Rasman: Joriy yil maktablarda imtihon bo’lmaydi

Bitiruvchi o'quvchilar
Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo'lish

Prezidentimiz tomonidan karantin vaqtida aholiga imkon boricha qo‘shimcha qulaylik yaratish
bo‘yicha belgilangan vazifani amalga oshirish hamda ko‘pchilik ota-onalarning iltimoslarini
inobatga olib, bu o‘quv yili yakunidagi imtihonlar bekor qilinadi.

Bu haqda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ma’lum qildi.

“Maktablarga o‘quvchilarning yillik baholarini istisno tariqasida joriy o‘quv yilining 3 ta
chorak baholari asosida chiqarish tavsiya etiladi. Shu bilan birgalikda kundalik.com tizimi
joriy etilgan maktablarda karantin vaqtida tirishqoqlik bilan o‘qigan o‘quvchilarimizga
rag‘batlantirish sifatida 4-chorakdagi faqat ijobiy baholarini ham yillik baholarini
hisoblashda inobatga olish tavsiya etiladi.

Karantin vaqtida «online-maktab» orqali farzandlari bilan birga dars tayyorlagan barcha
ota-onalarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!’ – deyiladi xabarda.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Izoh qo'shing

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: