Shermatov: Endi eng yaxshi o‘qituvchilarni aynan o‘qituvchilar tanlaydi!

Shermatov: Endi eng yaxshi o‘qituvchilarni aynan o‘qituvchilar tanlaydi!

“Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi” tanlovida tizimli islohot qilish uchun xalqaro tajriba asosida tanlovni bu yildan boshlab vazirlik xodimlari emas, aynan o‘qituvchilar o‘tkazadi.

Bu haqda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ma’lum qildi.

O‘zbekiston tarixida ilk bor “O‘qituvchilar assotsiatsiyasi” nodavlat tashkiloti asosiy tashkilotchi sifatida tanlov qoidalarini ishlab chiqdi hamda dunyodagi eng yaxshi o‘qituvchiga 1 million dollar sovg‘a beriladigan Xalqaro o‘qituvchilar sovrini (Global Teacher Prize) tashkilotchisi Varkey Foundation bilan tanlovni adolatli o‘tkazish uchun hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

Tanlovning 6 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblari nafaqat bu yil 30 mln so‘m bilan rag‘batlantiriladi, balki kelgusi yildagi Dubayda o‘tkaziladigan Global Teacher Prize 2021 tadbirida ham ishtirok etadilar. Bu esa eng yaxshi o‘qituvchilarimiz uchun O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga munosib sovg‘a bo‘ladi.

Marhamat, tanlovda qatnashing va g‘olib sifatida sovg‘alarni qo‘lga kiriting!

Arizalar faqat onlayn www.ustozmukofoti.uz sayti orqali topshiriladi.



Конкурс «Лучший учитель года» в этом году будет проводиться учителями, а не сотрудниками министерств, исходя из международного опыта системных реформ.

Об этом сообщил министр народного образования Шерзод Шерматов.

Впервые в истории Узбекистана Ассоциация учителей разработала правила конкурса в качестве главного организатора и конкурса совместно с Фондом «Варкей», организатором Глобальной учительской премии, которая присудит 1 миллион долларов США лучшим учитель в мире установил партнерство для справедливого перевода.

Победители конкурса в 6 номинациях не только получат 30 млн сумов в этом году, но и примут участие в следующем году в конкурсе Global Teacher Prize 2021 в Дубае. Это будет достойным подарком нашим лучшим учителям по случаю 30-летия независимости Узбекистана.

Участвуйте в конкурсе и выигрывайте призы!

Заявки можно подавать только через интернет-сайт www.ustozmukofoti.uz.


Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: