bo’lsa kerak deb o’ylayman», – deya munosabat bildirdi vazir Telegramdagi sahifasi orqali.
Eslatib o‘tamiz, shu hafta imzolangan prezident farmoniga asosan, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan davlat organlari va tashkilotlarida 5 yil muddat mobaynida uzluksiz mehnat faoliyatini yuritayotgan mutaxassislarni (texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va ishlab chiqarish xodimlaridan tashqari) mazkur hududlarda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish belgilangan.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: