Sevgi izhorlari, dil izhorlari –qizlar va yigitlar uchun

Sevgi izhorlari, dil izhorlari –qizlar va yigitlar uchun
Telegram kanal подписаться

Qaynoq sevgi izhorlari, muhabbat harorati va dil isyoniga to’la satrlar.

 

Seni sevaman, hayotim

Hayotim

Sanga bo’lgan sevgimni qog’ozga ifodalashim kerak bo’lsa

butun rossiya o’rmonsiz qolardi,

Hayotim

agar man sevgimizni ummonga o’xshatsam butun dunyoni suv bosib ketardi,

Man sani so’nggi nafasimgacha sevaman deb o’ylardim

keyin bilsam o’lganimdan keyin ham sani sevishda davom etarkanman,

 

Har yurak urushida aytilgan so’z…

Azizam, tanishganimizga ham mana bir yil bo’libdi. Shu bir yil ichida biz bir-birimizga juda qattiq bog’lanib qoldik. Esingdami, bundan roppa-rosa bir yil oldin senga sevgi izhor qilganimda, beihtiyor ko’zlaringga yosh kelgandi. O’shanda ilk bor sening qo’lingdan tutib, bag’rimga bosgandim. Sen esa jimgina ko’ksimga bosh qo’yganding. Biz bir-birimizning yurak urushimiz naqadar tezlashganini sezganmiz ilk bora. Sen savolimga javob bermaganding. Ammo, men uchun kerakli so’zni yuragingning har bir urushi takror va takror aytardi. Bilsanmi, dunyoda bizdan bahtli sevishganlar bo’lmasa kerak. Chunki shu bir yil davomida yaxshi kunimda ham, yomon kunimda ham sen doim yonimda bo’lding. Meni tashlab ketmading. Buning uchun sendan minnatdorman. Shuni bilginki, to tirik ekanman, hech kim seni mendan tortib olomaydi.

 

Yashirin muhabbat…

Sizni uchratdim-u, inson qalbi muhabbat bilan qanchalik go’zal bo’lishini ilk bor his qildim. Hayolimda jismi-joningizni qalamsiz chizganimcha, bir yarim yildan buyon siz bag’ritoshni kutaman. Sog’inchdan vujudim otash bo’lib yonmoqda: yonimda siz yo’qsiz… Sizni zolim deb atagan bo’lardim, ahir, mening murg’ak qalbimni yaraladingiz. Yuragim notinch daryo to’lqinlaridek bezovta. Mayli, har qanday sinov va sitamlar boshimga yog’ilsa ham, sizning yuragingizdan o’zga qizning muhabbati joy olgan bo’lsa ham, hafa emasman. Men uchun muhimi – sevib qolganim. Sevgimni topib, bahtimni topolmaganimdan hafa emasman. Siz bir umrga mening qalbimdagi yashirin muhabbat bo’lib qolasiz. Men sizni intizor kutib yashayman, Sog’inchim yurakka yutib yashayman. Hijron kabutarin yaralariga Orzulardan malham tutiib yashayman.

 

Seni uchratganimdan buyon…

Seni uchratganimdan buyon dunyo ko’zimga biqiyos va maftunkor ko’rinmokda. Sen har kuni o’tadigan ko’chalar kaminaga jondan aziz. Azizim, faqat sof qalbing, guldek xusning, senga yarashgan ibo-hayo, yaxshi qizligingdan darak beruvchi ijobiy fazilatlaring meni allaqachon «Sevgi asiri»ga aylantirgan. «Sevishganlar bir-birlarini ko’zlariga tikilsalar ko’zlar aksida o’zlarini ko’radilar», deyishadi. Men nafaqat ko’zlaringda, balki qalbing ko’zgusida ham o’zimni ko’rsam deyman.

Sen borsanki hayotimda ma’no bor, Yana ishkdan yaralgan bir navo bor. Qalbinga yo’l qayerda? Ayt azizim, Bu yurakka faqat senda davo bor

 

Dil izhori

Assalomu aleykum sog’inchim anhorining bahori, yurakdagi sevgimning g’ururiyu ibo-hayosi, qalbimda tanho nafis bo’lib ochilgan gulim, sevgilim Dildoraxon. Dildor mana bugun sog’inchlarim osmonidan bir-bir qor uchqunlari boshim uzra aylanmoqda. Yo’q-yo’q aslida bu qor uchqunlariemas,bu sog’inchdan sochlarimga oralagan oq tolalar.Agarda bilsangiz arslon she’r yaralanganida qiynog’idan larza solarmish o’z o’rmonini,Sherzod qalbi sog’inchlardan qiynalganda kimga aytsin o’z sog’inchli armonini. Sizning gohida sog’inchlardan ta’sirlanish ruhida shaxlo ko’zlaringizga sog’ichinch yoshlari kelsa ajab emas.Dildor bilsangiz o’sha sog’inch yoshlari men bo’laman,qarang sizni shaxlo ko’zlaringizni tark etgim yo’q shu sababdan kipriklaringizga mahkam chirmashgancha turibman.Goho oy yuzingizga qulab ketgim keladi,chunki shu bahonadagina yuzingizning qaynoq taftini his etish baxtiga erishishim mumkin deb o’ylayman.Agar meni nafis barmoqlaringiz yuzingizdan rashk qilib artib tashlamasa,men yuzingizda baxtiyor kulib turaveraman.Agar go’zal barmoqlaringizga meni ohista erkalash hissi uyg’onsa men baxtliman,chunki men sevgan dildorimning qo’llarida jon berayapman.Jon berib sizning nozik tanangizga  singa turib,qoningizga qo’shilib jo’shqin sevgi qoni bo’lib oqaman va yuragingiz tomon oshiqaman.Yuragingizga ketgudek bo’lsam uning ichida bir umrga qulamas sevgimiz qasrini quraman. Agar meni tark etgudek bo’lsangiz sizni armonlarim malikasi deb atardim.Gohida xayol suraman xayotdagi malikam armonlarim malikasiga aylansa deb.Agar shunday tush ko’rsam ham bu tushni hayotdagi eng daxshatli tush deb atardim.Agar bunga guvoh bo’lsam bir umrga yer qa’riga qaytib chiqmas oy bo’lib botamanu,yer yuziga sevgi vulqoni bo’lib otilardim.

 

Sevgilim surati

Mendagi bu surat doim men bilan birga. Suratingga termulgancha juda ko’p so’zlarni xayolan senga so’ylayman. Sening shirin tabassum ila boqib turishlaring, mehr ila boquvchi ko’zlaring, menga nimadir, ha nimadir demoqchi bo’lgan do’doqlaring, shalola misol sochlaring bari-bari meni o’ziga butkul shaydo etdi. Men sening asiringga aylanib qoldim. Bilsang, xayot insonni turli egri va to’g’ri, tor va keng, ravon va notekis yo’llarda sinab ko’radi. Muhabbat ikkimiz uchun sinov ekanligini unutmasang bas. Garchi biz ikkimiz qanchalik olisda bo’lsak-da, qalbimiz shu qadar yaqin. Bazan seni yonimda turgandek sezaman. Qaynoq satrlardan iborat qayta-qayta ko’z yugurtirar ekanman, qalbim quvonch va sururga to’lib boraveradi. Go’yo satrlaring osha menga tikilib turgandek bo’lasan. Har safar maktubingni olganimda qanchalik quvonganinmni bilsang edi… Huddi maktub emas, o’zing yonimga kelgandek…

 

Qalbim malikasi

Qalbim malikasi ishon, bir kun biz uchrashamiz. O’shal baxtli kunni kutib yashayapman. Mening nazarimda bu kun yaqin, judayam yaqin. Sen oils-olislarda turib menda ilhom v kuch baxshida etib turganingni unutma. Bilsang, har bir odamni ichki olami bo’ladi. Bu olamga hech kimni bostirib kirishga haqqi yo’q. Lekin uning o’z shaxzodasi va malikasi bo’ladi. Mening olamimda malika-sen, shaxzoda-men bo’lishni shunchalik istayapmanki, qani orzularim amalga oshsa-yu,d unyodagi eng baxtli insonga aylanib qolsam…

 

Iztirobli xat

Sizni sog’indim. Shunday sog’indimki, sog’inchdan yuragimning tub-tubidan ismingiz bot-bot takrorlanmoqda. Sizdan keladigan maktubni intizor bo’lgancha kutmoqdaman. Unda sizning butun vujudingiz, nafasingiz sezilib turadi. Sog’inch sizni ham o’z iskanjasiga olgandir?

Siz ham meni sog’inib qay ahvolga tushgan ekansiz? Kun va tun xayolimda. Siz.ko’z o’ngimda menga qadrli va qadrdon qiyofangiz bilan paydo bo’laverasiz. Tun kirishini yomon ko’raman. Chunki, tunda sizga bo’lgan sog’inch avj oladi. Tun sukunati barcha narsani o’zining qorong’i pardalari ortiga yashuragi. Lekin mening sog’inch hislarim yo’qolmaydi. Tong esa tunni o’z makoniga kuzatguncha men judayam qiynalib ketaman. Ertalab ming yil bemor yotgan odamdek o’rnimdan turaman. Sizsiz yasholmasligimga necha bor amin bo’ldim. Siz mening hayotim ekanligingizga ishondim. Siz yonimga qaytgan kuningiz men uchun eng katta bayram bo’lajak. Va o’sha kunni intiq bo’lib kutmoqdaman…

 

Salom, sevgilim

Salom suyukligim, sardorim, sevgilim. Sezayapsizmi sog’inch sevgimizni sinovlarga solmoqda. Sog’inch sahrolardagi sargardonklik suratimga siyratizni solibdi. So’zsiz sevib sadoqat so’radim sizdan. Sadoqatingizni sinadim, sezaman sevasiz, sog’inasiz. Sadoqatli sayqallangan sevgimizni sof saqlaylik. Sevib sevilaylik. Sevgilim sizni sog’inib sevuvchi sodiq suyukligingizdan samimiy sevginoma salom…

 

Maktub

Salom. Yana senga maktub yo’llamoqdaman. Bilaman sen bu maktubni balki o’qimassan, balki o’qib bo’lgach nazaringa ham olmay yirtib tashlarsan. Bilmadim. Lekin senga nima sababdan maktub yo’llayotganimga o’zim ham hayronman. Ahir sen meni tashlab, o’zgani dedingku, muhabbatni o’yinchoq qilding. Buni esa men kechira olmas edim. Seni o’z hayotimdan o’chirib tashlamoqchi bo’laman. Lekin senga bo’lgan yurakdagi o’sha muhabbat o’tining so’ngi iliqliklari sen tomonga meni chorlayveradi. Nima qilay, sendan nafratlansamda, lekin senga bo’lgan muhabbatim meni azoblayveradi. Kechalari uyquni ham o’g’irlagan go’yo. Muhabbat… Ex, qaniydi hammasini unutib seni oldinga borib, seni yana avvalgiday bag’rimga bossam. Lekin… Lekin buning hech ham ilojisi yo’q. Chunki sen muhabbatni boylikka, o’tkinchi bir chiroyga almashding. Senga shuni aytishim mumkin. Vaqti soati kelib balki afsuslanarsan. Bilib qo’y, o’shanda men o’zgargan bo’laman. Avvalgi seni jonidan ortiq ko’ruvchi inson emas, balki hayotda faqat oilasi, yaqinlari, sevimli ishi uchungina jon kuydiruvchi inson qoladi. Qolgan barchasi begona…

Maktub so’ngida quyidagi bir so’zni senga bo’lgan o’sha yuragimdagi iliqlik yozishga majbur etdi.

«Men bilanmi, o’zga bilanmi, baxtli bo’l. Faqat bir narsani unutma. Hiyonat bilan o’z baxtingni yo’q qilma!»

Omon bo’l…

Seni unutolmay azobda…………..

 

Alvido…

Muhabbat, nechun menga qilding xiyonat. Seni sevaman. Butun vujudim ila sevaman. Mendan kechib ketgan bo`lsang-da, sevarman, lek afsus, also kechira olmasman. Olamga boq, hayot qanchalar go`zal va maftunkor bo`lmasin shu bilan birga shafqatsiz hamdir. Sevgilim, ko`zlarimga so`ngi bor boqqin. Yuragimdagi tiniq tuyg`ularni, sof muhabbatni, ishonchimni ko`zlarimdan angla. Nahot shu nigohingdan ham meni bebahra etsang. Nahot endi meni sevmasang, ko`ngling mendan shunchalar sovib ketdimi? Axir, men sendan, muhabbatdan o`zga baxtni talab qilmadim-ku! Tim qora chaqmoq ko`zlaringu, jon olg`uvchi afsonaviy shirin so`zlaring ila senga asir tushdim. Oh, yuragim poralandi, sening yolg`on va`dalaring yodimga tushsa!

“Men faqat seni sevaman, sensiz dunyo qorong`u, hayotda sen uchun, faqat sen uchun yashayman, seni albatta baxtli qilaman, qalbim abadul-abad seniki bo`lgay”,-deya aytilgan so`zlar hamon qulog`im ostida jaranglaydi…

Nahot o`sha paytlar bu so`zlar yo`liga aytilgan bo`lsa…Nahot muhabbatni ham o`z maqominga solib olgan bo`lsang…Men senga chin dildan ishonardim, afsus qalbing tubiga muhabbatimni cho`ktira olmadim. Menga in`om etganing muhabbat anhorlari sayozligini kech angladim. Buni angladimu, MUHABBATDAN ko`nglim qoldi. Sen xiyonotkor dunyoning ziynatiga qo`l urding. Meni, mening sevgimni toptading. Keyinroq balsam, sen Olloh tomonidan berilgan muhabbat atalmish buyuk ne`matdan yiroqda ekansan. Azizim, sening qalbingdan muhabbat chechagini izlab topolmadim. Sen meni sevmasliging aniq, biroq bu achchiq haqiqatni tan olgim kelmasa netay. Yuragim faqat senga talpinar. Ko`z yoshlarim daryo bo`lib oqmoqda. Azizim, ilk sevgimni, pokiza qalbimni senga, faqat senga baxshida etdim. Ammo sen qalbim chirog`ini yoqmasdan o`chirib ketding. Ko`nglim shishasini chil-chil parchalab yubording. Endi menga o`zga yor kerak emas, sen birinchi va oxirgisi bo`lib qolursan, lekin yuragimning tub-tubida g`uncha kabi bokira muhabbat mujassamdir, o`sha muhabbat ila yashagum, faqat sendan bitta o`tinchim, yoningda baxtdan entikib turgan oq libosli yoringni mendayin baxtsiz etmasin, menga nasib etmagan sevilish baxtini ul go`zalga nasib aylagin. So`nggi nafasinggacha sevib, ardoqla. Xayr endi bevafo meni unutmasang bas, zero xayolan doim sen bilan birgaman. Sizlarga faqat baxt tilarman. Zero sevgini xor qilgan baxtini topish mushkulligini bilsamda, baribir seni baxtli bo`lishingni istayman. Faqat meni unutmasang bas! Har safar baxtdan entikkaningda qaysidir qiz baxtsizlikdan ezilayotgani haqida bir eslab qo `ygin…

Unutmay o`tmishim, unutmay dardim,

Unutmay daryo misol oqqan ko`z yoshim.

Unutmay mayli “Muhabbat” yo`lida chekkan azobim,

Men dunyoda ekanman hayot.

Qalbimdan o`chmas sevgilim,

Sen qo`l urgan xiyonat!

 

Mag’rur sevgi

Mag`rur sevgi… Shunaqasi ham bo`larkan dunyoda. Sevasanu, lek oshkor qilishga g`ururing yo`l qo`ymaydi. Ichingda sevging deb kuyib-pishasanu, ammo tashqariga hatto tututnini ham chiqarolmaysan. Eng yaqin sirdoshing ham kimni sevishingni bilolmaydi. Avvallari hatto o`zingdan ham qizg`angan nigohing bugun unga, ha, ha, o`sha insonga qadalgan. Avvallari hech kimga aytilmagan, qalbing tubidagi sirlaringni unga oshkor etging keladi. O`sha inson sening orzuingdagi shahzoda, tushlaring farishtasi, sen bir umr kutgan yor. U bilan baxtli bo`lishga, u bilan hayot yo`lingni bog`lashingga ko`zing yetadi. Lekin yana mag`rurlik qilasan… Sen tushingda ko`rgan, orzu qilgan xayollar ro`yobga chiqa boshladi. Ich-ichingdan quvonasan, dunyoga jar solging keladi: “Sevib qoldim” deya. Ammo yana o`sha qizlik g`ururing halal beradi… U senga nigoh tashlaganida bor badaning titrab ketadi-yu, ammo atrofdagilarga sezdirmaysan. Yuzing hayajondan qizarsa, kun issiqligini bahona qilasan. Sevganing dugonalaring bilan uzoq gaplashib qolsa, yuraging yorligudek bo`ladi. Shu choq uni hammadan, hatto o`zingdan ham rashk qilib, qizg`anib ketasan. Lekin uni yoniga borib: “Sizni sevaman” deyolmaysan. Seningcha, bu gapni aytsang, o`sha on g`ururing o`ladi, qat`iyating sinadi… Kutilmaganda u yoningga kelib seni sevishini aytadi. Quvonching ichingga sig`may turibdi-ku, lekin yana mag`rurlik qilib, uning sevgisini sinovdan o`tkazasan. Bunchalar beshafqatsan-a? “Sevdim” deb ko`zlaringga termulib turgan sevgilingga rahming ham kelmaydi-ya?! U hatto sen bilan hayot yo`lini birlashtirmoqchiligini aytdi. Axir bu sening umrbod Ollohdan tilagan baxting-ku! Yo`q, shunda ham mag`rursan… Eh, yurak! Buncha mag`rur bo`lmasang. Nahot, sen sevgan yor biro g`iz “sevdim” degan so`zingga arzimasa? Shunchalar mag`rursanki, o`z his-tuyg`ularingni oshkora aytolmaysan…

Biroq…Biroq muhabbat shunday kuch ekan-ki… Hatto mag`rurlik ham uning oldida tiz cho`kar ekan. Chin sevgi mag`rurlikni yengadi… Bir kun kelib mag`rur sevgi oshkor bo`ladi…

 

Javobsiz sevgi

Men negadir doimo senga, ha faqat senga talpinib yashayveraman. Bu xayollarim, orzularim, sen uchun talpinishlari bekorligini, sarobligini bilsamda, yurak bu achchiq haqiqatni tan olgisi hamda o`zga bir yurakning sening sevgingdan ham kuchliroq, samimiyroq sevgisini o`z sevgi dunyosiga sig`dirmaydi…

Nega shunaqa ekan? Nega men faqat sening xayollaring bilan yashashga intilaman? Taqdiring o`zga bilan ekanligini bilsamda, yuragim tan olgisi kelmaydi. Kunduzi-quyosh, kechalari-yulduzlar sening vaslingni eslataveradi, qayerga bormayin, ko`zlarim seni izlaydi.Bu tuyg`ular meni also tinch qo`ymaydi. Qanday yo`l tutsam seni butunlay unutarkanman.

O`zingku, ushbu muhabbatni qalbimning tub-tubiga joylagan, joylading-da ketding. O`zing bir umrga ketding, qalbimdagi qoldirgan izingni o`chir, o`sha o`tli muhabbatingni o`zing bilan olib ket va meni ortiq bezovta qilma…

 

Sevgi sehri

Sevgi-oliy tuyg`u! sevish baxt, sevilish omad. Men baxtliman-seni sevdim. Sen oily ishq bo`lib yuragimni zabt etding! Qorong`u dunyoni yoritding. Bu qadar yonib sevilishimga bois nedur? Bunga o`zing sabab. Qudratingga ta`zim etaman. Mendek mag`rurni huzuringda boshim egilishiga erisha olding. Sen har tomonlaman go`zalsan! Zero, go`zallik oldida beixtiyor har qanday zot ham tiz cho`kadi, bosh egadi, ta`zim aylaydi. Men ham sendek go`zal bo`lishga intilaman. Ma`nan, qalban, aqlan go`zal bo`lgim keladi. Sen qudratmisan. Toshga ham jon baxsh eta oladigan kuch bor senda. Istasang cho`lni guliston aylaysan. Sening qudratingdan osmon ham pastlaydi. Yo`qni bor qilganingda, “Yo qudratingdan”, deya yoqa ushlayman. Senga bo`lgan muhabbatim ortadi yana. Mehru-muruvvatimsan! Mehring jonlarga jon bag`ishlay oladi. Istasang, tiriltira olasan, mehru muruvvating qarshisida lolu hayronman. Sen sinovchisan! Sinalmaganning sirtidan o`tmaysan. Mayli, siznab ko`r, sinayver, bardoshim yetadi. Zero, bardoshimning kuchligi ham sendan meros!

Besanoq fazilatlaring ichidan eng yaxshisi kechirimliging! Sen kechira olasan “Otangni o`ldirganingga onangni ber” degan ibora ham kechirimlilik ulug` fazilat ekanligiga ishora emasmi?! Bu esa hammaning ham qo`lidan kelavermaydi. Zotan, bu fazilat senda to`la-to`kis namoyon bo`ladi. Shu bois ham seni sevamanda, ey buyuk fazilat sohibi. Baxtim qo`limda-sevdim, sevoldim. Ammo sevilish, sevimli bo`lish dushvor: senga yoqish uchun, muhabbating qozonish uchun, ne qilay, ey qo`lim yetmas ulug`im! Nazaringga tushmoq uchun ayt nima qilay! Huzuringga bormoq yo`lini ayt, qandoq boray? Savolimga yana o`zim javob topaman. Nazaringga tushmoq uchun go`zal bo`lman. Butun vujudim go`zallik sari intiladi, fikrim, o`yim, qalbim tozaradi, go`zal bo`ldi. Ko`rgan ko`zni quvontirar darajada bo`laman. Kiygan libosim bejirim va orasta bo`lishiga intilaman. Ha, senga yoqish uchun har tomonlaman go`zal bo`lish orzusi qalbimni zabt etadi. Ana o`shanda omad kulib boqadi. Sevilmoq baxti muyassar bo`ladi.

Sevgi shunday sehrli kuch ekanki, donishmand murabbiydan ham yaxshiroq tarbiyalay olarkan insonni. Ha, ana shunday buyuk sevging meni komil inson bo`lishga chorlab turibdi. Sengga yoqish uchun noyob fazilatlarni o`zimda mujassamlantirsam deyman. Muhabbating qalbimda o`chmas alnaga yoqdi, ana shu otash yuragimni lovullatyapti, u lov etib yonib, farrov o`chib qolmaydi. Balki so`nmas olov bo`lib gurullab yonaveradi. So`zimga ishon! Men shunchalar yonib sevdimki: kuya bo`lib qolishdan qo`rqaman, xolos. Atrofga boqsam, sening nigohingni sezaman. Erta tongda quyosh, sen bo`lib, kulib boqadi. Meni gullar chiroy ochib, muattar hidlarni taratib muborakbod etadi. Meni qushlar yoqimli sayrab ko`nglimga kuy, navo bag`ishlaydi. Ha, sening sevging shunchalar segrli! U olamni jozibador, maftunkor aylaydi. Hayotga muhabbat uyg`otadi. Ha, ana shunday otashin sevgi sehrlasin har bir yurakni, deya jar solgim keladi. Yo`l o`rtasida katta bir xarsang tosh yotibdi. Men bundan ranjimayman. Axir unga ham nigohing tushganda. Asta avaylab, chetga olib qo`yaman. Undan ham yaxshi bir xislat topaman. Bu tosh “xislatli tosh” deb qo`yaman. Salbiy holatdan ham ijobiy fazilat topgim keladi. Bu ham sening sevging tyfayli emasmi?!

Yaqinda bir go`zal dardini doston qilib qoldi. “Men uni shunchalar sevamanki, bu dard yuzimni za`faron, yuragimni qorong`u qilib qo`ydi. Shu dard meni o`ldiradi: Yo`q, yo`q, azizam bu dard hayotbaxsh dard, seni hayotga qaytaradi. So`nayotgan yurak olovini gurullatadi, senga katta hayot bag`ishlaydi dedim. Nahotki deya taajublandi u. Buning uchun o`zingda o`zingda qudratli kuch paydo qildi. Shunday dard ato etilganiga shukr qilgin, shukronalar ayt! Sevgi dardi ilohiy dard, yuragi butunlarga, qalbi tozalarga beriladigan dard bu. Sen unga loyiq bo`lishga harakat qil. Irodangning kuchliligini isbotla. O`zligingni, fazilatlaringni namoyon qil. Ana o`shanda sezasan sevgi nimaligini “Yaxshi, yomon amallaring ajrimi bor albatta, bu olamda” dedim. Ana shu so`zlarning o`ziyoq hayot bag`ishlaydi unga. U o`zini qushdek yengil sezyotganligini aytdi. Ha, sevgi shunday bir olovki, unga tengdir shoh, gado. Uning otashi yurakni yondiradi. Men ana shu otash taftidaman. Sen buyuk tabibsan, mening najotkorim, sendan davo kutaman, dardimga davo. Jamoling nasib qilishiga mushtoqman. Ana shu ulug` istak, noyob tilak qalbimni zabt etganligidan masrurman, mastman. Visol onlari qanchalik hayotbaxsh bo`lsa, uning ilinjida yashamoq ham nurga, ham ziyoga talpinmoq kabi azizu mukarramdir. Chashmaga intilgan tashna qalb misol visolingga yetmoqlik orzusi kuch bag`ishlab turibdi. Vujudimga muhabbatning qudrati ham ana shundanda chorasiz qolganimda ham senga suyanaman. Jumboq to`la hayotda qoqilmay yurishim ham seb tufayli. Anglab bo`lmas dunyoning sir-sinoatlari, senga bo`lgan aziz tuyg`ularim qarshisida lang ochilib ketadi, sehrini yo`qotadi. Jo`shqin muhabbating bilan tepayotgan yuragim, jamiyatdagi barchaga-oliy hilqat bo`lgan insonga ana shunday buyuk va mo`tabar, otashin sevgi nasib etsa edi, degan ulug` tuyg`u bilan urib turibdi.

Qani edi ongli zotning barchasida ham shunchaki yashamoqlik, shunchaki sevmoqlikka emas, balki haqiqiy, ilohiy muhabbatnasib etsa. Ana o`shanda ular ham men kabi hayotda bor bo`lmoqlikning, visolga yetmoqlikning naqadar oily ne`mat ekanligini bilib oladilar. Ana shunday hayotbaxsh tuyg`u zabt etsa edi yuraklarni. Ijobatli bo`lsa edi, bu orzu-tilaklarning. Yashasin oily tuyg`u!

 

 

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: